Jamurad yangiboyevich, amirov


-rasm. Sut yo‘nalishidagi sigir tana qismlari



Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/438
Sana09.08.2021
Hajmi4,04 Mb.
#143177
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   438
Bog'liq
Чорвачилик асослари

1.1-rasm. Sut yo‘nalishidagi sigir tana qismlari. 
 
1.-ensa; 2-peshona; 3-tumshuq; 4-pastki jag‘; 5-bo‘yin; 6-bo‘yin usti; 7-ko‘krak oldi; 
8-to‘sh; 9-yag‘rin; 10-kurak; 11-yelka kurak bo‘g‘ini; 12-tirsak; 13-bilak; 14-
bilakuzuk; 15-kaft; 16-tuyoq; 17-bel; 18-biqin; 19-paypastlab ko‘rish nuqtasi; 20-«sut 
qudug‘i»; 21-«Sut venasi»; 22-yelin; 23-yonbosh do‘ngliklari; 24-dumg‘oza; 25-
o‘tirg‘ich do‘ngliklari; 26-son; 27-tizza; 28-sakrash bo‘g‘ini; 29-dum popigi; 30-
boldir. 


 
15 
 
Shuningdek,  tashqi  tana  tuzilishi  hayvonning  yoshiga;  mustahkamligi  va 
sog‘ligi;  rivojlanganligi;  zoti;  muayyan  xo‘jalikda  oziqlantirish  va  saqlash 
usullari;  tirik  vazniga  bog‘liq  bo‘ladi.  Hayvonlar  tashqi  tuzilishi  faqat  uning 
mahsuldorlik  yo‘nalishini  aniqlab  berishi  mumkin,  lekin  mahsulot  miqdori  va 
sifatini belgilab bera olmaydi. 
Hayvonlar  tashqi  tuzilishi  hayvonlarni    baholashda  va  tanlashda  alohida 
o‘rin  to‘tadi.  Nasldor    hayvonlar  yaxshi  rivojlangan,  mustahkam  va  sog‘lom  
tanaga,  ikkilamchi  jinsiy  belgilar  bo‘rtib  turishi,  tanasining  alohida  qismlari 
mo‘tanosib bo‘lib mahsulot yo‘nalishiga mos bo‘lishi kerak. 
Hayvonlar ekstereri ularning yoshi, jinsi asosida alohida tana  qismlarining 
rivojlanishiga  qarab  qo‘yidagi  usullar  yordamida  aniqlanadi:  ko‘z  bilan 
chamalab, o‘lchash, tana  indekslarini hisoblash, grafik va rasmga tushirish bilan 
o‘rganiladi. 
Ko‘z  bilan    chamalab  baholashda  tananing  mo‘tanosibligi  va  alohida  tana 
qismlarining  rivojlanishi,  umumiy    ko‘rinishi  aniqlanadi.  Bu  yo‘l    bilan 
hayvonning  o‘z  mahsulot  yo‘nalishiga  mosligi  va  foydalanish    imkoniyatlari 
belgilanadi.  Ushbu  usulning  kamchiligi  uning  sub’yektivligida,  ya’ni 
hayvonning barcha ijobiy va salbiy belgilarini aniq baholash imkoniyati yo‘q. 
Ko‘z  bilan    chamalab  baholashda  punktir  yoki  ball  tizimi  ancha  aniq 
hisoblanadi. Sut va sut-go‘sht yo‘nalishidagi buqalarning 5 yoshgacha har yili, 1 
va  3  laktatsiya  yoshidagi  sigirlarni  laktatsiyasining  2-3  oylarida  baholanadi. 
Agar  hayvon  hayoti  davomida  ekstereri  bo‘yicha  baholanmagan  bo‘lsa, 
navbatdagi bonitirovka davomida baholanishi mumkin.  
Buqalarni  ekstereri  bo‘yicha  30  ballik,  sigirlar    10  ballik  shkala  asosida 
baholanadi. Yosh qoramollar ham 10 ballik shkala bo‘yicha baholanadi. 
Tanani  alohida  qismlarga  bo‘lib  o‘rganish  ko‘z  bilan  chamalab  baholash 
samaradorligini  oshiradi.  Qoramol  tanasi  qo‘yidagi  tana  qismlariga  bo‘linadi: 
boshi va bo‘yni, ko‘kragi, yag‘rin va beli, tananing o‘rta qismi, orqasi, yelin va 
so‘rg‘ichlar,  oyoqlar.  Shu  qismlarning  ijobiy  ko‘rsatkichlari  va  nuqsonlarini 
jamlash natijasida ekstererga bus-butun baho berish mumkin.  
Qoramollarning ekstererini o‘rganishda  ularning tana qismlarini  o‘lchash 
bilan aniq ma’lumotlar olish mumkin. 
Asosiy o‘lchamlar: yag‘rin balandligi, bel balandligi, dumg‘oza  balandligi, 
o‘tirg‘ich do‘ngliklari balandligi, ko‘krak  kengligi, ko‘krak chuqurligi, tananing 
to‘g‘ri uzunligi, tananing qiya uzunligi, yonbosh suyaklari kengligi, ko‘krak va 
kaft  aylanasi.  Ushbu  o‘lchamlar  Lidtin  tayog‘i,  Vilkens  sirkuli    va  o‘lchov 
lentasi  yordamida  olinadi.  O‘lchamlarni  to‘g‘ri  olish  ularning  o‘lchash 
nuqtalarini aniq bilish va asbobdan oqilona foydalanishga bog‘liq.  
Hayvon to‘g‘ri, xolis, erkin tekis joyga qo‘yilib o‘lchanadi, uning asosida u 
yoki bu tana qismining rivojlanishi haqida fikr   yuritiladi.  
Tana  indekslarini  hisoblash  asosida  uning  xususiyatlarining  yaqqol 
foizlarda ifodalanadi.  Tana indeksi deb - bir yoki bir necha o‘lchamning boshqa 


 
16 
o‘lchamga  nisbatini  foizlarda  ifodalanishiga  aytiladi.  Indeks  ko‘rsatkichiga 
qarab  har  bir  tana  qismining  rivojlanishiga  xolis  baho  berishi  mumkin. 
Qoramollarda 10 tana indekslari hisoblab chiqarildi.  
Grafik  usulda  hayvonlarning  tana  o‘lchamlari    ko‘rsatkichlari  bir-biriga 
solishtirib  chizgida  ifodalanadi.  Ushbu  usul  ayrim  hayvonlar,  guruh,  poda, 
yo‘nalish,  qator,  oila,  zot  hayvonlarning  eksterer  xususiyatlarini  solishtirib 
ko‘rib xulosa chiqarish imkonini beradi. 
Rasmga  tushurish  asosida  hayvonning  tana  tuzilishi  xususiyatlarini 
xohlagan  mahalda  o‘rganish  mumkin.  Ayniqsa,  buqalarni  avlodlarining 
mahsuldorligi bo‘yicha baholashda  yosh buqachalar   katta  miqdorda urug‘  olib 
muzlatilib  o‘zlari  go‘shtga  topshirilib  yuboriladi.  Qizlarning  mahsuldorligi 
hisoblangandan  keyin  buqa  yaxshilovchi  deb  tan  olinsa,  sigirlarga  juftlashda 
rasm asqotadi. 
Ekstererning  o‘zgarishi  hayvonning    yoshiga,  jinsiga,  oziqlantirish  va 
saqlash sharoitiga bog‘liq.  
Chirvinskiy-Maligonov  qonuniyati-ma’lum  davrda  yetarli  oziqlantirmaslik 
shu  davrda  jadal  o‘sadigan  a’zo  va  qismlarning  rivojlanishga  salbiy  ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Interer  –  hayvonlarni  tanasining  tuzilishi  (ularning  ichki  morfofiziologik 
xususiyatlari).  
Tana  tashqi  tuzilishi  va  a’zo,  to‘qimalar  faoliyati  bir  biri  bilan  uzviy 
bog‘langandir,  shu  boisdan  hayvonlarning  interer  farqi  mahsuldorlik 
yo‘nalishini aks ettirib, ularning sog‘ligini belgilaydi. 
Bir  zotga    mansub  (qora-ola)  go‘shtdorlik  tomonga    og‘gan    sigirlarning 
vazni 719 kg, oylik suti 304 kg bo‘lgani holda, sutdor tip sigirlarning vazni 664 
kg  oylik  suti  571  kg  ni  tashkil  qilib,  qoni  eritrotsitlar  bilan  ko‘proq  to‘yingan 
(7,46  mln/mm³  I  guruhda  esa  6,75  mln/mm³)  bo‘lgan.    Sermahsul  sigirlarda 
eritrotsitlar va gYemoglobin miqdorining kamligiga qaramasdan yurak urishi va 
nafas  olishining  tezligi  ularda  modda  almashuvining  yuqoriligidan  dalolat 
beradi. 
L.V. Bogdanov tanada aylanayotgan qon miqdori bilan sut mahsuldorigini 
ijobiy  korrelyativ bog‘lanish isbotlangan.   
Muhim  interer  ko‘rsatkichlardan  yelindagi  to‘qimalar  nisbati  hisoblanadi, 
sersut sigirlarda yelin 75-80% bez to‘qimalaridan, faqat 20-25% biriktiruvchi va 
yog‘  to‘qimalardan tashkil topadi. 
Sut  yo‘nalishidagi  sigirlar  terisi  yupqa  bo‘lib,  teri  osti  yog‘  qatlami  kam 
bo‘ladi, bu ko‘rsatkich go‘sht yo‘nalishidagi qoramollarda qalin bo‘ladi. 
Ovqat  hazm    qilish  a’zolarining  hajmi  va  faoliyati  sut  yo‘nalishidagi 
qoramollarda yaxshiroq  rivojlanganligi aniqlangan. 
Go‘shtning  sifati  uning  morfologik,  kimyoviy  tarkibi  va  gistologik 
tuzilishiga  bog‘liq.  Muskul,  yog‘,  suyak  va  biriktiruvchi  to‘qimalar  nisbatiga 
qarab go‘shtning sifati belgilanadi. 


 
17 
Go‘sht tolalarining ingichkaligiga, ular orasida yog‘ pardalarining borligini 
gistologik    usul  bilan  aniqlash  go‘sht  sifati  haqida  fikr  yuritish  imkoniyatini 
beradi. 
Chopqir  otlarda,  serjun  qo‘ylarda,  go‘shtdor  cho‘chqalarda,  sertuxum 
tovuqlarda  qon  oqsilining  yuqoriligi,  eritrotsitlar  sonini  ko‘pligi,  qonning 
gYemoglobin  bilan  yaxshi  tuyinganligi  ularda  modda  almashuvining  tez 
kechishidan dalolat  beradi.  
Interer  ko‘rsatkichlari  hayvonlarni  baholashda,  mahsulot  yo‘nalishini 
belgilashda,  sog‘ligi sharoitga moslashuvini aniqlashda muhim o‘rin to‘tadi. 

Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   438




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish