22
Muskullar, suyaklar, to‘qima va a’zolar jadal rivojlanadi. Davr oxirida to‘liq
o‘simlik oziqalari yeyishga o‘tadi.
Jinsiy balog‘at davri – ichki sekresiya bezlari faoliyat ko‘rsatib, organizm
tez rivojlanib, jinsiy balog‘at ro‘y beradi. Hayvonlar ko‘payish qobiliyatiga ega
bo‘ladi; jinsiy bezlar o‘sishi poyoniga yetadi; ularda jinsiy faoliyat muntazam
ro‘y beradi; ikkilamchi jinsiy a’zolar to‘liq shakllanib, hayvonning o‘ziga xos
xususiyatlari shakllanadi. Organizmning umumiy o‘sish jadalligi pasayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: