Jalilova s. X. Taraqqiyot psixologiyasi va differentsial psixologiya


O‘smirning o‘quv faoliyati xususiyatlari



Download 11,87 Mb.
bet52/129
Sana03.07.2022
Hajmi11,87 Mb.
#733758
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   129
Bog'liq
taraqqiyot psixologiyasi o`quv qo`llanma

O‘smirning o‘quv faoliyati xususiyatlari
O‘smirlik davri uchun o‘qish asosiy turlaridan biridir. O‘smirning psixik taraqqiyoti ko‘p jihatdan uning qanday o‘qishiga bog‘liqdir.
O‘smirning o‘qish faoliyatida o‘ziga xos qiyinchiliklar va qarama-qarshiliklar bor. Lekin shu bilan birga pedagog tayanishi lozim bo‘lgan ustunliklar ham mavjud. Bu ustunliklar shundan iboratki, o‘smirlardagi kattalik hissi, ularning mustaqilligi o‘quv faoliyatining barcha turlariga bo‘lgan mashg‘ulotni mustaqil tashkil etish formalari ham, murakkab o‘quv materiali ham maktabdan tashqarida o‘zining bilish faoliyatini qurish imkoniyatlari ham o‘ziga jalb qiladi. Ammo, u bu tayyorlikni hali qanday amalga oshirishni bilmaydi. Pedagogning vazifasi – o‘quvchilardagi bu intilish, qiziqishlarni so‘ndirmaslik.
O‘smirlik yoshiga o‘tish o‘quvchilarning o‘qish faoliyatidagi muhim qayta o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. O‘qish faoliyatining yangi va yuqoriroq bosqichi uning mustaqillik darajasi bilan belgilanadi.
Voqelikka bo‘lgan ongli munosabatning o‘sishi bilan o‘smirlarning o‘qishga bo‘lgan ongli munosabatlari sezilarli darajada ortadi. O‘smirlar o‘qish faoliyati motivlari murakkab tuzilishga ega. Ular tarkibiga:
1. Keng ijtimoiy motivlar – a) bilim olishning ijtimoiy jihatdan muhim ekanini anglash; b) mustaqil hayot va mehnatga tayyorlanish uchun o‘qish zarurligi va hakozo.
2. Bilish motivlari.
3. Shaxsiy motivlar – bolalar kollektivida obro‘ qozonishga intilish va rahbarlik rolini o‘ynash kabi motivlar kiradi.
O‘smirlarning o‘qishga bo‘lgan ijobiy munosabatlarining tarkib topishida o‘quv materialining g‘oyaviy-ilmiy mazmuni, uning hayot va amaliyot bilan bog‘liqligi, bayon qilishning emotsional xarakteri katta ahamiyatga ega. Ekspeditsiyalar, turli xil to‘garaklar o‘smirlarning o‘qishga bo‘lgan ijobiy munosabatlarining tarkib topishiga yordam beradi.
Fan asoslarini egallash jarayonida hayot tajribasi va bilim saviyasi ortib qolmay, balki o‘smirlarning qiziqishlari tarkib topadi va rivojlanadi. Qiziqishlar kichik maktab yoshidagidan farq qiladi. Birinchidan, o‘smirlarda qiziqish sahosi ancha keng. Ijtimoiy siyosiy qiziqishlar ham asosiy o‘rin egallaydi. O‘smirlarning bilishga oid qiziqishlari o‘qish ishlarining qo‘yilishi bilan nihoyatda bog‘langan.
O‘smirning qiziqishlari faqatgina ancha keng va turli-tuman bo‘lib qolmay, balki ancha chuqur va mazmundor bo‘lib qoladi. Masalan; texnikaga. O‘smirlarning qiziqishlari ancha barqaror bo‘ladi. Shuni ham e’tiborga olish kerakki, o‘smirlik yoshida zararli qiziqishlar ham bo‘lishi mumkin. O‘smirlik yoshining oxirlariga kelib, muayyan kasbga bo‘lgan qiziqishlar tarkib topa boshlaydi. Bu esa ko‘pchilik o‘smirlarning 8-sinfdan keyin texnikum, bilim yurtlariga borishlari bilan bog‘liq. Biroq, ko‘pincha ularda kasb haqida to‘liq tasavvur bo‘lmaydi

O‘qish faoliyati xarakterining o‘zgarishi o‘smirdan aqliy faoliyatining ancha yuqori va uyushgan bo‘lishini talab etadi. O‘smirda idrokning ko‘lami orta boradi. O‘smirlik yoshida xotira va diqqatda muhim o‘zgarishlar yuz beradi. Ularning ihtiyoriligi ortadi. Xotira va diqqat uyushgan, idora qilinadigan va boshqariladigan jarayonlar xarakterini kasb etadi. Fikrlash faoliyatida ham muhim siljishlar ro‘y beradi. O‘smir fikrlash faoliyatining asosiy xususiyatlari – abstrak tafakkurning o‘sib borishidan, konkret obrazli va abstrakt tafakkur o‘rtasidagi nisbatning abstrakt tafakkur foydasiga o‘zgarishidir.


Aynan o‘smirlik yoshida maktab va maktabdan tashqari muassasalar ta’lim-tarbiya ishining ta’siri ostida, fan asoslarini egallash asosida qobiliyatlar tarkib topa boshlaydi. Avvalgi darvlarda ham qobiliyatlar namoyon bo‘ladi, ammo o‘smirlik davrlarida ular chinakam rivojlana boshlaydi. Buning sababi – o‘smirlik chog‘ida chuqur, ta’sirchan, barqaror qiziqishlar yuzaga keladi, tevarak-atrofga ongli munosabat vujudga keladi, mustaqil ijodiy tafakkur taraqqiy etadi.
Bu davrda tarbiyaviy vazifa:
1) Yuzaga kelib bo‘lgan qobiliyatlarni har tamonlama o‘stirish;
2) Barcha o`smirlarning qiziqishlarining va qobiliyatlarini faollik bilan tarkib toptirish uchun sharoit yaratish;
Buni darslarda, olimpiadalarda, badiiy havoskorlik konkurslari, ko‘rgazmalar o‘tkazib, turli to‘garaklar uyushtirib amalga oshirish mumkin.

Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish