qasddan odam о ‘Idirish, har 10 soniyada — nomusga tegish, har
10 soniyada — hayotga xavf soladigan hujum, har 30 soniyada
— avtomobil o ‘g (irlash va hokazolar sodir bo 'lmoqda4 .
Bunga o‘xshagan ahvolni boshqa ko£pgina mamlakatlarda ham
ko‘rish mumkin. Jahondagi ko‘pgina mamlakatlarda iqtisodiy
jinoyatehilik soni oshib bormoqda.
Etikologik rttuammolar tizimida kormpsiya — amaldor
shaxslami sotib olish orqasida yuz berayotgan jinoyatlar salmog'i
tobora ortib bormoqda. Bunday jinoyatning subyekti ishlab
chiqaruvchilar bilan siyosatchilar, harbiylar, parlament a’zolari,
ma’muriy va boshqa boshqaruv bo‘g‘inlaridagi ko'pgina
amaldorlardir.
Jinoyatning bu ko'rinishi jamiyat rivojlanishining o'tish davri,
deb atalgan bosqichlarida, ayniqsa, yalpi tus oladi. Chunonchi,
Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga kirgan mamlakatlar hozirgi
sharoitda bu hodisa bilan to‘qnash kelib turibdi1.
Ma’naviy muhitni bulg‘ashda keyingi vaqtlarda, ayniqsa,
ichkilikbozlik va bangilikning o‘mi katta bo‘lmoqda. Ko‘pgina
mamlakatlarda (masalan, Eron Islom Respublikasida, 0 ‘zbekiston,
Fransiyada, AQSH va boshqa mamlakatlarda) narkotik moddalami
tarqatganlik uchun og‘ir jazo choralari belgilangan. BMT darajasida
ham zarur tashkilotlar tuzilib, bu ijtimoiy illatga qarshi kurashilmoqda.
Lekin, bangivor moddalar tayyorlash va sotishdan g‘oyat
katta foyda olayotgan korchalonlar bu og‘udan o‘layotganlar soni
yildan yilga oshib borayotganligiga qaramay, barcha imkoniyatlardan
foydalanmoqdalar.
Etikologiyaviy muammo tarkibida terrorchilikning o‘mi alohidadir.
Terrorchilik ijtimoiy antogonizm bilan bir vaqtda, uning
shakllaridan biri sifatida kelib chiqqan. Uning xillari tobora ko‘payib
bormoqda. Hozirgi vaqtda siyosiy terrorchilikdan tashqari, iqtisodiyot
bilan bog‘liq terrorchilik ham kuchayib bormoqda.
Chunonchi, havo qaroqchiligi yo‘li bilan tayyoralami olib qochish,
odamlami garovga olish va evaziga pul olishga urinishlar tez-tez
ro‘y berishini axborot vositalari tarqatib turibdi.Terrorchilik o‘zining
bir qator belgilariga ko‘ra uyushgan tus olmoqda. Pomografiya,
islovatxonalar, so'ngra bangivor moddalarni tarqatish maqsadida
davlat tizimidagi amaldorlami sotib olishga erishib, o‘z faoliyatini
davom ettirayotgan mafiya buning yaqqol timsolidir.
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, Yerdagi hayotni saqlab qolishning
asosiy sharti — yalpi qirg‘in urushlarining oldini olish hamda
sayyoramizning bir qancha mintaqalari xalqlari qoloqligini tugatib,
insoniyat jamiyati mutanosib rivojlanishiga erishish va ma’naviy
muhitni sog‘lomlashtirish uchun insoniyat kuch-g'ayratlarini
birlashtirish lozim bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |