Jalolova p. M., Xudayberdiyev sh. K. Pedagogika. Psixologiya



Download 3,48 Mb.
bet3/77
Sana25.01.2023
Hajmi3,48 Mb.
#902153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
Pedagogika.Psoxologiya (DARSLIK)

14

Psixoanaliz asoslari

156

15

Muvaffaqiyatga erishish yo’llari

161










Amaliy mashg’ulotlar

T/r

Amaliy mashg’ulotlar mavzulari




1

Insonniyat rivojlanishining ilk bosqichlarida pedagogikaning paydo bo’lishi




2

Shaxs rivojlanishining individual va yosh davrning xususiyatlari




3

Tarbiya metodlari vositalari va shakllari




4

Tarbiyada milliy qadriyatlarning o’rni.




5

Axborot texnologiyalari va boshqa soxa mutaxassisiga qo’yiladigan talablar




6

Talaba shaxsi motivatsiyasi




7

O’quv jarayonidagi interaktiv – psixologik usullar.




8

Xarakter, qobiliyat, temperament tiplari va ularni psixologik o’rganilishi.




9

Shaxsni o’rganuvchi psixologik testlar.




10

Ta’lim jarayonidagi qiyinchiliklarni bartaraf etish usullari.




11

Rahbarlik muloqoti va uning bosqichlari.




12

Nizolarni bartaraf etish va adaptasiya.




13

Muloqot turlari va tinglash mahorati.




14

Shaxs dunyoqarashi, e’tiqodi va ma’naviy qiyofasi.




15

Rahbar psixologiyasining emotsional irodaviy komponentlari.




Mustaqil ta’lim

T/r

Mustaqil ish mavzulari




1

Xorijiy pedagogikada ta’lim – tarbiya.




2

Antik davrda ta’lim – tarbiya.




3

Estetik tarbiya.




4

Axloqiy tarbiya.




5

Ekologik tarbiya.




6

Muioqot va uning turlari




7

Psixologik va pedagogik ko‘nikmalar.




8

Inson ehtiyojlari va uning turlari.




9

Jamoadagi psixologik muhit.




10

Stress va frustrasiya




11

Xarakter va uning shakllanishi.




12

Qobiliyat va talant.




13

Kasbiy layoqatni aniqlovchi testlar.




14

Iroda ong xarakteristikasi sifatida.




15

Shaxs psixodiagnostikasi.




16

Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari.




17

Yoshlar muxiti va submadaniyat. Deviant hulq.




18

Oila tarbiyasi.Oilaviy nizolarning kelib chiqishi va echimlari.




19

O’quv faoliyati va kasb motivatsiyasi.




20

Temperament tiplari va ularning psixologik hususiyatlari.




21

Motiv va ularning turlari.




22

Muammoli o’qitish metodi.




23

Programmalashtirilgan o’qitish metodi.




24

Kasb va shaxs psixologiyasi.




25

Kasbiy qobiliyatlarni shakllantirish.




26

Nizolarni bartaraf etish va adaptasiya.




27

Rahbarlik muloqoti.




28

Ta’limni boshqarish metodi.




29

Reoriyentatsiya psixologik muammo sifatida.




30

Kasbiy yetuklik va shaxs komilligi.






1-MAVZU: Pedagogika fan sifatida
Pedagogikaning metodologik asoslari
REJA:
1. Jamiyat va olam rivojida pedagogikaning mohiyati.
2. Jamiyat va olamning garmonik muvozanatida inson omili.
3. Pedagogikatng objkti va predmetining takomillashganligi.
4. Pedagogikaning maqsad, vazifalari va asosiy tushunchalari (kategoriyalari).
5. Milliy g‘oya va milliy mafkurani shakllantirishda pedagogikaning tutgan o‘rni.
XXI asr bo‘sag‘asida ijtimoiy iqtisodiy munosabatlar rivojida inson aql-zakovati va ma’naviyati asosiy muvofiqtashtiruvchi, rivojlantiruvchi omil va vosita ekanligi tobora namoyon bo‘lmoqda. Shuning uchun insonparvarlik bozor iqtisodiyoti asosidagi huquqiy, demokratik davlat erkin fuqarolik jamiyati qurilishining bosh tamoyili sifatida qabul qilinmoqda.
Har bir mustaqil fan o‘zining predmeti (mavzusi) va metodologik asoslariga egadir.Jumladan, Pedagogika ham fan sifatida shakllanib, o‘zining predmetiga ega bo‘ldi. Boshqa fanlar kabi Pedagogika ham fan sifatida paydo bo‘lar ekan, u avvalo jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida paydo bo‘ldi.
Shu sababli tarbiya jarayonini ijtimoiy hayotning ajralmas qismi, deb qarash lozim, chunki tarbiyaviy ishlarni olib bormasdan turib jamiyatni, uning rivojlanishini tasavvur qilish qiyin.
Mutafakkir A.Avloniy ta’kidlaganidek, "Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot: yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir". Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, hamma davrlarda pedagogik faoliyat ham mavjud bo‘lgan.
Insonni dunyoga kelishi, faqat tug‘ilishidan iborat tabiiybiologik hodisa emas, balki tug‘ilgandan keyin o‘z zamonasining taraqqiyoti darajasiga ko‘tarilishi, mavjud ijtimoiy tarixiy tajribani egallashi, jamiyatda o‘z o‘rnini belgilab olishi, tarixiy jarayonning faol ishtirokchisiga aylanishi, ya’ni tarbiya olishi kerak. Bu jarayonda katta avlod o‘zining yashash, kurash va mehnat tajribasini, bilim va malakalarini kichik avlodlarga bera boshlaydi, ya’ni yanga tug‘ilgan odam bolasining rivojlanishi, shakllanishi va voyaga yetishi jarayoniga rahbarlik qilingan, boshqarilgan. Bu tarbiya deb atalmish ijtimoiy hodisa orqali amalga oshirilgan. Jamiyat rivojlangani sari yetuk, barkamol shaxslarni yetishtirish ehtiyoji ham ortib borgan hamda o‘zgarib, yangilanib, jamiyatga xizmat qilgan. Insoniyat jamiyatning turli bosqichlarida ta’limtarbiya muassasalarini yaratish, yosh avlodlarni o‘kditshi va tarbiyalash sohasidaga tajribalarni nazariy jihatdan anglash, umumlashtirish va hayotga tadbiq qilish jarayonida Pedagogika fani paydo bo‘la boshladi. Pedagogika ta’limtarbiyaning maqsadi va vazifalari, davlat ta’lim standartlari, ta’lim va tarbiyaning usullari, tashkil etish shakllari, umuman uning qonuniyatlari haqida bilim, ma’lumot beradigan fanga aylandi.
Pedagogika atamasi ham qadimiy bo‘lib, "bola yetaklovchi" degan ma’noni bildiruvchi grekcha "paydogogos" so‘zidan kelib chiqqan. Tarixiy manbalarning ko‘rsatishicha, qadimgi Yunonistonda o‘z xo‘jayinining bolalarini sayr qildirgan, ehtiyot qilgan tarbiyachini, ya’ni qullarni "pedagog" (bola yetaklovchi) deb atashgan. Keyinchalik esa, maxsus o‘qitilgan va pedagoglikni o‘ziga kasb qilib olgan kishilarni pedagog deb atay boshlashgan.
Inson yaratilishi, paydo bo‘lishi zahotiyoq ilm va tarbiyaviy sifatlar uning yashashi, hayot kechirishdi uchun eng zaruriy shart va vositalar ekanligani anglab boradi. Shuning uchun insoniyat jamiyatning ilk ko‘rinishlaridanoq tarbiya bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarga ehtiyoj tug‘ildi, desak biz tarbiyani faqat bir tomonini, ya’ni boshqalarni yana ham xususiylab, agar yoshlarni tarbiyalash, desak tarbiya tushunchasiga juda ham tor qaralgan bo‘ladi.Chunki tarbiya eng avvalo har bir insonni o‘ziga qaratilgandir. Har bir kishi doimo ham aqliy, tarbiyaviy, jismonan takomillashib, shakllanib boradi.Ayrim kishilar bu fikrga qo‘shilmasliklari mumkin. Chunki bunda jamiyatdagi o‘rta, katta avlodning tarbiyasida kamchiliklar, yetishmovchiliklar bor ekanda, degan xulosa chiqarmasligi kerak.
Chunki olamning moddiy-ma’naviy tuzilishi, qurilishi, uning rivoji, insonning moddiy ma’naviy yashash sharoiti, imkoniyatlari, uning aqliy, axloqiy, jismoniy holati bilan uzviy bog‘liq. Shuning uchun tabiatning inson yashashi, mavjudligi, baxtiyorlitini ta’minlash imkoniyatlari, uning aqliy,axloqiy, jismoniy rivoji, o‘sishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqsir.
Tabiatdagi, jamiyatdagi muammolar insoniyatni ma’naviy aqliy rivojlanishiga yo‘naltirib unga o‘zining yangi xazinalarini ochib beraveradi.
Tarbiyani eng avvalo insonning o‘ziga qaratilganligi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan butun dunyo hamjamiyati tan olgan, qadambaqadam amalga oshirilayotgan "o‘zbek modeli"da juda to‘g‘ri belgilandi. Dunyoda birinchi bor insonni diqqate’tibori uni o‘zligini anglashga qaratildi. O‘zligini anglash birinchidan, uning ozod, erkin, nodir, ulug‘ siymoligini anglash va o’zida unga amal qilish sifatlarini shakllantirib borish bo’lsa, ikkinchidan uning uziga xos maishiy insoniy sifatlarini ochib beruvchi etnik, ma’naviy insoniy asoslarini anglash va ularga amal qilishdan iboratdir. Yuqorida sanab o‘tilgan ikki sifat komil inson sifatning asosini tashkil etadi. Chunki komil inson sifatlarini tarbiya sohasidaga ilmlarni xulosalab, mujassamlashtirilsa, ular asosan uchta:

Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish