O`smirning atrofdagilar bilan munosabat xususiyatlari. O`smir psixik taraqqiyotida atrofdagilar bilan ijtimoiy o`zaro munosabatlar tizimining tarkib topishi asosiy o`rinni egallaydi. O`mirlarda tengdoshlari bilan muloqotda bo`lish ehtiyoji, o`z-o`zini tasdiqlash, o`zini realizaciya qilish ehtiyoji kuchli .
O‘smirlik davridagi muhim xususiyatlardan yana biri – tengdoshlari bilan bo‘ladigan munosabatlarning chuqurlashuvidir. O‘smir katta yoshdagi kishilarga qaraganda, o‘z tengdoshlari bilan yaqinroq muloqatda bo‘lishga intiladi, chunki ular bir-birlarini ko‘proq tushunadilar, ularning dunyoqarashi, tushunchalari bir-biriga yaqinroq. Kattalar bilan bo‘ladigan muloqat tengdoshlari bilan muloqatning o‘rnini bosa olmaydi.
O‘smirning tengdoshlari, o‘rtoq, sinfdoshlariga bo‘lgan munosabati kichik maktab yoshidagidan farq qiladi: uning munosabatlari ko‘p qirrali va mazmunliroq.
O‘smirlik davrida yaqinligi darajasi bo‘yicha turli xil o‘zaro munosabatlar vujudga keladi:
I.V.Straxov bo`yicha, o`smirlarning tengdoshlari bilan o`zaro munosabatlari quyidagi shaklda amalga oshishi mumkin:
Ular o‘rtasidagi muloqat o‘quv faoliyatidan, maktabdan tashqariga chiqa boshlaydi va o‘smir hayotining zarur va muhim sohasiga aylanadi. Tengdoshlari bilan muloqot o‘qishni ikkinchi o‘ringa surib qo‘yadi va ota-onalari bilan bo‘ladigan muloqot qiziqarsiz bo‘lib qoladi.
O‘smirda bir tomondan, tengdoshlari bilan muloqotga, birgalikdagi faoliyatga intilish, ikkinchi tomondan, o‘rtoqlari tomonidan hurmatga ega bo‘lish xoxishi namoyon bo‘ladi. Bu muhim ehtiyoj bo‘lib qoladi. Munosabatlardagi ko‘ngilsizlik, eng yaqin ega bo‘lmaslik, yoki do‘stlikning buzilishi, o‘smir uchun eng og‘ir musibat hisoblanadi. Yolg‘izlikni his etish o‘smir uchun juda og‘ir. Sinfdoshlar bilan yaxshi munosabat o‘rnata olmaslik, o‘smir endi o‘ziga do‘stni maktabdan tashqarida izlashga undaydi. O‘smir ularni topadi, biroq ular hamma vaqt ham yaxshi bo‘lavermaydi.
Kichik yoshli o‘smir – shaxsiy xislatlariga ko‘ra jamoatchi. Ular jamoat ishlariga intiladilar va sevadilar. Va shu orqali muloqatdagi ehtiyojlarini qondiradilar, o‘zlarining tashabbukorlik, mustaqillik, aktivlik kabi xislatlarini namoyon qiladilar.
O`smirning kattalar bilan munosabatlarida yuzaga keladigan qarama-qarshilik, ziddiyatlarning turlari:
Shunday qilib, o‘smirlik davrida shaxsning turli xil sifatlari tarkib topadi, yangi psixologik xususiyatlar vujudga keladi. O‘qituvchidan o‘smirlarga shu xususiyatlarga mos munosabatda bo‘lish talab etiladi. Tarbiyaning vazifasi – odob va mohirlik bilan o‘smirlarda namoyon bo‘ladigan noto‘g‘ri qarashlarni engish, ularning adashishlariga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat. O‘smirlar bilan munosabatlarda qat’iy ohang bilan buyuruq bermaslik, so‘zsiz bajarishni talab qiladigan ko‘rsatmalar va qat’iy talablar qilmaslik zarur. Lekin, talablardan umuman voz kechmaslik lozim.
O‘smir bilan gaplashganda ishonch, maslahat yoki iltimos ohangida gaplashishi kerak. Buyruq ko‘pincha salbiy reaksiyani yuzaga keltiradi, maslahatga esa umuman boshqacha munosabatda bo‘ladi.
Shuning uchun ham bu xususiyatlarni bilgan holda tarbiya metodlarini qo‘llash lozim. O‘smir davrida qizlar bilan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi munosabatlarda jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bir-birlariga nisbatan qiziqish, yoqish hoxishi vujudga keladi. SHu munosabat bilan o‘zining tashqi ko‘rinishiga qiziqish ortadi. Jismoniy va jinsiy rivojlanishda qizlar oldinda boradilar. 5-6 sinflarda ko‘pchilik qizlar o‘g‘il bolalarganisbatan baland va kattaroq bo‘ladilar. Buning natijasida bolalarda to‘la qonli emasligi hissi vujudga kelishi mumkin. Kichik o‘smir yoshidagi munosabatlar bilan katta o‘smirlar o‘rtasidagi munosabatlar tubdan farq qiladi. Ularda tortinchoqlik, uyalish vujudga keladi. Bu ba’zilarda ochiq namoyon bo‘lsa, boshqalarda yopiqchasiga bo‘ladi.
Kichik o‘smir yoshida qizlar bilan o‘g‘il bolalar o‘rtasida do‘stlik kam bo‘lsa, katta o‘smirlarda esa tez-tez uchratish mumkin.
Qarama-qarshi jinsdagi tengdoshlariga bo‘lgan qiziqish o‘smir shaxsi rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Kuzatuvchanlik, o‘zining psixik holatlariga nisbatan diqqat-e’tiborlilik paydo bo‘ladi. Simpatiya shaxs imkoniyatlarini ishga soladi, unda yaxshiroq bo‘lish istagi, yaxshilik qilish, yordamlashish, himoya qilish hoxishini vujudga keltiradi.
Shunday qilib, o‘smirlik davrida o‘rtoqlari bilan bo‘ladigan muloqot o‘smir shaxsi rivojlanishiga hol qo‘yuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Do‘stlar bir-biriga aktiv ta’sir qila boshlaydilar, bir-birlarini tarbiyalaydilar, bir-birlari uchun namuna bo‘lib, qoladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |