Jamiyat ichki ziddiyatlari tiig‘dirgan global muammolar
Insoniyat o'zining bir hayot tarzidan ikkinchisiga, masalan,
ko'chmanchi chorvachilikdan dehqoncMlikka o‘tishi jarayonida
tayyor mahsulotlarni iste’mol qilishdan, ulami qayta tayyorlash
va ekin ekib, yetishtirishga o‘tishi bilan ijtimoiy munosabatlar
rivojlanib ketdi. Xususiy mulkchilik munosabatlarining qaror
topishi bilan kishilik jamiyatida hukm surgan sodda ko‘rinishdagi
ijtimoiy tenglik barham topib, uning o‘rniga mahsulot olish bilan
bogMiq bo‘lgan munosabatlar yuzaga keladi. Kishilar ijtimoiy
hayotining tashkil etilganligi jamiyat ilgarilama harakatida notekislik
va mavjud muammolarni hal etishda urushlardan vosita sifatida
foydalanish zaruriyatini keltirib chiqardi. Hozirgi vaqtda eng katta
global muammo bo‘lgan urush va tinchlik muammosini ana shu
tarzda jamiyat ichki rivojlanishi jarayonlari maydonga keltirgan.
Ma’lumki, urush va tinchlik muammosi mamlakat ichida yoki
uning tashqarisida, mamlakatlar o'rtasidagi munozarali masalalami
hal ctishda siyosiy zo'ravonlik ishlatish, yoxud uni istisno etishni
bildiradi. Tinchlik — xalqlaming xohish-irodasi, orzu-umidi bo'lsa,
urush esa, aksincha, hukmron kuchlarning siyosati oqibatidir.
Yozma yodgorjiklarning guvohlik berishicha, so'nggi 6 ming yil
davomida, yer yuzida 15 mingdan ziyod urushlar sodir bo'lgan.
Shu davr ichida atigi 300 yilgina urushsiz kechgan.
Amerikalik olim R. Klarkning „Urush ilmi va tinchlik" kitobida
keltirilgan ma’lumotlarga ko'ra, turli davrlarda yuz bergan urushlar
tahlili shuni ko'rsatadiki, 1820— 1859-yillarda yer yuzida 1 mlrd
aholi yashagan, 92 urushda 800 ming kishi halok bo'lgan, 1860—
1899-yillarda 106 urushda 1,3 mln., 1900— 1949-yillarda esa 117
ta urushda 142,5mln odam qirilib ketgan.
Bizning davrimizda ham mamlakatlar o'rtasidagi munosabatlar
sohalarida zo'ravonlikka intilish, buning uchun yalpi qirg'in
qurollarini ko'plab ishlab chiqish bilan harbiy ustunlikka erishish
u yoki bu davlatlar tashqi siyosatining muhim yo'nalishi bo'lib
qolmoqda. Shunday bir vaziyatda,termoyadro urushiga yo'l
qo'yilgudek bo'lsa, jahon miqyosida shunday halokat yuz beradiki,
uning natijasini hisob-kitob qiladigan mavjudotning o'zi bo'lmay
qoladi. 1945-yil 6- va 9- avgustida ikkita kam quwatli atom
bombasining amerikaliklar tomonidan Yaponiyaning Xirosima va
Nagasaki shaharlari ustida portlatilganligi oqibatlari ham buni yaqqol
ko'rsatgan edi.
Insoniyatga 50 yildan ko'proq vaqtdan beri xavf solib turgan
atom dahshati oqibatlarini matematikaning hozirgi yutuqlari
asosida modellashtirish shuni ko'rsatdiki, bizning davrimizda
to'plangan 50 mingdan ortiq yadro zaryadlarini 100—150
megatonna (Xirosimaga tashlanganidan 10—15 marta katta)
quwatga ega bo'lgan qismi (bitta atom suv osti kemasidagi portlovchi
modda 200 megatonna) portlatilsa, Amerika, Yevropa va
Osiyodagi asosiy shaharlar yong'in ostida qolib ketishi, bir oydan
so'ng yer ustidagi atmosfera harorati 15—20°C, ayrim mintaqalarda
esa 40—45°C pasayib, uning aylanishi (sirkulatsiyasi) mutlaqo
o'zgarishi, Shimoliy yarim shardan janubga qarab tarqalgan
nur o'tkazmaydigan qora qatlam butun sayyorani qoplab olishi
yuz beradi. Chuchuk suvning barcha manbalari muzlaydi, barcha
ekologik aloqalar uziladi, hosil nobud bo'ladi. Yer ustidagi hayot
tugaydi.
2.Global muammo sifatida tinchlikni ta’minlash harbiy xarajatlami
keskin kamaytirishni ham taqozo etadi. Negaki, 1900- yildan
bed harbiy ishga ajratilgan mablag'lar 30 martadan ko'proq oshib,
90-yillar boshida 500 mlrd dollardan ham yuqori bo‘ldi. Harbiy
yoki u bilan bog‘liq ishlab chiqarish sohalarida 60 mln kishi faoliyat
ko'rsatgan. Jumladan, muntazam qo'shinlarda 25 mln dan ortiq
shaxsiy tarkib, 10 mln yarim harbiy qo‘shilma, harbiy
muassasalarda ishlovchi 5 mln fuqaroviy kasb egasi bor.
Hozirgi vaqtda oddiy qurol-yarog‘laming vayronlik keltiruvchi
kuchi ham yadro quroli darajasiga yaqinlashib qolmoqda.
Global muammolardan yana bin — ochlik, qashshoqlik va
savodsizlikning oldini olish uchun rivojlangan va rivojlanayotgan
mamlakatlar o‘rtasidagi ziddiyatlaming oldini olishdan iborat.
Rivojlanayotgan mamlakatlar turlicha tarzda va turlicha
muddatlarda kechgan kurashlardan so'ng siyosiy mustaqillikka
erishgach, yangidan yaratilgan siyosiy tizimlar asosida o‘z
iqtisodiyotini, davlat tizimini Ьафо etishga kirishdilar. Ularning
ichidagi bir qancha mamlakatlar sobiq sotsialistik tuzum davlatlari
bilan g‘oyaviy, savdo-iqtisodiy va harbiy-siyosiy sohalarda keng
hamkorlik qilgan edi. Lekin, bularda ham, boshqalarida ham
iqtisodiyotda, uning bilan taqozo etilgan ijtimoiy hayotning barcha
sohalarida qoloqlik davom etaverdi. Buning eng asosiy sabablari va
umumiyjihatlari tashqi va ichki omillarga borib taqaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |