O‘zbekistonda chorva bosh sonlarining oshishi.
(yil boshida, ming bosh)
Hayvonlar
turi
Yillar
1917
1941
1961
1991
2012
Jami qoramollar
1342
1672,3
2231,7
4508,8
9642.0
Shu jumladan sigirlar
487
621,6
873,9
1856,4
3878,2
Qo‘y va echkilar
3821
5792,0
8901,0
9229,6
16187,1
Otlar
517
456,8
200,8
105,2
184,6
Parrandalar
x
5458,3
7810,3
36025,6
42731,2
Qoramollar bosh sonining mustaqillik yillarida jadal o‘sganligiga guvoh
bo‘lamiz, yoki u 113,8 % ni tashkil etgan. Shu jumladan sigirlar sonini tez
suratlar bilan o‘sib borishi ijobiy ko‘rsatkich hisoblanadi, yoki 20 yilda ular soni
108,9 % ko‘payib, poda tarkibining 40,3 % ni tashkil qilib, to‘liq zootexnikaviy
talablar darajasida deyish mumkin. Qoramollarning barchasi fermer, dehqon va
shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar evaziga to‘g‘ri keladi.
Qo‘y va echkilar mustaqillik yillari 75,4 % ga ko‘payib, ularning asosiy
qismi xususiy mulkka asoslangan xo‘jaliklarda, bir qismi hukumat qarori bilan
qoldirilgan qorako‘lchilik shirkat xo‘jaliklari evaziga to‘g‘ri keladi.
Mustaqillik yillarida mamlakatda go‘sht yetishtirish 98,3 % ga, sut
yetishtirish 123 % ga ortishi quvonarli hol hisoblanadi.
Tuxum yetishtirishning biroz kamayishi sanoat parrandachiligida mulk
shaklining o‘zgarishi yoki barcha parrandachilik korxonalarining to‘liq
quvvatlar bilan ishlamasligi hisoblanadi. Hozirgi kunda bu sohani jadal
rivojlanishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan. Yirik parrandachilik
8
korxonalari bilan birga kichik parrandachilik va fermer xo‘jaliklari tez rivojlanib
bormoqda.
Mahsulotlar
Yillar
1960
1990
2012
Go‘sht (tirik vaznda, ming tonna)
359,6
789,1
1564,2
Sut, ming tonna
847,6
3034,2
6766,2
Tuxum, mln.dona
457,8
2452,9
3441,7
Jun, ming tonna
12,9
24,4
26,5
Qorakul, ming dona
1892,0
1483,0
934,9
Pilla, ming tonna
14,6
33,0
25,0
Keyingi yillarda chorvachilikni rivojlantirish uch ildizga suyangan holda
olib borilishi shart. Birinchi navbatda, mamlakatimizda mustahkam yYem-
xashak bazasini yaratishdan iborat bo‘lib, bu masalani amalga oshirish uchun
almashlab ekish, oraliq va takroriy ekinlar ekishni joriy etish, xashaki ekinlar
hosildorligini oshirish evaziga har gektar xashaki ekin maydonidan 100-150 s.
oziqa birligi olishni ta’minlash kerak.
Fermalarni nasldor mollar bilan ta’minlash uchun barcha mulk shaklidagi
chorvachilik xo‘jaliklariga naslchilik ishlarini andozalar asosida yo‘lga qo‘yish
Turli mulk shaklidagi xo‘jaliklarda yangi jadal texnologiyalarni joriy qilish
asosida jahon andozalari darajasida ishlab chiqarishni tashkil qilish.
Ayniqsa, fermer xo‘jaliklarida yangi jahon tajribasida sinovdan o‘tgan
texnologiyalarni joriy qilish bu sohani faqat obro‘yini oshiradi.
Mamlakatda chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishni ko‘paytirish uchun
hayvonlarning mahsuldorligini keskin oshirishni taqozo etadi.
Buning uchun mamlakatda har bir sigirdan sog‘ib olinayotgan sutni dastlab
hech bo‘lmaganda 3000 kg.ga yetkazish, 2 barobar sut yetishtirishni ko‘paytirish
imkonini beradi va xalqimizning sut mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘liq
qondirishni ta’minlaydi.
Go‘sht uchun topshiriladigan chorva hayvonlarining o‘rtacha vaznini
oshirish bu borada bosh omil bo‘lmog‘i kerak yoki qoramollar vaznini 400-450
kg, qo‘ylarni 50 kg, chuchqalarni 120-130 kg.ga yetkazib go‘shtga topshirish,
kamida 2 barobar go‘sht yetishtirishni ko‘paytirib xalqimiz talabini qondiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 23 martdagi «Shaxsiy
yordamchi, fermer va dehqon xo‘jaliklarida chorva mollarini ko‘paytirishni
rag‘barlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi», 21 aprel 2008 yildagi “Shaxsiy
yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollar ko‘paytirishni
rag‘batlantirishni kuchaytirush hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab
chiqarishni kengaytirish borasidagi qo‘shimcha chora–tadirlar to‘g‘risida”gi
qarorlari
mamlakatimizda
chorvachilikni
rivojlantirish
uchun
barcha
imkoniyatlarni yaratib berdi. Ushbu qaror barcha toifadagi xo‘jaliklarda chorva
9
mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish va ijtimoiy masalalarni hal etish
imkoniyatlarini ochib berdi.
10
Do'stlaringiz bilan baham: |