Jahongir mamatov: iak memuar umid yoki kirish o’rnida



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/58
Sana22.07.2022
Hajmi1,08 Mb.
#838387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
iak-lotin pdf

5. BIRINCHI SESSIYA
1990 yilning 24 mart kuni O’zbekiston Oliy kengashi to’qqizinchi chaqiriq birinchi sessiyasi 
arafasida Vakillar kengashi bo’ldi. Sovet davrida har bir majlisdan oldin shunday to’planish 
o’tkazib hammani yana ogohlantirib qo’yishar ekan. Ammo bu safargisi oldingilaridan keskin farq 
qilardi. 
Avvalo shuni aytish kerakki, saylangan deputatlarni uchga bo’lish mumkin edi. 
Birinchisi, kommunstik partiya tayyorlagan ro’yxat bo’yicha saylanganlar. Ular kimligi, 
ma’lumoti, millati, yoshi, vazifasi,sadoqatiga alohida e’tibor berib tanlangan kishilar va 
ko’pchilikni tashkil etishardi.Ularning ba’zilarini muqobil saylov o’yinlari bilan saylashgandi. 
Ikkinchisi, ijtimoiy qarashlari bilan maydonga chiqqanlar va kommunistik partiyaning ro’yxatidan 
saylanishga rozi bo’lganlar. Ular hech qanday muqobil nomzodlarsiz saylanishgan. Boshqacha 
aytganda qandaydir kelishuv asosida. Ular ozchilikni tashkil etishardi. 
Uchinchi guruh esa, xalq tomonidan ko’rsatilib, kommunistik partiyaning nomzodlarini juda katta 
qarshiliklar, tahdidlar, hujumlarga qaramay engib chiqqan deputatlar. Ular ham ko’pchilik emas, 
ammo ular qolganlarni ergashtirib ketishlari mumkinligidan cho’chishardi.. 


Har holda Karimov ham o’zining ro’yxatidan tashqarida saylanganlarni shu yo’l bilan sinab 
ko’rmoqchi bo’lganmi, bizni ham Vakillar kengashiga da’vat qilishgandi. U muhokama 
qilinadigan masalalarni sanab bo’lgach, qo’limni ko’tardim. Karimov ismimni so’rab oldi-da, 
keyin so’z berdi. 
-Hozircha kun tartibiga to’rtta masalani kiritishni so’rayman,-dedim. 
Birinchisi, komissiyalar (avvaliga “komissiya” deyilgan bo’lsa, keyinchalik “qo’mita” deb 
o’zgartirildi-JM) tuzilar ekan, Oshokarlik komissiyasi ham tuzilishi kerak. Chunki, matbuot erkin 
bo’lmasa, so’z erkinligi ta’min etilmasa, biz hech narsaga erisha olmaymiz. Bu tsenzuraga, nazorat 
zehniyatiga qarshi turadigan qo’mita bo’lishi kerak. Xalqqa fikr mustaqilligini berishimiz kerak 
va undan keyin O’zbekiston tom ma’noda mustaqil bo’la oladi. 
Ikkinchisi, biz Moskva bilan munosabatlarimizni o’ylab ko’rishimiz kerak. Boltiq bo’yi 
respublikalarining yo’li biz uchun ham kecharli bo’lishi va mustamlakadan qutilishimiz lozim. 
Uchinchisi esa, “paxta ishi” deb qoralangan o’zbek xalqining nomini oqlashimiz kerak. Avval 
Rashidov masalasida biz o’z so’zimizni aytaylik.O’g’ri bo’lsa o’g’riligini, to’g’ri bo’lsa, 
to’g’riligini. Qachongacha Gdlyanlar aytadi so’zni? 
Va nihoyat Parkent voqealari bo’yicha bu yerda gapirgan deputatni qo’llayman. Oliy majlisning 
maxsus komissiyasini tuzishimiz va qonli voqealarning aybdorlarini topishimiz kerak. 
Karimov menga qarab turdi-da keyin gapira boshladi: 
-Men Jahongirni yaxshi taniyman. Kattaqo’rg’ondagi gaplari esimda,- dedi.-Mening ham 
aytganlarim uning esida bo’lsa kerak. Bugun aytgan takliflari mening ham yuragimda yotibdi. 
Oshkoralik komissiyasi masalasida uni qo’llayman. Matbuotni boshqaradigan bitta komissiya 
tuzaylik. 
Shu payt Erkin Vohidov qo’l ko’tardi va Karimov “nima deysiz” degandek bosh irg’aganidan 
keyin: 
-Men ham bu taklifga qo’shilaman va shu komissiyada ishlashga tayyorman,-dedi. 
-Mana Erkin aka Vohidov,- Karimov u kishiga ma’nodor jilmaygancha so’zida davom etdi,-men 
u kishini juda hurmat qilaman, bunday shoirlar yuz yilda bitta tug’iladi, yangi komissiyaga shu 
kishini rais qilib taklif etaman. Parkent masalasida ham Jahongirga qo’shilaman. O’ylab chiqaylik 
va bir komissiya tuzaylik. Umuman Farg’ona voqealariga baho beraylik. 
Xursand edim. Takliflarim bu qadar tez amalga oshayotgani ko’nglimda iftixor uyg’otayotgandi. 
Karimov esa nomimni qayta-qayta takrorlab gapida davom etardi׃ 
-Rashidov masalasini menga qo’yib bering uka, uni kommunistik partiya qoraladi, bu ishni 
ularning o’ziga havola qilaylik. Mana men shu partiyaning rahbariman. Qo’ying o’zimiz bir ko’rib 
chiqaylik. “Paxta ishi” esa oddiy masala emas, tergovning, sudning ishiga aralashishimiz kerakmi, 


yo’qmi avval buni o’ylab ko’raylik? Ana, Moskvada har kuni shovqin-suron qilishmoqda. Lekin 
natija yo’q. 
Endi boyagi quvonchim so’nib, ko’nglimda boshqa savollar uyg’ona boshladi. Buning ustiga 
Karimov Moskva bilan munosabatlar masalasida gapirmadi. O’shanda SSSR Xalq deputati 
bo’lgan Ahmadjon Muxtorov meni yoqlab gapirdi va kerak bo’lsa biz markazdan ajralishimiz, o’z 
prezidentimizni saylashimiz, o’z yo’limizni tanlashimiz kerak, dedi. Karimov bu gaplarga e’tibor 
bermagan bo’ldi. Ammo Vakillar majlisidan keyin Ahmadjon akani uning huzuriga chaqirishdi va 
u qaytib kelib, “Islom aka, xursand, prezidentlikni qabul qilmoqchi, bu esa mustaqillikning 
birinchi qadami, lekin SSSRning ichida qolamiz, ajralsak bizga pulni kim beradi, deyapti” dedi. 
Ahmadjon aka favqulodda iste’dodli jurnalist. 1981 yilda Toshkentdan Samarqandga borganimda 
u viloyat “Lenin yo’li” gazetasining bosh muharriri edi. O’zbekiston radiosida “Tabarruk zamin” 
degan dasturni tayyorlab ancha og’izga tushib qolganimga qaramay, hatto qo’l berib 
ko’rishmagan, ko’zoynagining tepasidan qarab, “Uka, hozir ish yo’q, xabar olib turing” degandi. 
Men undan ranjib Jomboy tumaniga ishga ketgandim. Ammo keyin Navoiy viloyati tashkil etildi 
va gazetaning ko’pgina xodimlari ketishdi. Bu paytda Jomboydan turkum maqolalar yozib ko’zga 
tashlanib qolgandim. Ahmadjon aka ikki-uch chaqirtirdi, bormadim. So’ng viloyat partiya 
komitetini ishga solib, meni gazetaga olib keldi. Avval Qishloq xo’jaligi va ko’p o’tmay 
gazetaning o’sha kezdagi eng asosiy bo’limi hisoblangan Partiya turmushi bo’limiga mudir etib 
tayinladi. O’zbekiston tarixida kommunist bo’lmasdan turib Partiya turmushi bo’limini 
boshqargan faqat men bo’lsam kerak. Ammo bir yildan keyin partiyaga olishdi. 
Ahmadjon aka bilan juda yaqin bo’lib ketdik va hamma bizni “tog’a-jiyan” deb o’ylar va mening 
yozganlarim, aytganlarimning orqasida u kishi turibdi deb bilishardi. Hatto Karimov ham avvaliga 
shu fikrga ishonib qolgandi. Shu bois mendan ranjigan paytda u kishini chaqirib gapirardi. 
Xullas, sessiya boshlanib Ahmadjon Muxtorov nutq so’zlab: “demokratik jarayonlarni yanada 
rivojlantirish, siyosiy o’zgarishlarni chuqurlashtirish, konstitutsiyaviy tuzumni, fuqarolarning 
huquqlarini, erkinliklari va xavfsizliklarini mustahkamlash, boshqaruv oliy organlarining o’zaro 
aloqasini takomillashtirish maqsadida prezidentlik boshqaruvi joriy etishni” taklif qildi. Sessiyada 
qatnashayotgan SSSR xalq deputatlari bu fikrni qo’llab gapirdilar. Lekin qarshilar ham bo’ldi. 
Masalan, Toshkent shahridan saylangan deputat Toyiba To’laganova O’zbekistonning bugungi 
sharoitida prezidentlik boshqaruvi yakkahokimlikka olib kelishini va demokratiya istab 
diktaturaga yo’liqishimizni, kommunistik partiya tarbiyasini olgan rahbarlardan chiqadigan 
prezident “tashi” boshqa bo’lgani bilan ichi ayni tarzda qolishini aytdi. U demokratiya o’rnatilishi 
uchun parlament boshqaruvi zaruratidan so’z etdi. 
-Bunday fikr ayol kishidan chiqmaydi, ayollarning aqli kalta bo’ladi, taklifning ortida qandaydir 
kuchlar bor,- degan O’zbekiston Kompartiyasining birinchi kotibi, KPSS MK siyosiy Byurosining 
a’zosi Islom Karimov Toyiba To’laganovani ochiqchasiga kamsitdi. 
Tanaffusda esa mahalliy muxbirlarga intervyu berar ekan “Ayollar tovuq miya bo’ladi” 
deyishgacha borib etdi. 


Prezidentlik lavozimi haqidagi qarorni qabul qilish va Karimovni saylash boshlanganda 
qashqadaryolik deputat Shovruq Ro’zimurodov so’z so’radi. Lekin do’ppini salla qilib ko’rsatish 
darajasida ustamon bo’lgan majlis raisi Mirzaolim Ibrohimov: 
-Uka, siz emas, yoningizdagi do’ppili odam gapirsin,- dedi. 
Do’ppili odam esa so’z so’ramaganini aytishga xijolat chekar ekan, Shovruq o’rnidan turib gapira 
boshladi. Unga mikrofon kerak emas edi. Uning gurillagan tovushini majlislar zalining har joyidan 
ham eshitsa bo’lardi. Shovruq: 
-Men bu odamni Qashqdaryodan bilaman. Bu odam prezidentlikka loyiq emas. Agar prezident 
bo’lsa hammangiz pushaymon bo’lib qolasiz hali…,- dedi. 
Har holda u ko’proq gapirdi. Lekin hammaning quloqlarini ana shu kalimalar chatnatdi.Chunki 
Oliy majlis tarixida bunday so’zlar ilk bor aytilayotgan edi. Shu sababdan ham ko’pchilik 
sukunatga botdi, buni qo’rquv ham deyish qiyin. Balki qo’rquvni ham yutib yuboradigan 
hushsizlik kabi bir hol edi. Boshqacha aytganda deputatlar o’ziga xos isyonning qarshisida “ shok” 
bo’lgan edilar. 
Shovruq qo’li bilan minbarga ishora qilib gapirar ekan, Karimov qizarib ketdi. Mikrofonnni jahl 
bilan oldiga tortdi. Lekin nimadir esiga tushgan kishidek, yana mikrofonni raisning oldiga surdi-
da׃ 
-Bas qiling maynavozchilikni,-dedi. Rais darhol bas qildi. Muzokaralar to’xtatildi, 
mikrofonlarning yonida tizilib turganlarga so’z berilmadi. O’shanda bir narsaga pushaymon 
bo’ldim. Majlis ochilarkan, Toshkent shahar ijroiya qo’mitasining raisi bo’lgan keksa kishi raislik 
qildi va uning hamma narsani qog’ozdan hijjalab o’qib berishiga qarshi chiqdim. Buni boshqalar 
ham qo’lladi. Karimov ham raisning lattachaynarligini ta’kidlab, Mirzaolim Ibrohimov nomzodini 
ilgari surdi. U bir ovozdan saylandi. Darrov ma’lum bo’ldiki, Karimov imkoniyatdan foydalanib 
ilgaridan tayyorlab qo’yilgan nomzodini o’tkazib olgan va u “piri”ning quli ekan. 
Mirzaolim Ibrohimovning majlisni olib borish uslubiga ham qarshi chiqish va Karimovning 
Toyiba To’laganova haqidagi gaplariga norozilik bildirish maqsadida mikrofon oldida turgandim. 
Prezidentlik lavozimiga qarshi chiqish haqida esa uzil kesil fikrga kelmagandim. Bir tomondan bu 
mustaqillikka olib boradigan yo’l deb o’ylasam, ikkinchi tomondan bizning sharqda bir kishining 
qo’liga hokimiyat tushib qolishi yana podsholikka sudramaydimi, degan fikrlar bilan olishardim. 
Qolaversa Karimov haqida hali salbiy fikrim ham paydo bo’lmagandi. Ammo Ibrohimov masalani 
ovozga qo’ydi va zalga qaramasdan ham “Bir ovozdan” deb yubordi. Shu zayl prezidentlik 
lavozimi tashkil qilindi va “bir ovozdan” Karimov “saylab” yuborildi. Vaholanki, qatorlar orasida 
mikrofonlar yonida turganlar ovoz berishga ulgurmadilar. 
O’sha kuni tanaffusda Ahmadjon Muxtorov bilan gaplashib turganimizda Shovruq oldimizga 
keldi. 
-Siz bilib qo’ying,- dedi u Ahmadjon akaga,- Bo odam rafiqini ham, raqibini ham kechirmaydi! 


Ahmadjon akaning ko’zi yonib ketgandek, bo’ldi. Darhol daftariga bu so’zlarni yozib oldi. Keyin׃ 
-Ukajon Moskavda gdlyanchilar bilan kurashda yakkalanib qolayapmiz. Deputatlar partiyadan 
qo’rqishadi. Prezidentlik tashkil qilinsa partiyaning ta’siri kamayishi mumkin. Men hozir bu 
odamdan boshqa liderni ko’rmayapman, keyinchalik balki boshqa kadrlar chiqar,- dedi. Ahmadjon 
aka o’sha kezda Karimovga sidqidildan ishonardi. 
Shovruq Karimovning Qashqadaryoda odamlarga zulm qilgani, O’zbekiston Kompartiyasining 
Moskvadan yuborilgan ikkinchi kotibi Anishchev bilan birgalikda ko’p odamni qamatib 
yuborgani, Gdlyan to’dasi bilan ham aloqasi borligini aytar ekan, Ahamadjon aka: 
-Ukajon devorning ham qulog’i bo’ladi, bu gaplarni menga aytdingiz boshqaga aytmang, bunday 
gaplar uchun kechirmaydi bu badbaxtlar,- dedi. 
-Xalq bu gaplarni aytish uchun meni majlisga yuborgan,- dedi Shovruq. 
Xullas, birinchi sessiya Karimovni tanish sari qo’yilgan ilk qadam bo’ldi va Toyiba hamda 
Shovruqni tanishimga yo’l ochdi. 
Birinchi sessiya tanaffusida Oshkoralik komissiyasi tuzilar ekan, Erkin Vohidov meni chaqirib, 
Karimovning oldiga yetakladi. 
– Bu ishni ukamiz bilan birga qilaylik, tashabbus qilgan odam jazolanishi kerak, ruxsatingizni 
olmoqchimiz,- dedi jilmayib. 
-Bu yigitga…-Karimov o’ylanib qoldi. Keyin eringan ohangda.- Oshkoralik ekan, deb 
hammayoqni oshokara qilib yuborish ham yaxshilikka olib kelmasligini o’zingiz tushuntirib 
qo’yasiz,- dedi Erkin akaga. Keyin menga qarab׃ 
-Saylovdan oldin Moskva televideniesiga chiqib ana u gaplarni gapirish kerak edimi?-dedi. 
Hayratlanib qoldim. Saylovdan oldin Moskva televideniesi Toshkent bilan teleko’prik o’tkazgan 
va quvg’inga uchrayotgan nomzodlardan ba’zilarini suhbatga tortgandi. O’shanda O’zbekiston 
qashshoqlar mamlakatiga aylanib qolgani, onalar va bolalar o’limi, paxtazor onalar qotili ekanligi, 
matbuot erkinmasligi kabi masalalarga to’xtalgan edim. Vaholanki, Karimovning o’zi ham bu 
muammolar mavjudligini Kattaqo’rg’ondagi uchrashuvda aytgan edi. Nega endi bu gaplarni 
o’zbekning olis qishlog’ida gapirish mumkinu Moskvadan turib gapirish mumkin emas? 
Karimovning samimiyatiga ishonchsizlik ilk bor ana shu paytda boshlandi desam xato bo’lmas. 
O’shanda u yana bir narsalar dedi, ammo qulog’imga kirmadi. Ko’z oldimda ilk bor ikki yuzli 
Karimovni ko’rib turgandim. 

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish