Jalilova s. X. Taraqqiyot psixologiyasi va differentsial psixologiya



Download 11,87 Mb.
bet46/129
Sana03.07.2022
Hajmi11,87 Mb.
#733758
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   129
Bog'liq
taraqqiyot psixologiyasi o`quv qo`llanma

Diqqatning rivojlanishi. Maktabga keluvchi bolalar hali maqsadga qaratilgan diqqatga ega emaslar. Ular asosan o‘z diqqatlarini o‘zlari uchun bevosita qiziqarli bo‘lgan, yorqin va odatdagidek bo‘lmagan narsalarga qaratadilar. Maktabda olib boriladigan ish sharoitlari birinchi kunlardanoq boladan ayni vaqtda uni qiziqtirmasligi ham mumkin bo‘lgan predmetlarni kuzatish va ma’lumotlarni o‘zlashtirishni talab qiladi. Asta-sekin bola o‘z diqqatini faqat tashqi jihatdan o‘ziga jalb qiluvchi predmetlarga emas, balki zarur bo‘lgan narsalarga qaratish va diqqatni barqaror saqlab turishga o‘rganadi. II va III sinflarda ko‘pchilik o‘quvchilar ihtiyoriy diqqatga ega bo‘lib, ular o‘qituvchi tushintirayotgan yoki darslikdagi har qanday materiallarga o‘z diqqatlarini to‘play oladilar. Diqqatning ihtiyoriyligi, uni ongli ravishda, maqsadga muvofiq tarzda u yoki bu masalaga qarata olishni bilish – kichik maktab yoshida orttirilgan muhim xususiyatdir.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, I va II sinf o‘quvchilari 30-35 minut davomida jim o‘tirishlari va o‘z diqqatlarini saqlabturishlari mumkin. Bundan ortiq esa saqlab tura olmaydilar. Darsni tashkil qilishda albatta buni hisobga olish, kichik tanaffuslar qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Vaqti-vaqti bilan o‘quvchilarning mashg‘ulot turlarini almashtirib turilsa, zo‘r toliqish bo‘lmaydi. Mashg‘ulotlarning xilma-xil bo‘lishi diqqatning barqarorligini stimullashtiradi.
Ta’lim protsessida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ihtiyoriy, barqaror, konsentrlashgan diqqatni rivojlantirish imkoniyatari juda katta. Ta’lim jarayonining o‘zi boladan ihtiyoriy diqqatni to‘plash uchun irodaviy zo‘r berishni talab qiladi. Ana shu asosda o‘z diqqatini tashkil qilish va uni ishga solish hamda ongli ravishda boshqara olish ko‘nikmasi tarkib topadi.
Xotira. Kichik maktab o‘quvchisining xotira protsesslarida katta o‘zgarishlar ro‘y beradi. Maktabga qabul qilinganda, bolalar ihtiyoriy esda olib qoladilar, biroq u takomillashgan emas. Masalan, 1-sinf o‘quvchisi ko‘pincha uyga berilgan vazifani esda qoldirmaydi, ammo qiziqarli, ihtiyorsiz ravishda kuchli hissiyotlarni tug‘duruvchi narsalarni oson va tez eslab qoladi. Hissiyot esda olib qolishning tezligi va mustahkamligiga katta ta’sir etadi. SHuning uchun bolaning yorqin obraz va kuchli kechinmalarni vujudga keltiruvchi qo‘shiq va she’r, ertaklarni engillik bilan esda olib qoladilar.
Ihtiyorsiz esda olib qolish kichik maktab o‘quvchisi o‘quv faoliyatida katta rol o‘ynaydi. 3-sinfga kelgach, ihtiyorsiz esda olib qolish ancha mahsuldor bo‘lib qoladi. Ihtiyorsiz esda olib qolish mahsuldorligi shunda namoyon bo‘ladiki, yoki ulg‘ayishi bilan qiziqarli tekst, ertaklarni esda olibqolish hajmi ortadi; endi u mana shu tekst yoki ertakning mazmunini ancha chuqur aytib beradi. Ihtiyorsiz esda olib qolish ancha tushunarli bo‘lib qoladi.
Kichik maktab yosh davrida qayta esga tushurish katta qiyinchilik bilan amalga oshiriladi, chunki u maqsad qo‘yishni bilishi va tafakkurni aktivlashtirishni talab qiladi. Bularni esa o‘quvchilar asta-sekinlik bilan egallaydilar.
O‘quvchilar biron narsani yod olishda qayta esga tushirishdan foydalana boshlaydilar. Bunda ko‘pincha ular tekstga tayangan holda qayta esga tushiradilar. K.D. Uminskiyning ta’kidlashicha, eslash qiyin mehnatdir. Agar kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar (2-sinfdan boshlab) esda olib qolish va eslash usullariga o‘rgatilmasa, ular materialdan bevosita ta’sirlanish darajasida to‘xtab qoladilar.
Unitish jarayoni bolalar qanday qilib esda olib qolishlari, bunda qanday usullardan foydalanishlariga bog‘liq bo‘ladi. Butun kichik maktab davri davomida o‘quvchilar esda olib qolish ishlari o‘qituvchi tomonidan yo‘naltirilishiga muhtoj bo‘ladilar, chunki ular o‘z oldilariga muayyan konkret vazifa qo‘yishga qiynaladilar. Masalan; ba’zi bir narsalarni aniq esda olib qolish kerak bo‘lsa, boshqalarini o‘z so‘zlari bilan ifodalab berish uchun esda olib qolish kerak.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, xotiraning barcha protsesslari yorqin namoyon bo‘luvchi yosh xususiyatlariga ega bo‘lib, ularni bilish esa o‘qituvchiga ta’limni to‘g‘ri tashkil etishda yordam beradi.
O‘qituvchining vazifasi o‘quvchilarda esda olib qolish uchun ma’lum ustanovkani tarkib toptirishi, ularni esda olib qolish usullari va vositalariga , materiallarni ma’no jihatdan bo‘laklarga ajratish, esda olib qolishning ma’noviy tayanchi sifatida tekst planini tuzish hamda undan foydalanishga, esda olib qolinayotgan materialni o‘zaro bog‘lash, taqqoslash va ayrim qismlarni bir-biri bilan bog‘lashga o‘rgatishdan iborat.

Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish