Jahongir mamatov: iak memuar umid yoki kirish o’rnida



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/58
Sana22.07.2022
Hajmi1,08 Mb.
#838387
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   58
Bog'liq
iak-lotin pdf

HAMDA ITTIFOQ 
SHARTNOMASI
ni ishlab chiqish uchun asosdir”. 
Aslida demokratik jamiyatlarda parlament qabul qilgan hujjatga bunday o’zgartirish kiritish 
tasavvurga ham sig’maydi va bu juda katta jinoyatdir.O’zbekistonda esa barcha qabul 
qilingan qonunlarga sessiyadan keyin ham qo’shimcha kiritilaveradi. Bu esa diktaturaning jinoyat 
klubidan iboratligini ko’rsatuvchi bir dalildir. 
Xullas, bu bo’limga ilova qiladigan yana bitta narsa bor. Ikkinchi sessiyadan keyin O’zbekiston 
Kompartiyasi Markaziy qo’mitasining plenumi chaqirildi va sessiyada jilovni deputatlarga berib 
qo’ygani uchun Mirzaolim Ibrohimov masalasi muhokama etilib, uning raislikda qolib qolmasligi 
savol ostiga qo’yildi. 
Shuncha bo’lgan voqealarga qaramasdan, O’zbekiston Mustaqillik Deklaratsiyasi xalqimizning, 
uning vakillarining, muxolifatning (“ERK” va “Birlik” nazarda tutilmoqda) azmini o’rtaga 
qo’ygan ulkan hodisadir. 
Ushbu tarixiy hodisadan keyin oradan bir yilu ikki oy o’tib Karimov qaytadan Mustaqillik e’lon 
qilar ekan, deputatlarning beparvoligi, hatto qarsak chalishmagani bugunga qadar masxara 
qilinadi. Aslida bu ularning Karimovga, uning ikkiyuzlamachiligi, so’zbo’yamachiligiga qarshi 
yana bir isyonlari edi… 
8.TASHABBUS GURUHI
Biz Oliy Kengashda ishlayotgan deputatlar o’z-o’zidan ikkiga ajralgan edik. Demokratik 
o’zgarishlar tarafdori bo’lganlar va boriga shukur qiluvchilar. Birinchi guruhga asosan yoshlar va 
saylovda katta kurashlar evaziga yutib chiqqanlar kirgandi. Ikkinchi guruh esa hukumat 
ro’yxatidan o’tganlar va kelajaklarini hukumatning yo’lidan yurish, deb bilganlar. 
Bu bo’linish asta-sekin viloyatlardan Oliy majlis qo’mitalariga a’zo bo’lganlar orasida ham sezilib 
qoldi. Ammo birinchi guruhga kiruvchilar barmoq bilan sanarli, ikkinchi guruhdagilar juda 
ko’pchilikni tashkil etishlariga qaramay ular ozchilik bilan hisob-kitob qilishga majbur bo’lib 
qolayotgandilar. Biz kuch sifatida sochilib ketmaslik va “bir musht bo’lish” haqida o’ylab Oliy 
majlisdagi deputatlarning guruhini tuzishga kirishdik. 
Toyiba To’laganova: 
-Bu ishni siz tashkil qilayapsiz, raisligini ham o’zingiz olishingiz kerak,-dedi. 


-Gap raisda emasku- dedim.- Qolaversa bu ishda faol qatnashayotganlar ham ko’p. Hatto qo’mita 
raislari orasida ham qiziqish bildirganlar bor.Shuning uchun ham rais haqida o’ylash unchalik 
mantiqli tuyulmayapti. 
-Yo’q,- dedi Toyiba,-hamma narsa raisga bog’liq va guruhimiz Rayosat bilan, Oliy majlis bilan 
yuzma-yuz tura olishi uchun rais kuchli bo’lishi kerak. 
-Lekin biz raisni oldindan belgilab qo’ysak, hukumatning yo’lidan borgan bo’lamiz. Biz 
demokratiya tarafdorimiz, shunday ekan rais masalasini yig’ilishda hal qilamiz,-dedim. 
Tashabbus guruhining yig’ilishini o’tkazish uchun Oliy kengash joylashgan Vazirlar mahkamasi 
binosining birinchi qavatdagi majlislar xonasiga to’plandik. Kutilmaganda majlisga Muhammad 
Solih kirib keldi. Biz hayron bo’ldik. Chunki biz avval Oliy majlisdagilar to’planib, bir gaplashib 
olmoqchi, keyin chetdagi xayrixohlarni ham taklif qilib, kengaytirilgan majlis o’tkazib, guruh 
tuzilganini e’lon qilmoqchi edik. Ammo majlisni boshlamasimizdan oldin Muhammad Solih so’z 
olib: 
-Har qanday harakat raisdan boshlanadi. Avval raisni tanlash, keyin birinchi qadamni tashlash 
kerak. Oramizda rais bo’ladigan nomzodlar ko’p. Lekin Abdulhay Mirsaidov juda ham muhim 
nomzod. Texnika fanlari doktori, O’zbekistonda bu sohada bu pog’onoga chiqqan eng yosh olim 
shu kishi. Menimcha hozirdanoq bu odamni rais etib belgilashimiz kerak. Qarshilar yo’q bo’lsa 
kerak,-dedi. 
Muhammad Solihga nima qilib bizning ishga aralashib yuribsiz, deya tortishmoqchi bo’ldim. 
Ammo Toyibaning gapi yodimga tushdi va bu tortishuvim xuddi raislikni talashayotgan kabi 
bo’lmasin, deya indamadim. Hali kengaytirilgan majlis o’tkazganda raisni demokratik yo’l bilan 
saylab olamiz, deya o’ylab qo’ydim. 
Lekin Abdulhay Mirsaidovning rais bo’lishiga ham qarshi emas edim. Chunki kamsuqum, kamtar 
va elib yuguruvchan odam. Muhammad Solih darrov uni rais o’tiradigan joyga taklif qildi. Bu 
harakatdan ba’zilar ranjidi, ba’zilar esa e’tibor ham qilishmadi. Chunki guruhning raisi bo’lish 
faqat ortiqcha tashvish, degani edi. Lekin keyinchalik bildimki, biz o’shanda katta xato qilgan 
ekanmiz. Raisni harakat chiqarishi kerak, rais harakatni emas, deya tushunardim. Bu tushuncham 
bizning jamiyatga yot ekanini oradan ko’p yillar o’tib angladim. Bizda kimdir bir harakat yoki 
tashkilot tuzib kimlargadir mansab yoki pul va’da qilsa bas ekan, unga ergashib ketishaverishar 
ekan. 
Biz o’shanda Oliy Kengashning demokratik deputatlar guruhini tuzish uchun to’plangandik. 
Ammo katta yig’ilishga qadar bormadi ishimiz. Shu bois guruhimizning nomi “Tashabbus” 
o’laroq qoldi. “Rais”ni o’sha kuni Karimov chaqirib gaplashgani va oradan ko’p o’tmay uning 
Karimov bilan birga safarga borib-kelganini eshitdik. Shundan keyin uning guruh ishlariga 
qatnashishiga hafsalasi ham qolmadi. U o’z-o’zidan chetga chiqib qoldi. 
Lekin biz to’planib, guruhning majlislarini o’tkazib, masalalarni muhokama qilib olaverdik. 
O’shanda bu guruh ishini yuritishda Toyiba To’laganova, Oygul Mamatova, Toshpo’lat Jo’raev, 
Hamza Eshnazarov, Rinat Mirxonov, Vohid A’zamov, Baxtiyor Qodirov, Alijon Qo’chqorov va 


boshqalar faol edilar. Guruhimizning a’zolari 7-sessiya arafasida oltmishdan oshib qolgandi. 
Ba’zilar majlislarimizga kelmasalar ham bizning takliflarimiz, bayonotlarimizga qo’shilishar va 
ularni imzolab berishardi. 
Bir kuni Karimov chaqirib qoldi. 
-Bu “Tashabbus” guruhi degani nima o’zi, nima bilan bandsizlar?-dedi. 
-Hamma masalalar bilan,-dedim. 
-Masalan bir-ikkitasini men ham bilsam bo’ladimi? 
-Bo’ladi,-dedim uning maqsadini anglab, ya’ni uning guruhning siyosiy yo’nalishdagi faoliyatidan 
boxabar bo’lishni istayotganini sezib, gapni boshqa tomonga burdim.- Masalan bizning ish 
sharoitimiz. Shu masalani ham birgalashib hal qilmoqchimiz. 
-Birinchi sessiyada o’zingiz chiqib imtiyozlarni bekor qilish kerak degan edingiz, endi imtiyoz 
izlayapsizlarmi?,- dedi Karimov kinoya bilan. 
-Imtiyoz emas, oddiy mehnat sharoiti izlayapmiz. Masalan, bizning Oshkoralik qo’mitasi uchun 
bitta kichiki xona berilgan. Bir tomonda rais Erkin Vohidov, ikkinchi tomonda men o’tiraman. 
Qo’mita kotibasi Toyiba To’laganova uchun esa hatto stol ham yo’q. Mehmonlar uchun ajratilgan 
joyda o’tirib ishlaydi. Ayni holni hamma qo’mitalarda ko’rish mumkin. Bu ahvolda ishlab 
bo’ladimi? 
-Toyibani ko’p ham qo’mitaga yaqin yo’latmanglar. Undan tashqari, joy bo’lmasa nima qilish 
kerak? Qanday taklifingiz bor, prezidentning xonasini bo’shatib beraymi? Yoki Vitse 
prezidentning xonasi bo’sh yotibdi, shu yerga kelib ishlay qolinglar,- Karimov Toyibaning nomini 
eshitib biroz jahlga mingandi. 
-Oliy Kengashning ham o’z binosi bo’lishi kerak. Sessiyani kelib sizning binongizda 
o’tkazayapmiz, qaytib borib Vazirlar mahkamasidagi tor xanalarda o’tirib qonun loyihasi 
tayyorlayapmiz. Mana Anhorning narigi tomonida, ko’p qavatli, katta bir inshoot qurilishi 
qachondan beri to’xtab qolgan. Shuni moslab, Oliy Kengashning binosi qilish mumkin emasmi? 
-Mumkin… bu masalani menga qo’ying. Men hal qilaman,-dedi u va ertasiga bir majlisda 
dabdurustdan g’amxo’rlik qilayotganini namoyish etgandek, “Men keyingi paytda deputatlarning 
qiyin ish sharoitini ko’rib qiynalib ketayapman. Buncha katta prezident apparati nima uchun 
kerak? Ana u partiyaning binosi-chi? Anhorning narigi tomonida baland bino qurilmay chala 
yotibdi. Shuni Rayosat a’zolari borib ko’rsinlar. Ma’qul tushsa, tuzatib Oliy kengashga beraylik. 
Xalqning vakillari uchun birinchi navbatda g’amxo’rlik qilishimiz kerak” deb qoldi. 
Karimovning bunday “hunari”ni asta-sekin hamma bilib oldi. Shu bois uning huzuriga 
kirishganda, “Islom aka, mana shu ishni sizning gaplaringizdan kelib chiqib qilmoqchimiz, shuni 
o’zingiz boshlab yuborsangiz” deya bir o’q bilan ikki quyonni uradigan bo’lishdi. Birinchidan, 


Karimov yangi g’oya muallifi va ikkinchidan, o’sha ish bitib ketardi. Shu sababdan ham 
mamlakatdagi hamma ishlar uning nomiga bog’lanib qoldi. 
Oliy majlisdagi sharoitga qaytsak, faqat bino masalasi bilan kifoyalangan emas edik. Prezident 
idorasidagi oddiy bir xodimga ko’rsatiladigan xizmatning yuzdan biri ham xalqning vakili bo’lgan 
deputatga lozim ko’rilmasdi. Deputatlar olti oydirki mehmonxonada yotib, kun kechirishardi. 
Haftada bir marta ikki kilogrammdan go’sht sotilardi. Buning uchun ular ishdan keyin Vazirlar 
mahkamasining zax erto’lasida soatlab navbatda turishardi. Prezident devonidagi oddiy xodim esa 
oilasiga kerakli narsani yozib berar va maxsus xizmat xodimlari kerakli narsalarni mashinada 
uning uyiga etkazishardi. Hatto tushlik oshxonasida ham deputatlar begona edilar. Avval Vazirlar 
mahkamasi xodimlari ovqatlanishardi, chunki joylar ularning nomiga berkitib qo’yilgandi, ulardan 
qolsagina deputatlarga berilardi. Bular imtiyoz emas, oddiy ish sharoiti ekanligini Karimovga 
tushuntirishga harakat qildim. 
-Deputatlarning transport masalasini ham hal qilish,-kerak,- dedim oxirida. 
-Qo’mita raislariga yaqinda mashina beramiz, shuni birgalashib minishadi,- dedi Karimov, keyin 
telefonni olib Mirsaidovga: -Shukur Rahmatovich, ana u mashinalar qachon keladi? Raislarga 
“Volga” bering, qo’mitadagilardan ba’zilariga “Jiguli”, o’z pullariga sotib olsinlar. Kelganingizda 
shuni ham gaplashaylik,-dedi. 
Keyin yana menga yuzlanib, 
-Nima masala bo’lsa kelib aytib turing, o’zim hal qilaman,-dedi- Ana u Nurali bilan Erkin akangiz 
og’iz-burun o’pishib yuribdilar. Ulardan ehtiyot bo’ling… 
Chiqib ketarkanman, o’sha kezda nima uchun Karimov bu qadar “g’amxo’r” bo’lib qolgani va 
oxirgi gaplarining bizning “Tashabbus” guruhiga nima aloqasi borligini tushuna olmagandim. 
Keyinchalik bilsam u “Tashabbus” guruhi kuchlanib borayotganidan cho’chigan va guruhning har 
bir a’zosi bilan ana shunday alohida-alohida gaplashib chiqayotgan ekan. Olti kishiga esa o’z 
puliga “Jiguli” avtomashinasi sotib, keyin ularni vazifasini suiistemol qilganlikda aybladi. 
O’shanda ularga olmanglar shu mashinasini, desak ham, sharoitlari qiyinligi, yo’l qatnovidan 
bezganlari, qolaversa o’z pullariga olishayotganini aytishgandi. Ammo bu Karimovning tuzog’i 
edi. 
“Tashabbus” guruhi garchi bir tashkilotga aylana olmay qolgan bo’lsa ham demokrat deputatlarni 
birlashtiruvchi markaz edi. Ayniqsa, 7-sessiyaga tayyorgarlik ko’rishda bu guruh ochiq kuchga 
aylandi. 

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish