Reja: 1. Jamiyat falsafasining tuzilishi va funktsiyalari. Jamiyat rivojiga formatsion va sivilizatsion yondashuvlar. Tarixda shaxsning roli
2. Oila jamiyat tayanchi. Oilaning vazifalari. Oila O'zbek xalqining yuksak milliy va diniy qadriyati
3. Davlatning oila tinchligi va barqarorligini ta'minlashdagi o'rni. Oila-ta'lim-mahalla tizimi.
«Tarix falsafasi» nima va uning predmeti nimadan iborat? Bu savolga javob berar ekanmiz, tarix falsafasi tushunchasiga «Falsafiy qomusiy lug’at» mualliflari bergan ta’rifni keltirish o’rinli bo’ladi deb o’ylaymiz: «Tarix falsafasi – falsafaning tarixiy jarayonni va tarixiy bilishni talqin qilish bilan bog’liq bo’lgan bo’limi». Shunday qilib, tarix falsafasi falsafaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Tarix falsafasining predmeti esa tarixiy jarayon va tarixiy bilishni talqin qilish, ularning mazmunini yoritib berishdan iborat. Ammo bu tarix falsafasini tavsiflashga nisbatan birdan-bir yondashuv emas, chunki tarixiy rivojlanish jarayonida tarix falsafasining predmeti va muammolari sezilarli darajada o’zgargan va hozirgi vaqtda tarix falsafasining turli yo’nalishlari tomonidan har xil talqin qilinadi. Tarixiy jarayonlarning falsafiy tahlili bilan tarix falsafasi yoki istoriosofiyashug‘ullanadi. U mustaqil falsafiy fan sifatida o‘zining predmeti, kategoriyalar apparati va metodologik yondashuvlariga ega. Ilk bor «tarix falsafasi» tushunchasini Volter qo‘llagan. Nemis ma’rifatparvari Iogann Gotfrid Gerder(1744-1803) o‘zining «Insoniyat tarixi falsafasiga doir g‘oyalar» (1784) asarida ilk bor barcha xalqlarni o‘z ichiga qamrab olgan yagona umuminsoniy kelajakka olib keluvchi tarixiy jarayonning birligi g‘oyasini ilgari surdi. Tarix falsafasining rivojlanishi jarayonida tarixiy bilishga bir qator metodologik yondoshuvlar vujudga keldi. Ularning ichida monistik va plyuralistik; chiziqli va davriy; formatsion va sivilizatsion konsepsiyalar kabi dixotomik qarashlarni keltirish mumkin. Monistik yondoshuv doirasiga marksistik ta’limot va postindustrial jamiyat nazariyalarini kiritish mumkin. Marksistik ta’limot ijtimoiy rivojlanishning ustivor omili, deb ishlab chiqarish usulini tan oladi va shu tamoyil asosida insoniyat tarixi rivojini muqarrar, birining o‘rnini boshqasi egallaydigan besh asosiy formatsiyalar (ibtidoiy jamoa tuzumi, quldorlik, feodalizm, kapitalizm va kommunizm)ga ajratadi. Ikkinchi ta’limot – postindustrial jamiyat konsepsiyasi texnikani insoniyat tarixining asosiy omili, deb hisoblaydi va jamiyat tarixini birining o‘rnini keyingisi egallaydigan 3 ta bosqichga bo‘ladi. Bular: an’anaviy (sanoatlashgungacha), sanoatlashgan va postsanoatlashgan (informatsion) jamiyatlar.
Plyuralistik yondoshuv insoniyat tarixining birligini inkor etib, o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan yoki kam bog‘liq bo‘lgan ko‘plab o‘zaro teng qadrli tarixiy tuzilmalar – sivilizatsiyalarning mavjudligini tan oladi, shu asosda insoniyat tarixi rivojlanishining yagona taraqqiyot jarayoni ekanligini inkor etadi.
Chiziqli (yoki progressistik - taraqqiyotparvarlik) yondoshuv namoyondalari tarixiy taraqqiyot g‘oyasini jahon tarixiy rivoji dinamikasining asosini tashkil etuvchi umumiy qonun sifatida qabul qiladilar. Bunda muayyan mezonlarga binoan insonning barcha tabiiy imkoniyatlari ro‘yobga chiqadigan hamda barcha ehtiyojlari qondirilishi mumkin bo‘lgan mukammal jamiyatga etishishning bosqichlari va davrlari belgilanadi. Bunday maqsadlar sifatida sotsialistik, kommunistik va boshqa utopiyalar ko‘rsatiladi.
Chiziqli rivojlanish konsepsiyasiga muqobil bo‘lgan davriy (siklik) paradigmanamoyondalari insoniyat tarixining yagona tarixiy yoki abadiy maqsadga qarab rivojlanishni inkor etadilar. Ularning fikricha, tarix aylanma shaklda harakat qilib, oxir oqibat o‘zining boshlang‘ich holatiga qaytadi.
2.Jahon tajribasi har bir mamlakat va xalqning o’z taraqqiyot yo’lini tanlash huquqiga ega bo’lishi umumiy xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash garovi ekanini ko’rsatdi. O’zbekiston milliy mustaqillikka erishganidan keiyn o’z milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlash, o’ziga xos va mos taraqqiyot yo’lini tanlash, rivojlantirishning o’zbek modelini yaratish imkoniga ega bo’ldi.Demokratik jamiyat uchun inson manfaatlari, erkinligi va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadi. Har qanday jamiyat hayoti uchun davomiylik, vorisiylik va uzluksizlik xosdir. Bu qonuniyatlar buzilsa, jamiyatning tabiiy hayotida yo’qotishlar ro’y beradi. Bu holat, ayniqsa, bir tizimdan boshqa tizimga o’tish, jamiyat rivojlanishining yangi bosqichiga ko’tarish jarayonida yaqqol ko’zga tashlanadi. Mavjud tizimdan sifat jihatdan yangi tizimga o’tish jarayonida islohotlarni ijtimoiy larzalarsiz amalga, odamlarning tafakkurini o’zgartirish, yangi qonun va normalar ishlab eskizidan foydalanish jamiyat rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Jamiyat va oila mohiyatan bir-biri bilan uzviy bog’liq. Oilada jamiyatning tub mohiyati o’z aksini topadi. Shu ma’noda, oilani kichik jamiyat deyish mumkin. Har bir jamiyat a’zosi oila bag’rida voyaga yetadi, ijtimoiy munosabatlarni o’zlashtiradi va insoniy fazilatlarni namoyon etadi. Barkamol insonni shakllantirish, yni hayotga, mehnatga tayyorlash oilaning muqaddas vazifasidir. Oilani mustahkamlash jamiyat barqarorligi va qudratining muhim sharoitdir. Shu boisdan ham davlat oilani o’z himoyasiga oladi. Jamiyatdagi ma’naviy-axloqiy muhitning sog’lomligi ko’p jihatdan oilaviy madaniyatga bog’liq. Oila qanday bo’lsa, jamiyat ham shunday bo’ladi. Oilada er va xotinning mavqyei,oilaviy munosabatlar xarakteri turli xalqlarda turlichadir.
3. «Sivilizatsiya» tushuchasi (lot. civilize – fuqarolarga, davlatga xos) ilk bor XVIII asrda yevropalik ma’rifatparvarlarning asarlarida qo‘llana boshladi. U jiddiy evolyusiyaga yuz tutib, hozirgi paytgacha bir qancha ma’nolarda qo‘llaniladi[1]. Dastlabki davrlarda u tabiat olami tuzilishidan farqli ravishda umuman insoniyatni, uning ijtimoiy tuzilishini anglatgan va birlik shaklda ishlatilgan. Keyinchalik u yovvoyilik va johillikdankeyin keluvchi ijtimoiy rivojlanish bosqichini bildirgan. Co‘ngra u qadriyaviy xususiyat kasb etib, madaniyat tushunchasiga, ayniqsa, individual va ijtimoiy xulq-atvor normativlariga singib ketgan ma’naviy madaniyat, ya’ni kishilar, xalqlarning mentalligi ma’nosiga yaqinlashib qoldi. Amerikalik olimlar A.Kreber va K.Klakxan 1952 yilda «madaniyat» terminining 164 ta ta’rifini e’lon qildilar va ko‘p hollarda uni «sivilizatsiya» termini bilan bir qatorda qo‘llanilganligini qayd etdilar[2].