Hayvonlarning asosiy o‘sish va rivojlanish qonuniyatlari.
O‘sishning davriyligi va uning jadalligini yoshi va ulg‘ayishi bilan
pasayishi.
Hayvon hayoti ma’lum davrlardan iborat bo‘lib, u faqatgina
morfofiziologik o‘zgarishlar bo‘lib qolmasdan, hayot sharoitlari ajralib turadi.
Hayvon hayoti embrional va postembrional davrlardan iborat. Birinchi davrda
homila ona qornida qondagi tayyor to‘yimli moddalar bilan oziqlanadi,
parranda embrioni esa tuxum tarkibidagi oziqa zahiralari hisobiga yashaydi, bu
sharoit homilani tashqi muhit ta’siridan ham asraydi. Tug‘ilgandan keyin u
butunlay boshqa olamda o‘zini his qiladi, havo, suv, sut, oziqaga muhtojlik
bilan, o‘rganmagan tashqi muhit ta’siriga duchor bo‘ladi. Tashqi muhit
sharoitlariga talab o‘zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |