Ichki sekretsiya bezlari, ular asab tizimi ta’sirida bo‘ladi. Qalqonsimon
bez gormoni organizmda modda almashinuvini kuchaytirib hayvonning o‘sish
va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Jinsiy bezlarini olib tashlanishi
organizmda qator o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi, ular yuvosh bo‘lib, tez
sYemiradi. Gipofiz o‘sish gormoni ishlab chiqaradi, bundan tashqari bu gormon
jinsiy va sut ajratib chiqarishni ta’minlaydi.
Oshqozon osti bezi gormoni (insulin) uglevod almashinuvida qatnashib,
ontogenezga katta ta’sir o‘tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |