Postembrional davrda o‘sish va rivojlanish.
Yangi tug‘ilgan qulunlar 40-60; buzoqlar 25-40; qo‘zilar 3-5; cho‘chqa
bolalari 1-1,5 kg, quyon bolalari 50 g, jo‘jalar 36-40 g tosh bosadi.
Postembrional davrda ham hayvonlarning tashqi muhitga, hayot sharoitiga talabi
o‘zgaradi va 5 davrni o‘z ichiga oladi (P.D. Pshenichniy bo‘yicha):
Yangi tug‘ilganlik (tug‘ilgandan 10-20 kunlikgacha). Yashash sharoiti
keskin o‘zgargan. Ona organizmidan tashqarida yashashga ko‘nikadi. O‘pka
bilan nafas ola boshlaydi; ovqat hazm qilish, siydik ajratish a’zolarni o‘zgacha
ishlay boshladi; qon hosil bo‘lish manbalari harakatga keladi; mustaqil tana
haroratini ta’minlaydi; tanani tashqi muhit bilan bog‘lovchi va himoya shartli
reflekslari paydo bo‘ladi. Yagona oziqa – ona suti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |