Teri va jun qoplamasi. Sigir terisi va jun qoplamasida milliardlab
mikroblar mavjud. Ayniqsa yog‘ kislotali va ichak tayoqchalari ko‘p bo‘ladi.
Bular sut va sut mahsulotlarini sifatini pasayishiga olib keladi..
Molxona havosi. Molxona supirilgandan so‘ng va sigirlar oziqlantirilgandan
so‘ng molxona havosida juda ko‘p miqdorda mikrob to‘planadi. Ular chang bilan
qo‘shilib, sutga tushadi va tez ko‘payadi. Shuning uchun sigirlarni sog‘ish
jarayoni yig‘ishtirish va oziqlantirishdan oldin yoki 1-1,5 soat keyin amalga
oshirilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |