Jamurad yangiboyevich, amirov



Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet403/438
Sana09.08.2021
Hajmi4,04 Mb.
#143177
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   438
Bog'liq
Чорвачилик асослари

Suv  transportlarida  so‘yishga  mo‘ljallangan-qishloq  xo‘jalik  hayvonlari 
va  parrandalarini  manzilga  yetkazish  eng  qulay  va  iqtisodiy  foydali  usul 
hisoblanadi.  Ular  tirik  vazn  va  semizlik  yuqotmaydilar.  Hayvonlar  bu  usulda 
tashilganda  maxsus  barjalarda,  tovar-yo‘lovchi  tashuvchi  kemalar  palubalari 
maxsus jihozlanib tashiladi. 
Kemalar jihozlanganda qoramollar uchun 2,5-3 m
2
, otlarga 3-3,5 m
2
, qo‘y-
echkilarga  0,75-1m
2
,  burdoqilangan  cho‘chqalarga  2,35-3  m
2
  va  cho‘chqa 
bolalariga 0,5-0,75 m
2
 maydon ajratiladi. 
Har  20  bosh  qoramol  va  60  bosh  qo‘y-echki,  cho‘chqalarga  qarash  uchun 
bir  kishi  ajratiladi.  Daryo  yoki  ko‘lda    suv  transporti  orqali  tashilganda  o‘lik 


 
341 
hayvon gavdalari va axlat suvga tashlanishi qat’iy taqiqlanadi. Ular maxsus port 
yoki pristanlarda to‘xtalganda bo‘shatiladi. 
Agar hayvon dengiz yoki okeanda tashilganda qirg‘oqqacha 2 soatdan ortiq 
yo‘l  yurishga  to‘g‘ri  kelsa,  o‘lgan  hayvon  gavdasini  suvga  tashlashga  ruxsat 
beriladi. 
Haydash  yo‘li  bilan  manzilga  yetkazilishda  faqat,  qoramollar  va  qo‘ylar 
uchun  qo‘llash  mumkin.  Buning  uchun  yaylov,  hamda  mahalliy  hayvonlar  har 
xil  yuqumli  kasalliklardan  holi  bo‘lishi  kerak.  Agar  hayvonlar  viloyat  ichida 
haydab yetkazilsa, viloyat veterinariya boshqarmasidan ruxsat olinadi. 
Haydashga  bir  necha  hafta  qolganda  hayvonlar  quydirgi  va  boshqa  o‘tkir 
yuqumli  kasalliklarga  qarshi  emlanadi.  Haydash  uchun  hayvonlardan  maxsus 
otarlar  tuziladi.  Hayvon  turi  va  yoshiga  qarab,  hamda  yaylov  sharoitga  qarab 
otardagi  hayvonlar  bosh  soni  turlicha  bo‘ladi:    katta  yoshli  qoramol  100-200 
bosh, yosh qoramol 200-250 bosh, qo‘y-echki 600-1000 bosh otarlarga kiritiladi. 
Hayvonlarning  turi,  yoshi,  tirik  vazni  va  semizligi  o‘xshash  bo‘lishi  kerak. 
Otarga bo‘g‘oz va oyoqlarida travmatik jarohati bor hayvonlar kiritilmaydi. 
Haydashning  birinchi  kuni  qoramollar  bir  kunda  10  km,  qo‘y-echkilar           
8 km yo‘l yuradi. So‘ngra hayvonlar haydashga o‘rgangandan so‘ng masofani 5-
6  km  ga  oshirish  mumkin.  Agar  haydash  yo‘lida  yaylov  va  suv  bo‘lmasa, 
qoramollarni 25-30 km ga, qo‘y-echkillarni 20 km ga haydash mumkin. 
Haydalayotgan  hayvonlar  uchun  alohida  sirg‘a  taqilishi  lozim.  Bunda 
podaga  yo‘lda  boshqa  mollar  qo‘shilganda  ajratish  oson  bo‘lishiga  imkon 
beradi.  Yo‘lda  kasal  hayvonlarni  so‘yish  taqiqlanadi.  Kasal  hayvonlar  yaqin 
joydagi veterinariya vrachi ruxsati bilan so‘yilishi mumkin. Bunda, hayvon katta 
yo‘ldan 100 metr uzoqlikda so‘yilishi lozim. 

Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   438




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish