Jalilova s. X. Taraqqiyot psixologiyasi va differentsial psixologiya


Uzoq umr ko‘rishning psixologik asoslari



Download 11,87 Mb.
bet70/129
Sana03.07.2022
Hajmi11,87 Mb.
#733758
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   129
Bog'liq
taraqqiyot psixologiyasi o`quv qo`llanma

Uzoq umr ko‘rishning psixologik asoslari. Uzoq umr ko‘rish yoshi inson organizmining atrof-muhit sharoitlariga yuqori darajada moslashuvchanligidan darak beradi. Uzoq umr ko‘ruvchilarni Homo Sapiens turiga kiruvchi biosotsial elita deb qaraladi, chunki dunyoga kelgan 5000 kishidan birigina bu yoshga kirishi mumkin.
Insonning maksimal uzoq umr ko‘rishi uning genlarida programmalashgan bo‘ladi, shuning uchun uni yanada uzaytirish uchun o‘zgartirib bo‘lmaydi. Lekin uning qisqarishini oldini olish insonning o‘z qo‘lida.
Jahon sog`iqni saqash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra inson sog‘lig‘i :
50 % uning turmush tarziga; 20 % naslga; 20 % ekologiyaga; 10 % tibbiy yordamga bog‘liq.
Turmush tarzi deganda - muaayyan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda shakllangan insonlarning barqaror hayot faoliyatlari; moddiy va ma’naviy ehtiyojlarning qonirilishi; muloqot va xulq-atvor normasi tushuniladi.
Sog‘lom turmush tarzi – tor tushuncha bo‘lib, inson organizmi hayotfaoliyatining ichki va tashqi sharoitlarining majmuini ko‘zda tutadi. Ushbu sharoitlar organizm barcha sistemalarini uzoq ishlashga yordam beradi. SHuningdek, sog‘lom turmush tarzi – bu salomatlikni mustahkamlash, shaxs uyg‘un rivojlanishi, dam olish va mehnat qilishga olib keluvchi ratsional metodlar majmuidir.
Sog‘lom turmush tarzi, psixik salomatlik insonning tabiiy extiyoji bo‘lib, uni qabul qilar ekan butun hayoti mobaynida unga amal qiladi.
Psixik salomatlikni shakllantirish nafaqat tananing gigienasi, shu bilan birga psixogigienani, ma’naviy soha bo‘yicha o‘z-o‘zini tarbiyalashni, ahloqiy hayotiy pozitsiyani, sog‘lom fikrlilikni ko‘za tutadi.
Ilk davrlardan boshlaboq bolalarni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish, ularda uzoq umr ko‘rish va sog‘lom hayotga ustanovkani shakllantirish kerak ( ya’ni sog‘lig‘ini asrash, uni yo‘qotganida emas, borligia qadriga etish).
S. Pako, G. Offre, L.Bine, U.Maynot, E.Medovir, A.Komfort, I.V.Davidovskiy, B.G.Ananev, I.V.Nogorniy, E.D. Aleksandrovna va boshqalar uzoq umr ko‘rish sirlarini ekologik omillar orqali tushintirishga harakat qiladilar. Aksariyat olimlarning fikricha, ekologik omillar insonning yashash sharoitiga, kamol topishiga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladigan omillardir. Insonning ijtimoiy muhit sharoitlari ichiga kasb mehnati, turmish tarzi, madaniyati va manaviyati kabilar kiradi.
Ma’lumotlarga ko`ra, ochiq havoda ortiqcha zo‘riqishsiz jismoniy mehnat bilan shug‘ullangan odamlarda harakatning tezligi, qad-qomatning tikligi, ma’naviy tetiklik, ruhiy faollik uzoqroq saqlanadi. Mana shu holat jismoniy tarbiya bilan doimiy shug‘ullanuvchi kishilarda ham bo‘ladi.
Tog`lik xududlarda yashovchilar uzoq umr ko‘rishining asosiy sabablari quydagilar:

  • Iqlim sharoiti va jug‘rofiy omillar;

  • Kun mobaynida 4-5 marta iste’mol qilinadigan go‘shtli, o‘simlik moyli va sutli oziq-ovqatar,

  • chekish, ichish va ortiqcha jinsiy aloqaning taqiqlangani;

  • madaniy an’analar, o‘ziga xos turmish tarzi va va uning xususiyatlari;

  • shaxsiy gigienaga rioya qilishi va butun umr bo‘yi jismoniy mehnat bilan shug‘illanish;

  • bir maromda ham passiv, ham aktiv hordiq chiqarish;

  • turmish darajasiningyuqori bo`lishi va h.

Uzoq umr ko‘ruvchilar uchun yaxshi munosabat juda muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga shirin muommala, samimiy muloqot, iolaviy totuvlik, asab sistemasini asrash, barqaror histuyg‘u, hamdardlik, psixik faollik, irodaviy tetiklik bo‘lishi zarur.
Uzoq umr ko‘ruvchilar o‘zlarini kamroq bezovta qilishga, jismoniy kuch-quvvatni ayashga, ehtiyotkorlik bilan harakat qilishga odatlanadilar, ortiqcha axborotlarni qabul qilmaydilar.
Agar uzoq umr ko‘ruvchilar er-xotin munosabatida oilaviy hayot kechirayotgan bo‘lishsa juda bir-biriga suyanib qoladilar. Tez-tez birgalikda kechirgan hodisalarini eslab turadilar va suyanadigan shaxsga muxtoj bo‘ladilar.
I.V.Davidovskiyning fikricha, uzoq umr ko‘ruvchilar asosan ozg‘in, faol harakatchan odamlar bo‘lib, havodan erkin nafas olishni juda yoqtiradilar, organizm faoliyatiga daxldor tinka quritar kasalliklardan holi bo‘ladilar. Uzoq muddatli xotira kuchsizlanadi. 90 yoshda nutqning ichki bog‘lanishi buziladi.
Xotiraning obrazli, hissiy turlari nutqning tuzilishiga bo‘ysunmay qoladi. Albatta bu fiziologik o‘zgarishlar uzoq umr ko‘ruvchilarda fe’l-atvorida ham psixologik o‘zgarishlar sabab bo‘ladi.

Uzoq umr ko`ruvchilarning emotsional sohasiga xos jihatlar:




Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish