Jalolova p. M., Xudayberdiyev sh. K. Pedagogika. Psixologiya



Download 3,48 Mb.
bet4/77
Sana25.01.2023
Hajmi3,48 Mb.
#902153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
Pedagogika.Psoxologiya (DARSLIK)

1. Ezgu niyat, fikr:
2. Ezgu so‘z, xushmuomala:
3. Ezgu ish, ezgu faoliyatdan iboratdir.
Shu yuqoridagi uch sifat o‘qitishning, ta’limtarbiyaning bosh maqsadidan iboratdir. Bu bosh maqsad insonlarda, yoshlarda, mutaxassislarda komillik sifatlarini takomillashtirish, yoshlarni zamonaviy, axloqiy ,amaliy o‘quv, malaka, ko‘nikmalar bilan qurollantira borish, mutaxassislarda har bir sohaga mos ilm, bilim, ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat bo‘lgan pedagogika fanining zamonaviy fan asoslarini kengayganligini ko‘rsatadi.
Pedagogika fanining predmeti, uqitishning ta’lim tarbiyaning zamonaviy qonuniyatlari, mazmuni, usullari, vositalari bilan kishilarni, yoshlarni, mutaxassislarni qurollantiruvchi fan bulganligi uchun uning metodologik asoslari maqsad va vazifalari dunyoning moddiy ma’naviy rivojida shaxs kamoloti uyg‘unligi qonuniyatlari va davlatning zamonaviy siyosatidan kelib chiqadi.
O’zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonunida ta’lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotida sohasini ustuvor deb e’lon qilinadi.
Ta’limning, o’qitishning vazifasi fuqarolar. yoshlarning eng asosiy Konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bo‘lgan xar bir kishining aqliy amaliy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish. Intellektual jixatdan rivojini ta’minlash. Uzi xoxlagan kasbini tanlash. uni mukammal egallab. shu soxada baxtiyor faoliyat ko‘rsatish uchun modliy ma’naviy, tarbiyaviy didaktik shart sharoit yaratishdan iboratdir. Bu umumiy vazifadan ta’limning xar bir bug‘ini, turi va bosqichlarining O‘ziga xos vazifalari kelib chiqadi, Insonshunoslik fanlari tizimida pedagogikaning tutgan o‘rni shu bilan belgilanadiki, u shaxsni rivojlantirish, shakllantirish, tarbiyalash, ma’lumotli qilish va o‘qitishi (ta’lim berishi) qonuniyatlari borasida tadqiqot ishlarini olib boradi. Shu sababli, rivojlantirish, shakllantirish ta’lim va tarbiya, ma’lumot pedagogikaning asosiy kategoriyalari yoki tushunchalari deb ataladi.
Shaxs turli omillar ta’sirida shakllanadi. Tarbiya esa shaxsni shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi omillardan biridir. Katta yoshlilar turli vositalar va usullar orqali ma’lum maqsadni ko‘zlagan holda o‘z tarbiyalanuvchilarida ma’lum xislatlarni hosil qilish va rivojlantirishni xohlaydilar. Shunday qilib, tarbiya shaxsni muayyan yo‘nalishda shakllantirish, kamol toptirish maqsadida turli odatlarning bir-biriga ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy munosabatdir.
Bu jarayonda shaxsning rivojlanishini harakatlantiruvchi kuchlar, omillar hamda tarbiyalanuvchilarning yoshi, shaxsiy xususiyatlari e’tiborga olinadi. Tarbiya jarayonida mikromuhitning ijobiy ta’siridan to‘la foydalaniladi va salbiy ta’sirini zaiflashtirishga harakat qilinadi. Tarbiya bir joyda tarbiyalanuvchilarga ta’sir ko‘rsatadigan barcha bo‘ginlar birlashib, ahillik bilan ishashga erishiladi va har bir shaxs o‘z-o‘zini tarbiyalash qobiliyatiga ertaroq ega bo‘ladi. Tarbiya aksariyat holatlarda keng ma’noda ishlatilib ta’lim, ma’lumot rivojlanish jarayonlariga kiradigan ishlarning mazmunini ham anglatadi.Ularning natijalarini o‘zida aks ettiradi.
Asosiy pedagogik tushunchalardan yana biri ta’lim, ya’ni o‘qitish, bilim berish tushunchasidir. Ta’lim deganda, biz va insoniyatni ilmiy bilimlar hayot uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish qobiliyatlarini o‘stirish, tafakkurlarini shakllantirish jarayonini tushunamiz. Ta’lim o‘z darajasi va vazifasiga qarab maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb hunar ta’limi va oliy ta’limi, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’limdan iborat bo‘lib, ular uzluksiz ta’lim tizimini tashkil qiladi. Kelajakdagi ixtisosligidan qat’iy nazar, har bir kishi uchun bilim ko‘nikma va malakalarni umumiy o‘rta ta’lim maktablarda beriladi. Kasb egallash uchun zarur bilim ko‘nikma va malakalarni oliy va o‘rta maxsus, kasb hunar ta’limiga qarashli o‘quv yurtlarida oladilar. Ta’lim maxsus tayyorgarlik ko‘rgan, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar rahbarligida amalga oshiriladigan bilim berish jarayonidir.
Ta’lim pedagoglarning (bilim berish) Faoliyatidan va o‘quvchitalabalarning (bilim olish, o‘qish) faoliyatlaridan iborat qo‘shalok jarayondir.
Birgalikdagi faoliyat orqali yoshlar ilmiy bilimlar bilan qurollanadi. Buning natijasida ularni ijodiy qobiliyatlari har tomonlama shakllanadi. Ma’lumot ta’lim tarbiya jarayonining natijasi orqali bog’langan bilim, ko‘nikma va malakalar yig‘indisi va shakllangan ma’naviy fazilatlar majmuidir.
Ma’lumot olishning to‘g‘ri va ishonchli yo‘li davlat ta’lim standartlari bo‘yicha bilim beradigan, aniq maqsadli rejalar, dasturlar asosida o‘quv yurtlarida tashkil qilinadigan ta’lim tarbiya jarayonidir.
Ta’lim, tarbiya, ma’lumot, rivojlanish, shakllanish uyg‘unlashgan yagona jarayondir. Unda o‘qituvchitarbiyachi rahbarlik qiladi. Pedagogika uzoq tarixiy jarayonda shakllanar ekan, hozirga kelib ilmiy bilimlarni mustaqil bir tarmoq sifatida, fan sifatida shakllandi. O‘zining ilmiy nazariy, uslubiy, amaliy asoslarini yaratdi. Natijada pedagogika fanlari tizimi, ya’ni uning tarmoqlari vujudga keldi. Yaqin vaqtgacha falsafaning bir tarmoq hisoblangan pedagogikaning mustaqil yangi yo‘nalishlari yaratildi. Jumladan, Pedagogika tarixi mustaqil tarmoq sifatida, Pedagogaka fanining tarixan rivojlanishi o‘zida aks ettiriladi. Bunda o‘tmishdagi ilg‘or pedagogik g‘oyalarni paydo bo‘lishi, rivojlanishi, ularning bugungi kundaga ahamiyati, merosdan foydalanishning zaruriyati haqida fikr yuritiladi.
Pedagogaka fanlari tizimida tarbiyalanuvchilarning yoshlariga qaratilgan tarmoq pedagogikalar mavjud. Jumladan: makgabgacha ta’lim pedagogakasi, umumiy ta’lim pedagogikasi, o‘rta maxsus, kasbxunar ta’limi pedagogikasi, oliy ta’lim pedagogakasi, ishlab chiqarish pedagogikasi, pedagogik menejment, davolash pedagogikasi, gerontopedagogaka, harbiy pedagogika, yanga pedagogak texnologiyalar kabilardir. Bu tarmoq pedagogikalar makgabgacha ta’lim muassasalarida umumiy va o‘rta maxsus, kasbhunar a’limi, oliy o‘quv yurtlarida olib boriladigan ta’limtarbiya jarayonining qonuniyatlarini o‘rganadi.
Bulardan tashqari difektologiya deb ataluvchi maxsus pedagogika ham shakllandi va maxsus o‘quv maskanlarida o‘qituvchi, tarbiyachilar tayyorlashda surdopedagogika (soqov bolalarni o‘qitish va tarbiyalashda), tiflopedagogika(ko‘zi ojiz bolalar1 ni o‘qitish), oligofrenapedagogika (aqliy rivojlanishdan orqada qolgan bolalarni tarbiyalash va o‘qitish) logopediya (nutqi yaxshi rivojlanmagan bolalarni o‘qitish) masalalari bilan shug‘ullanadi. Pedagogika fanlari tizimining muhim; tarmog’i sifatida aniq fanlarni o‘qitish va o‘rganishning qonuniyatlari o‘rganuvchi uslubiyot fanining ham xizmatlari beqiyos kattadir. Har bir fanni o‘qitishnig o‘ziga xos yo‘lusullari mavjuddir. Ba’zan bu fanni xususiy metodika, ya’ni uslub deb atashlari ham bejiz emas.Hozirgi kunda o‘quv yurtlarda tarix o‘qitish, matematika o‘qitish, til o‘qitish uslubiyoti fani o‘qitilmoqda.
Keyingi yillarda oila pedagogikasi, kasb hunar ta’lim pedagogikasi, harbiy pedagogika, sport pedagogikasi kabilar shakllanmoqda. Pedagogika mustaqil fan sifatida shakllanadi va shakllanmoqda. Ammo shaxs kamoloti bilan bog‘liq muammolarni hal etishda boshqa fanlar bilan hamkorlik qiladi. Pedagogika umumiy psixologiya, yoshlar psixologiyasi bilan uzviy boshangan. Psixologiya shaxsning turli yoshdaga psixik rivojlanish qonuniyatlarini, ta’lim tarbiya ta’sirida inson psixikasining o‘zgarish mexanizmini tushuntiradi. Shunday ekan, ta’lim tarbiya jarayonida pedagog tarbiyalanuvchilarning psixik rivojlanishni, shaxsiy sifatlarini o‘rganish lozim shundagina samarali ta’sir ko‘rsata oladi.
Pedagogika inson dunyoqarashining shakllanishi, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabati hamda bilish faoliyati muammolarini o‘rganuvchi falsafa bilan hamkorlik qiladi.Ayniqsa, axloqiy tarbiya bilan etikaning estetik tarbiya bilan estetikaning o‘zaro aloqalari hammamizga ma’lumdir.
Keyingi yillarda pedagogika sotsiologiya, siyosatshunoslik fanlari bilan aloqalari rivojlanmoqda. Insonning jamiyatdagi o‘rni, ijtimoiy muhitning shaxs rivojlanishi va tarbiyasiga ta’sirini o‘rgatishda pedagogika bu fanlar bilan hamkorlik qilmoqda.
Pedagogika tarix, etnografiya, folklor (xalq og‘zaki ijodi) kabi fanlarning yutuqlaridan samarali foydalanmoqda. Bugungi kundagi pedagogik jarayonning moxiyatini chuqurroq anglash uchun uning o‘tmishdagi shakllanish tarixini yaqqol tasavvur qilmoq darkor. Bunday sharoitda tarixiy merosga, folklor manbalarga murojaat qilinadi. Shaxsning jismonan yetukligi, barkamolligining ajralmas qismidir. Pedagogikada jismoniy tarbiya to‘grisida fikr yuritilar ekan, yoshlar fiziologiyasi va gigiyenasi to‘g’risidagi bilimlardan foydalanish lozim bo‘ladi.
Pedagogika tarixiga nazar tashlar ekanmiz, tarbiya haqidagi g’oyalarning shakllanishida, Imom Buxoriy, Iso at Termiziy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Xojib, Yassaviy, Naqshbandiy, Navoiy, Behbudiy, Avloniy va boshqa qardosh xalqlar farzandlarining xizmatlari kattadir.
Mamlakatimizning yaqin o‘tmishdagi tarixiga nazar tashlar ekanmiz, rus va sovet imperiyasi ta’sirida o‘zbek xalqi o‘z xarixi, milliy urf odatlari, an’ana, umuminsoniy qadriyatlarni bilish va o‘rganshs uchun kurashgan Fshrat, Munavvar Qori, Elbek, Qodiriy qatl qilindi. Qolgan vatanparvar allomalarimiz kemaldi. Ammo qatagonlik davrida xam pedagogik merosni o‘rganish to‘xtamadi.Navoiy, Beruniy, Avloniy kabilarning ijodi o‘rganildi, o‘zbek xalq pedagogikasi yaratidsi.
O‘zbekiston mustaqil bo‘lgandan so‘ng mamlakatimizda ta’limtarbiya tizimida ham katta o‘zgarish va islohotlar boshlandi. 1992 yilda "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi. Bu qonunda oldingilardan farqli ravishda xalq ta’limining yangi qoidalari, ya’ni prinsiplari e’lon qilinib, hayotga tadbiq etila boshladi. Ta’lim tarbiya jarayonining mazmuni, shakl va usullari bu sohada ershshshgan ilgor tajribalar asosida ishlab chiqildi. Bunda ta’limning jahon standarti darajasida bo‘lish nazarda tug`iladi.

Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish