A) Zavod konditsiya (nasl), hayvonlar o‘rta semizlikda bo‘lib, semirib
ketmagan, harakatchan, tetik bo‘lib yuqori mahsuldor va pushtdorlikka ega
bo‘ladi. Bu holatga hayvonlarni me’yorda oziqlantirish, saqlash va sayr
qildirish bilan erishiladi.
B) Mashq konditsiya (asosan otlarda), maxsus mashqlar asosida tanadan
ortiqcha suv chiqariladi; muskullari yaxshi rivojlangan, mustahkam, ishlash
20
qobiliyatiga ega; bunday otlar organizmi har qanday sinovlarga tayyor bo‘lib,
og‘ir mashaqqatlarga ham chidaydi.