Jalilova s. X. Taraqqiyot psixologiyasi va differentsial psixologiya


Bolaning maktabga tayyorligi komponentlari



Download 11,87 Mb.
bet44/129
Sana03.07.2022
Hajmi11,87 Mb.
#733758
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   129
Bog'liq
taraqqiyot psixologiyasi o`quv qo`llanma

Bolaning maktabga tayyorligi komponentlari:

Motivatsion - bolaning maktabga intilishi, yangilikni bilishga bo`lgan hohishi.
Irodaviy - irodaviy sifatlar: sabr-toqatlilik,ishni oxirigacha etkaza olish, darsda chalg`imaslikka yordam beradi.
Ijtimoiy-psixologik - ijtimoiy me`yorlarni jamoat joylarida, kattalar va bolalar guruhida o`zini titishi, xulq-atvor qoidalarini egallash.
Aqliy tayyorgarlik - idrok,kuzatish,xotira,tafakkurning rivojlanganligi, vaqt va fazoviy tushunchalar, hayvonot va o`simlik olami, ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlarning shakllanganligi.
O`qishga layoqatlilik - kattalarni eshita olish,ularning ko`rsatmalarini bajarish,o`z faoliyatini rejalashtirish, nazorat qilish va baholash.
O`z-o`zini tekshirish uchun savollar:

  1. Maktabgacha yosh davrida jismoniy rivojlanish xususiyatlari qanday?

  2. Ushbu yosh davrida psixik rivojlanishda qanday yutuqlarga erishiladi?

  3. Bu davrda qanday faliyat etakchilik vazifasini o`taydi?

  4. O`yin faoliyatining qanday turlari farqlanadi?

  5. O`yin faoliyati bola psixik rivojlanishiga qanday ta`sir ko`rsatadi?

  6. Bolaning maktab ta`limiga psixologik tayyorligi qanday mezonlar bilan aniqlanadi?



KICHIK MAKTAB YOSH DAVRI
REJA

  1. Kichik maktab o‘quvchilarning jismoniy rivojlanish xususiyatlari.

  2. Kichik maktab o‘quvchilarning psixologik xarakteristikasi.

  3. Kichik maktab yoshida bilish jarayonlarning rivojlanishi.

  4. Kichik maktab o‘quvchilari shaxsning rivojlanishi.

Tayanch iboralar: suyak-skelet sistemasi, qo`zg`alish va tormozlanish, intensive rivojlanish, adaptatsiya, maktab ta`limi bilan bog`liq qiyinchiliklar, bilish jarayonlari.
Kichik maktab yosh davri o‘z ichiga 6-7 yoshdan 10-11 yoshgacha, ya’ni 1-4 sinflarni o‘z ichiga oladi. Bu davrning o‘ziga xos xarakterli xususiyati shundaki, maktabgacha, bog‘cha yoshidagi, bola endi maktab o‘quvchisi. Bu davr bola uchun maktabgacha yosh davrdagi xususiyatlardan maktab o‘quvchisi uchun xarakterli xususiyatlarga o‘tish davri bo‘lib hisoblanadi. Bu davrda shaxsning psixik xususiyatlari tarkib topadi. Shuning uchun ham olimlar o‘z tadqiqotlarini hozirgi paytda kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning rivojlanish rezervlarini izlab topishga qaratmoqdalar. Bu rezervlarning qo‘llanilishi natijasida bolalarni kelgusida o‘qish va mehnat faoliyatiga muvaffaqiyatli tayyorlash uchun imkoniyatlar yaratiladi.
Bu davr ham bir yosh davridagidek o‘zining jismoniy xususiyatlariga ega bo‘ladi. Kichik maktab yoshi davrida tananing butun organlari va to‘qimalarida muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Bola 7 yoshdan 11 yoshgacha jismoniy jihatdan nisbatan osoyishta va bir tekisda rivojlanadi. Bo‘yi va og‘irligi, organizmning mustahkamlanishi ancha tekis va proporsional taraqqiy etadi. Bu yoshdagi bolaning suyak sistemasi tarkib topish bosqichida bo‘ladi. Umurtqa pog‘onasi, ko‘krak qafasi, tos, qo‘l, oyoq suyaklari hali to‘la etilmagan bo‘ladi.
Bularni o‘quv-tarbiya jarayonini amalga oshirayotganda albatta e’tiborga olish lozim. O‘quvchilarning gavdani to‘g‘ri tutishlari, to‘g‘ri o‘tirishlari va to‘g‘ri yurishlari haqida doimiy g‘amho‘rlik qilish zarur.
Bolaning kichik maktab yosh davrida panja va barmoq suyaklari hali etarlicha etilmagan bo‘ladi. Shuning uchun panja va barmoqlar bilan qilinadigan mayda va aniq harakatlar, ayniqsa, 1-sinf o‘quvchilari uchun qiyin va toliqtiruvchi bo‘ladi.
Kichik maktab o‘quvchisida yurak muskullari intensiv ravishda o‘sib, uning qon bilan ta’minlanishi kuchayadi. Qon tomirlarining diametri katta bo‘lib, bosh miya qon bilan yaxshi ta’minlanadi, shuning uchun o‘quvchining ish qobiliyati yaxshi bo‘ladi. Bish miya og‘irligi 7 yoshdan keyin sezilarli darajada ortadi. Bu davrda miyaning og‘irligi katta yoshli kishi miyasining og‘irligiga deyarli tenglashadi. O‘rta hisobda 7 yoshda 1280 g bo‘lsa, 11 yoshda 1400 g gacha etadi.
Miyaning analitik-sintetik funksiyasi ortadi.qo‘zg‘alish va tormozlanish protsesslarining o‘zaro munosabati asta-sekin o‘zgaradi: tormazlanish protsessi ancha kuchli bo‘la boshlaydi, lekin avvalgidek qo‘zg‘alish protsessi ustunlik qiladi, shuning uchun kichik maktab yoshidagi bola yuksak darajada qo‘zg‘aluvchandir.
Bu yoshdagi bolaning o‘qish va dam olish rejimiga rioya qilish muhim ahamiyatga ega. 7 yoshli bolaning jismoniy taraqqiyoti unchalik toliqmay 3-5 soat mashg‘ulot o‘tish (3-4 soat maktabdagi dars va uy vazifalarini bajarish) imkonini beradi.



Jismoniy rivojlanishdagi asosiy o`zgarishlar:

Shunday qilib, kichik maktab yoshida bog‘cha yoshi davriga nisbatan skelet-muskul sistemasining mustahkamlanishi; yurak-qon tomirlari faoliyatining barqarorlashishi; qo‘zg‘alish va tormozlanish kabi nerv protsesslarining muvozanatlashishi ro‘y beradi. Bularning hammasi esa maktab hayotining, ya’ni boladan jismoniy chidam, aqliy quvvatni talab etuvchi alohida faoliyat – o‘quv faoliyatining boshlanishi uchun juda muhimdir.


Shuning uchun ham kichik maktab yoshidagi bolaning psixologik, anatomik-fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish lozim bo‘lib, bu esa keyingi davrlarda bolaning psixik rivojlanishi, bilimlarni o‘zlashtirish uchun muhim shartlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Avval aytib o‘tganimizdek, psixik rivojlanishning har bir bosqichi faoliyatining asosiy, etakchi turi bilan xarakterlanadi. Maktabgacha yosh davrida o‘yin faoliyati etakchi faoliyat turi bo‘lib, bu yoshdagi bolalar o‘qishsa, mehnat qilishsa ham, baribir ularning asosiy shug‘ullanadigan ishlari – rolli o‘yinlardir. O‘yinda xayol protsessi, simvollarini qo‘llashni o‘rganish rivojlanadi. Bular esa bolaning maktabga tayyorligini xarakterlovchi asosiy momentlaridir.
7 yoshli bola maktabga borishi bilan u maktab o‘quvchisi bo‘ladi. SHu vaqtdan boshlab bolaning hayotida yo‘in o‘zining bosh rolini yo‘qota boradi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchining etakchi faoliyati turi – o‘qish bo‘lib qoladi. Bu esa uning hatti-harakatlari motivini sifat jihatdan o‘zgartiradi, bolaning ahloqiy va bilish kuchlarini rivojlantirishda yangi manbalar ochib beradi.
Bolaning maktabga qadam qo‘yishi bilan uning butun hayot tarzi, ijtimoiy holati, jamoa, oiladagi ahvoli keskin o‘zgaradi. Maktabga kirish bilan uning asosiy vazifasi – o‘qish, bilim olish bo‘lib qoladi. Bu esa boladan ma’lum uyushqoqlikni, intizomni talab qiladigan mehnatdir.

Maktab o‘quvchisi o‘zi yangi bo‘lgan jamoaga qo‘shiladi. Bu jamoada u 9 yil davomida o‘qiydi, yashaydi, katta bo‘ladi. Sinf jamoasi shunchaki tengqurlar guruhi emas. Jamoa o‘z a’zolaridan o‘zaro talabchanlikni, o‘zaro yordamni, javobgarlikni, tashkilotchilik va intizomlilikni talab qiladi.


Kichik maktab yoshidagi o‘quvchi bilmlarini o‘zlashtirish uchun kuzatuvchanlik, ihtiyoriy esda olib qolish, diqqatni to‘play olish, umumlashtirish va mulohaza yurita bilish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Bu talablar kun sayin ortib boradi. Shunday qilib, bola maktab o‘quvchisi bo‘ladi. Uning hayotida burilish momenti yuzaga keladi.
Ko‘pchilik bolalar bunga tayyor bo‘ladilar. Ular maktabga quvonch bilan boradilar. Bolaning bunday ichki pozitsiyasi birinchidan; bolaning sinfda o‘zini tutish, kun tartibiga rioya qilish, xulq-atvor qoidalariga taaluqli bo‘lgan o‘qituvchining talablarini tezda qabul qilishi; ikkinchidan; bilim va malakalarni o‘zlashtirishprotsessiga ijobiy munosabatda bo‘lishi bilan bog‘liq.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, maktab hayotining 1-bosqichi uchun xarakterli xususiyat – bolaning o‘qituvchi yangi talablariga bo‘ysunishi va o‘quv predmetlarning mazmuniga qiziqishidir. Bolaning bu bosqichni engil bosib o‘tishi maktabda mashg‘ulotlarga uning yaxshi tayyorligida dalolat beradi.
Biroq, 7 yoshli bolalarning hammasi ham bunga esa emaslar. Ularning ko‘pchiligi u yoki bu qiyinchiliklarni boshdan kechiradi hamda maktab hayotiga darhol kirishib keta olmaydi. Ko‘pincha, 1-sinfga kelgan o‘quvchilarda 3 turdagi qiyinchiliklarni uchratish mumkin:



1-tur qiyinchiliklar – bular yangi maktab rejimining xususiyatlari bilan bog‘langan (o‘z vaqtida uyg‘onish va uyqudan turish, darslarni qo‘yib yubormaslik, hamma darslarda tinch o‘tirish, uy vazifalarini bajarish).
Bu qiyinchiliklarni engish uchun o‘qituvchi va ota-onalar bolaning hayotiga qo‘yiladigan talablarni yorqin ifodalab berishlari, bu talablarning bajarilishini doimo nazorat qilib borishlari, bolalarning individual xususiyatlariga mos ravishda rag‘batlantirish va jazolash choralarini qo‘llashlari lozim.
2-tur qiyinchiliklar 1-sinf o‘quvchilarining o‘qituvchi bilan, sinfdoshlari bilan, oiladagilar bilan o‘zaro munosabatlarining xarakteridan kelib chiqadi. O‘qituvchi bolalarga xushmuomalalik, muloyimlik bilan munosabatda bo‘lishiga qaramay, u ma’lum harakat qoidalariga amal qilishni talab qiluvchi jiddiy, avtoritetli kishi sifatida gavdalanadi. U doimo bolalarning ishini baholaydi. 1-sinf o‘qivchisi yangi muhitga kirib qolganida o‘zini yo‘qotib qo‘yadi, bolalar bilan darhol til topisha olmaydi, o‘zini yolg‘iz his qiladi.



Tajribali o‘qituvchi har bir bolaga 1 xilda talab qo‘yadi, ammo bunda u turli xil bolalar bu talablarni bajarayotgandagi individual xususiyatlarini diqqat bilan kuzatadi. Faqatgina shu asosidagina o‘quvchi o‘quvchilarga ta’sir qilishining u yoki bu usulini tanlashga muvaffaq bo‘ladi. Natijada bolada o‘qituvchiga va uning xarakatlariga ishonchni tarbiyalash mumkin bo‘ladi.


3-tur qiyinchiliklarini ko‘pgina 1-sinf o‘quvchilari o‘quv yilining o‘rtalarida boshlaridan kechira boshlaydilar. O‘quv yilining boshida ular maktabga shoshib boradilar turli xil mashqlarni bajarishga qiziqadilar, o‘quvchining baholari bilan farqlanadi.
Biroq 1-sinfda o‘qish odatda shunday tuzilganki, bolalar kerak bo‘lgan vaqtda esga tushurish va qo‘llash lozim bo‘ladigan tayyor bilimlarni egallaydilar. Odatda bu bilimlarga maxsus ehtiyoj sezilmaydi. Bunday mashg‘ulotlarda o‘quv materialining mazmuniga qiziqish sust tarkib topadi.
Shuning uchun o‘quvchilar bu turdagi qiyinchiliklarni bartaraf qilish uchun o‘quv materialiga qiziqarliroq elementlarni kiritadilar.

Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish