Jalilova s. X. Taraqqiyot psixologiyasi va differentsial psixologiya



Download 11,87 Mb.
bet68/129
Sana03.07.2022
Hajmi11,87 Mb.
#733758
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   129
Bog'liq
taraqqiyot psixologiyasi o`quv qo`llanma

Donishmandlik
Donishmandlik – bu hayotning amaliy tomonlariga yo‘naltirilgan inson bilimlarining ekspert tizimi bo‘lib, o‘ylab xulosalar qilish va hayotiy muhim masalalar bo‘yicha foydali maslahatlar berish imkonini beradi.
Ko‘pchilik tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, donishmandlik – bu insonning kognitiv xususiyati bo‘lib, uning asosini kristallashgan, madaniy-shartlashgan intellekt tashkil etadi va insonning shaxsi, tajribasi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Pol B.Bal tadqiqotlariga ko‘ra, insonning donishmandligi bir qator kognitiv xususiyatlarga ega. Bular:

  1. Donishmandlik hayot mazmuni va konkret insonlar holatiga dahldor murakkab va muhim masalalarni hal qilish bilan bog‘liq.

  2. Donishmandlikda aks etuvchi bilimlar, hukm va maslahat (nasihat) lar darajasi juda yuqori.

  3. Donishmandlik bilan bog‘liq bilimlar keng, chuqur, muvofiqlashgan bo‘lib, alohida vaziyatlarda qo‘llanilishi mumkin.

  4. Donishmandlik aql va ezgulik bilan bog‘liq bo‘lib, undan shaxsiy manfaat hamda insoniyat foydasi uchun foydalaniladi.

  5. Donishmandlikka erishish oson bo‘lmasada, ko‘pchilik keksalik davridagi insonlarga xos.

Shunday qilib, keksalik davri kognitiv sohani rivojida o‘zining ijobiy tomonlariga ega. Biroq hamma keksalarda ham bunday holat kuzatilavermaydi. Ba’zilarda bilish faoliyati pasayishi ham kuzatiladi. Buning sabablaridan biri miya kasalliklari, xususan, Alsgeymer kasalligi bo‘lishi mumkin.
Alsgeymer kasalligi – miya hujayralarining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan kasallik.
Ushbu kasallikda bosh miya po‘stlog‘i hujayralari zararlanadi. Keksalar o‘limining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.
Kasallik simptomlari.

  1. Unutish (kuchayib borishi).

  2. Orientatsiyani yo‘qotish (qaerda, nima, kim ekanligini bilolmaslik).

  3. Aqli zaiflik (kiyinish, ovqatlanishni bilmaslik, yaqinlarini tanimaslik).

Shunday qilib, keksalik davri insonning ontogenetik taraqqiyotida o‘ziga xos o‘rinni egallovchi yosh davri hisoblanadi. Keksa yoshdagi insonlar bor xonadonda ezgulik hukm suradi va bunday xonadonni yaratganning o‘zi o‘z panihija asraydi. Qadimdan xalq orasida “qarisi bor uyning parisi bor” degan naql mavjud. Haqiqatan ham kesali davridagi qariya otaxon va onaxonlari bor oilalarda psixologik iqlim ham sog‘lom, uning a’zolari o‘rtasidaga shaxslararo munosabatlar ham yaxshi yo‘lga qo‘yiladi.
Sharq allomalaridan biri Bedil ta’idlaganide, keksa insonlarada qadrlanadigan eng muhim fazilat – donishmandlikdir. Asad Tusi hamda Nosir Xisrav keksalik hayotning eng ajoyib, shu bilan bir vaqtda eng murakkab davri bo‘lib, yosh avlod keksalarni hurmat qilishlari va e’zozlashlari zarur.
Shu o‘rinda bugungi kunda mamlakatimizda keksalarni e’zozlash va ularga izzat-ikrom ko‘rsatish, hurmatlash eng oliy qadriyatlardan biri sifatida qaralishini alohida ta’kidlash mumkin.
Keksalik davri fanda gerontogenez aatamasi bilan cheklanib, 60 yoshdan so‘nggi davr hisoblanadi. Keksalik ba’zi psixologik adabiyotlarda “oltin yosh davri” sifatida tavsiflanadi. CHunki keksalik davrida inson boy hayotiy tajribaga va intellektual salohiyatga ega bo‘ladi. Keksalarning xarakteriga xos fazilatlar – bosiqlik, bo‘lar-bo‘lmasga sarosimaga tushmaslik, ochiqko‘ngillilik, yomon kayfiyatdan yaxshisiga o‘tishning engilligi, psixik zo‘riqishlardan o‘zini saqlay olish, xushchaqchaqlik, optimizm, yumor hissi, mulohazalilik, o‘zini tuta bilish, ehtiyotkorlik, donishmandlik, intellektul va ijodiy faollik, kechirimlilik. Ular uchun xos bo‘lgan yana bir jihat – ular oilada, yaqinlari bilan yaxshi munosabatlarni soqlab qolishlari, ularni qadrlashlari, samimiylikka hamisha intilishlari hamda xotirjamliklaridir.
Albatta ushbu ijobiy fazilatlar shu oilada voyaga etayotgan yoshlarning tarbiyasida muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, tarbiya jarayonida “shaxsiy namuna”, “ibrat” kuchli tarbiyaviy ta’sir vositasi hisoblanadi. Aynan keksalik davrida qariyalar xotirjamlik, samimiylik, donishmandlik bilan atrofdagilarga munosabat bildiradilar. Bu esa o‘z navbatida oilaning kichik yoshdagi a’zolarida ham ushbu fazilatlarning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Keksalar tarbiyaviy ta’sirotlarda donolik bilan o‘z hayotiy tajribalari, boshdan kechirgan murakkabliklari hamda bu vaziyatdan chiqish yo‘llarini erinmay so‘zlab beradilar. SHu bilan birga ular o‘z fikrlarini turli xalq maqollari, rivoyat va masallarga murojaat qilgan haolda asoslaydilar.
Tarbiyada ezgu fikrlar bilan birga ezgu amallar ham muhim bo‘lib, aynan keksalar tomonidan oqilona amalga oshiriladigan xulq-atvor yosh avlod ongida mustahkamlanishida samarali usul hisoblanadi. “Ming marotaba eshitgandan bir marta ko‘rgan avzal” naqliga asosan keksalarning ibrati tarbiyada samaraliroq. Odatda keksalar bor oilada tarbiyalangan farzandlar ruhiyati, xulq-atvori ham o‘zgacharoq bo‘ladi. CHunki ular nafaqat ota-onalari, shu bilan birga buvi-buvalaridan mehr ko‘radilar. Mana shu mehr qanchalik sof, chuqur, pok bo‘lsa, farzandlar ulg‘aygach, xuddi aks sado singari uni yaqinlariga qaytaradilar. SHuning uchun ham keksalarning mehr bulog‘idan baxramand bo‘lishga va o‘z navbatida ularga izzat-irom ko‘rsatib, ularni e’zozlashga harakat qilish lozim.
Rus psixologi G.S.Abromovaning fikricha keksayish yoshiga yaqinlashgan odamlarni 3 guruhga ajratish mumkin.
1.Tezroq nafaqaga chiqib, boshqa ish bilan shug‘illanishni istovchi odamlar. Ular bunga oldindan tayyorlanadilar, kerak bo‘lsa keksalikda zarur bo‘ladigan biror mutaxassislikni o‘rganib oladilar va nafaqaga chiqishni yangi hayotining boshlanishi sifatida qabul qiladilar yangi sevimli ishida qiziqish bilan faoliyat boshlaydilar.
2.Nafaqaga chiqishdan ancha xavotirlanuvchi odamlar. Ular qanday bo‘lmasin nafaqaga chiqishni iloji boricha orqaga surishga harakat qiladilar. Ishdan yki lavozimdan ajralib qolishsa hech kimga kerak bo‘lmay qoladigandek his qilishadi. Shuning uchun bu toifadagilar nafaqa yoshini uzatirish uchun barcha chegaralarni ishga solishga harakat qiladilar va majburan nafaqaga chiqarishganlarida ham o‘z ishxonasidan uzilmaslik paytida bo‘ladilar.
3.Bu guruhga mansub odamlar uchun esa nafaqaga chiqish va chiqmaslik deyarli ahamiyatsiz. Ular allaqachon keksalikni tan olib, nomigagina ishga kelib-ketishadilar. Bunday odamlar hayotga qiziqish bilan qaramaydilar va shunchaki odamlar orasida mavjud bo‘lsalar bo‘ladi, “Tuproqdan tashqarida” liklariga qanoat qilib yashayveradilar.
Keksaygan kishilar o‘zlarinng xilma-xil xususiyatlari bilan boshqa yosh davrdagilardan ajralib turadilar. Ular ijtimoiy faollikdan mahrum bo‘la boshlaydilar va holat ularning boshlaydi. Ular fe’l-atvorida injiqlik, mehr-muhabbatga tashnalik, qalb nozikligi kabi holatlar kuchaya boradi. Hali amalga oshirolmagan armonlari haqida ko‘proq qayg‘urish ularni bezovta qila boshlaydi. Aksariyat sezgi organlari zaiflashadi, asab sistemasi kuchsizlanadi, xotira, tafakkur, diqqat, iroda kabi psixologik xususiyatlar susaya boradi. SHuning uchun keksaygan kishilar bola tabiat arazchan, ko‘ngli bo‘sh, hissiyotga beriluvchan xarakterli bo‘lib qoladilar. SHu bois ular bilan muloqatga kirishishida mazkur holatlarni hisobga olish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Keksalikda er-xotin o‘rtasidagi munosabat yanada mustahkamlanadi. Ular muloqot chog‘ida yoshlikdagi taassurotlar kechinmalar, his-tuyg‘ular yuzasidan fikr almashadilar. Bir-birlarini qo‘msash, hamdardlik kabi yuksak tuyg‘ular totuvlikni yanada oshiradi.
Keksalik davrining yana bir xususiyati boshqa kishilarga, begonalarga ham xayrixoxlik bildirishdir. Ana shu yuksak insonparvarlik hissi tufayli ular er uzidagi jamiki inson zotiga yaxshilik tilaydilar. Keksalardagi rahmdillik, poklik, orastalik, muloyimlik, samimiylik singari tuyg‘ularning ifodalanishi boshqa yosh davridagi odamlar tuyg‘usiga aslo o‘xshamaydi. SHuning uchun “Qari bilganni-pari bilmas”,-degan naql bor.
Turli mamlakatlarda keksayish davri – bu nafaqa yoshi hisoblanadi. Garchi bizda bu yoshda “qarilik gashti” haqida gapirilsa-da, qarilik gashtini surib yashayotganlar, afsuski, kam. Qarilik gashtini, surish yoki azoblarga ko‘milib, tobora so‘nib borish juda ko‘p narsalarga bog‘liq. Lekin insonning o‘ziga juda ko‘p miqdorda bog‘liq bo‘ladi.

Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish