23
Yangi tug‘ilgan hayvonlarning oyoqlari uzun, orqa tomoni biroz
ko‘tarilgan, tanasi tor va sayoz bo‘lib, kalla va buyni kalta bo‘ladi. Voyaga
yetgan hayvonlarning oyoqlari kaltaroq, tanasi uzun, keng va chuqur bo‘ladi;
B) Yirtqich (go‘shtxo‘r) hayvonlar o‘z bolalarini himoya qila olish
qobiliyati, quyonlar o‘z bolalarini inlarida saqlash imkoniyati bo‘lgani uchun
ona qornida o‘q suyaklari, tug‘ilgandan keyin esa tayanch suyaklari jadal o‘sadi.
Shuning uchun bu hayvonlar tug‘ilganda oyoqlari kalta, tanasi uzun, keng va
chuqur bo‘ladi, tug‘ilgandan keyin ularning oyoq suyaklari tez o‘sadi.
V) Dengiz cho‘chqalarida ona qornida va tug‘ilgandan keyin o‘q va
tayanch suyaklari bir xil jadallikda o‘sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: