Jalilova s. X. Taraqqiyot psixologiyasi va differentsial psixologiya


Kichik maktab yoshida bilish jarayonlarining rivojlanishi



Download 11,87 Mb.
bet45/129
Sana03.07.2022
Hajmi11,87 Mb.
#733758
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   129
Bog'liq
taraqqiyot psixologiyasi o`quv qo`llanma

Kichik maktab yoshida bilish jarayonlarining rivojlanishi
Kichik maktab yoshida o‘quvchilarning o‘qish faoliyati qat’iy ravishda maqsadga muvofiqlashtirilgan bo‘ladi:
Birinchidan, o‘quvchilar o‘qish, yozish va hisoblash malakasini egallashlari, arifmetika, ona-tili, tabiatshunoslikdan ancha katta xajmda bilim orttirishlari kerak;
Ikkinchidan, bolaning bilim darajasi va bilish qiziqishlari kengayadi hamda rivojlanadi;
Uchinchidan, bilim protsesslarining taraqqiyoti, aqliy rivojlanish yuzaga keladi, aktiv, mustaqil, ijodiy faoliyat uchun qobiliyat tarkib topadi;
To‘rtinchidan; o‘qishga bo‘lgan yo‘nalish, o‘qishga nisbatan ma’suliyatli munosabat, o‘qishning yuksak ijtimoiy omillari tarkib topishi kerak.
Boshlang‘ich sinflardagi o‘qish faoliyati dastavval psixik protsesslarning rivojlanishini, ya’ni tevarak-atrofdagi olamni bevosita bilishni – sezgi va idrokning rivojlanishini qiladi.
Idrokning taraqqiyoti. Idrokning ihtiyoriylik elementlari maktabgacha bo‘lgan yosh davrida ham mavjud bo‘lishiga qaramay, kichik maktab o‘quvchisining idrok dastlab ihtiyorsiz xarakterida bo‘ladi. Kichik maktab o‘quvchisining hali o‘z idrokini boshqara olmaydi, mustaqil ravishda u yoki bu predmetni tahlil qilolmaydi. Masalan, rasm ko‘rish yoki tekst o‘qishda ular materialning bir qismidan boshqa qismiga, bir qatordan boshqasiga o‘tib ketadilar, so‘zlarni, ayrim detallarni tushirib qoldiradilar.
Kichik maktab o‘quvchisining idroki predmetning xususiyatlari bilan belgilanadi. SHuning uchun ham predmetdagi muhim narsani emas, balki boshqa predmetlar fanida yaqqol namoyon bo‘luvchi, ajralib turuvchi tomonlarni – predmetning rangi, katta-kichikligi va formasini payqaydilar. Idrok protsessi ko‘pincha topish va predmetni nomini atash bilan chegaralanadi. Dastlab bolalar predmetni sinchiklab ko‘rib chiqishga qobil bo‘lmaydilar.
I – II sinf o‘quvchilarning idroki kam differensiatsiyalanganligi bilan ajralib turadi. Ko‘pincha bolalar u yoki bu darajada o‘xshash bo‘lgan predmetlarni bir-biri bilan almashtirib yuboradilar, masalan, 6 va 9 sonlarni, e va z harflarini. Eng keng tarqalgan xatolardan biri-figura, xarf, sonlarni tasvirlashda (ko‘zgudagudagidek), ularni aylantirib yozishdir. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar o‘xshash ob’ektlarni noaniq differensiallashtiradi. Bu esa idrokdagi analiz qilish funksiyasining yoshga xos zaifligi bilan bog‘liq. Biroq, I va II sinf o‘quvchilari narsalarni analiz qilishga , narsalarning belgilarini ajratishga umuman qobil emaslar deb o‘ylash mumkin emas. Ba’zan kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar kattalarning diqqat-e’tiborlaridan chetda qolgan mayda-chuyda narsalarni ham payqaydilar, ular ko‘pincha kattalar e’tibor bermaydigan tasodifiy detallarni ajratadilar. Lekin muhim va jiddiy detallarni idrok qila olmaydilar. Demak, o‘quvchi idrok qilishda chuqur, uyugan holda va maqsadga muvofiq analiz qilishga ojizlik qiladi.
O‘quvchilar bunday xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘xshash ob’ektlarni bir-biri bilan taqqoslash, ular o‘rtasidagi farqlani ajratish kerak. Bunda idrok yanada chuqurroq bo‘lib, xatolar soni ham kamayadi. Masalan, bo‘ri bilan itning rasmini, burgut bilan lochining rasmini, it bilan mushukning rasmini alohida-alohida namoyish qilgada, o‘quvchilar bu o‘xshash ob’ektlarning rasmlari birgalikda namoyish qilgandagiga nisbatan muhim belgilarni kamroq ajratganlar hamda ko‘p hollarda muhim belgilar bilan tasodifiy belgilarni adashtirib yuborganlar.
Asta-sekin idrok protsessi muhim o‘zgarishlarga duch keladi. Bolalar idrok texnikasini o‘zlashtiradilar, ular ko‘rish eshitish, muhim narsani ajratishga, predmetdagi ko‘pgina detallarni ko‘rishga o‘rganadilar, idrok protsessi maqsadga qaratilgan, boshqariadigan, ongli protsessga aytiladi.
Ihtiyoriy idrokning rivojlanishida so‘z katta rol o‘ynaydi. So‘z idrok harakatlarini yo‘naltiradi, ularga rahbarlikqiladi va bola idrok vazifasini so‘z yordamida shakllantira oladi.
Ta’lim jarayonida idrok uyushgan kuzatish xarakteriga ega bo‘la boradi. Shu munosabat bilan idrokda so‘zning roli o‘zgaradi. I va II sinfo‘quvchilarida so‘z asosan biron narsani atash vazifasini, ya’ni ob’ektni tanigandan so‘ng uni so‘z bilan atash vazifasini bajaradi. SHu bilan idrokning analiz protsessi tugallanadi. Kichik maktab yoshining oxirlarida so‘z bilan atash ob’ektning umumiy nomini bildiradi, bundan oldin esa shu ob’ekt chuqur analiz qilinadi.
Idrokning rivojlanishi o‘z-o‘zicha sodir bo‘lmaydi. Bu protsessda o‘qituvchining roli juda katta. O‘qituvchi o‘quvchilarni har kuni bironta narsani shunchakiko‘rishga emas, balki sinchiklab qarashga, o‘qituvchining aytganlarini shunchaki eshitishga emas, balki yaxshilabtinglashga o‘rgatadi. U o‘quvchilarning u yoki bu ob’ektlarni idrok qilish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatlarni alohida uyushtiradi, narsa va hodisalarning muhim belgi hamda xususiyatlarini namoyon qilishga o‘rgatadi, diqqatni nimaga qaratish lozimligini ko‘rsatadi, idrok qilingan ob’ektlarni planli va sistemali tarzda analiz qilishga o‘rgatadi. Bu ishlar ekskursiya, maktabda turli ko‘rgazmali qurollarni namoish qilish, amaliy ishlarni tashkil qilish jarayonlarida, rasm darslari va o‘quvchilarning mehnat faoliyatlarida amalga oshiriladi.

Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish