339
Oddiy yuk vagoni esa jihozlanganda zahira suv uchun unga katta idish
o‘rnatilishi, lozim. O‘rtada hayvon bog‘lanishi uchun xalqa mahkamlanadi.
Vagoning bir eshigi berkitiladi. Hayvonlar uzunasiga joylashtiriladi.
Odatda temir yo‘l tashkilotlari hayvonlarni tashish uchun yaroqli, toza
dezinfeksiyalangan va yuvilgan vagonlarni ajratishi lozim. Vagonlarda o‘tkir
predmetlar, mixlar bo‘lmasligi kerak.
Har bir javobgar shaxs 2 ta chelak, lopatka, fonar, arqon (2,5-3 m har bir
boshga), lagan, supurgi, xalat, rezina qo‘lqop, sovun, kreolin va xlorli ohaklar
kabilar bilan ta’minlanadi.
Hayvonlar stansiyaga kunduzi, vagonga ortilishiga 2 soat qolganda
keltirilishi lozim. Hayvonlar 2 soat dam olgandan so‘ng veterinariya nazoratidan
o‘tkaziladi. Kasal, kasallikka moyil va oriq, hamda hujjatlari bo‘lmagan
hayvonlarni ortishga ruxsat berilmaydi.
Davlat transport veterinariya-sanitariya xodimlari tomonidan vagonlarning
hayvonlarni tashishga layoqatligi tekshirilib, veterinariya guvohnomasiga
yozilgandan so‘ng hayvonlar maxsus ortish joyida (traplar) vagonlarga ortiladi.
Agar, hayvonlar ortishiliga ruxsat berilmasa, 2 soat ichida xo‘jalikka jo‘natiladi.
Barcha harajatlar xo‘jalik tomonidan to‘lanadi.
Hayvonlarni vagonlarga ortishda sekin, urmasdan, baqirmasdan, tig‘li
narsalar ishlatmasdan ortilishi lozim. Aksincha, hayvonlar stress holatga
tushishi
mumkin. Hayvonlarning turi, jinsi, semizligi va tirik vazniga qarab, turli
vagonlarga ortish miqdori chegaralangan.
Vagonlarga qoramol va otlar bog‘lab (uzunasiga) ortiladi. Boshqa qishloq
xo‘jalik hayvonlari bog‘lanmaydi. Vagonlarga har xil jinsli hayvonlar ortilsa
ular oralig‘i to‘siq bilan ajratilishi lozim. Yozda cho‘chqalar bosh soni 10-15%
kamaytiriladi (issiq urishi mumkin). Hayvonlar yo‘lda kuniga 3 marta
oziqlantirilishi va yozda 2 va kamida 1 marta sug‘orilishi lozim. Suv sarfi har
bosh qoramolga 10-15 l, cho‘chqa, qo‘y-echkiga 1,5-2 l tashkil qiladi. Suv
harorati 9-15
0
S bo‘lishi kerak.
Kasal hayvonlar alohida oziqlantiriladi va sug‘oriladi. Yo‘lda hayvonlarni
so‘yish qat’iy taqiqlanadi. Hayvon o‘lsa gavda maxsus stansiyalarga tushiriladi
va maxsus chiqim akti to‘ldiriladi.
Hayvonlarni vagondan tushirish, Davlat vet-sanitariya nazorati xodimlari
nazoratidan o‘tgandan so‘ng amalga oshiriladi. Stansiyaga kelgandan boshlab va
6 soat ichida tushirilishi lozim. Oldin sog‘lom, so‘ngra kasal hayvonlar
tushiriladi. Har bir vagondan mollarni tushirishga 30 minut vaqt ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: