o’qqa tuta boshlaydi. Ko’chama-ko’cha qochgan yoshlarni quvib borgan vertoletlar, harbiylar,
mirshablar ularni tirqiratib ota boshlaydilar. Shaharning bir chetida motam marosimi o’tayotgan
joyda odamlar to’planib turibdi, deb ularni ham o’qqa tutishgan.
Ayni paytda shaharning bir necha joyida “Birlik” harakati va boshqa guruhlar nomidan yozilgan
va Mesxet turklarini o’ldirishga, qatliom etishga chaqirilgan varaqalar topiladi. Harakatlarning
mahalliy va hamda viloyat, respublika kengashlari bu tuhmat ekanligini aytib chiqishadi.
Biz komissiya ishini davom yettirar ekanmiz, Primqul Qodirov bir hisobotni ko’rsatib, shunga qo’l
qo’yishimizni, masalani bitirishimiz kerak ekanligini aytdi. O’qib ko’rsak, komissiya “hukumat
talashib yurgan to’dalar”ning aybi bilan qon to’kilgani va bunday harakatlarni ta’qiqlash zarurligi
xulosasiga kelgani aytilgan. Janjallashib qoldik. Men boshqa hisobot yozdim. Ammo ko’pchilik
Primqul Qodirov taqdim etgan hisobotga imzo chekkani uchun, o’sha hisobotni olib, ostiga qo’lim
bilan uning yolg’onligini va gap nimada ekanligini ilova etib qo’shimcha yozdim. Qarangki o’sha
kezda baribir dovyuraklar topilardi, bu raddiyamni qo’llab to’rt kishi imzo chekdi.
Biz masalani rayosatga olib chiqdik. Sessiyada muhokama qilamiz, desak, Islom Karimov
majlisga kelib qoldi va masalani kengroq tekshirish kerakligini aytib, kun tartibidan chiqarishni
so’radi. Qo’mita raislari rozi bo’ldilar.
Biz to’plangan hujjatlarni uch nusxada ko’paytirgan edik. Ularning to’rtinchi nusxasini ham qilib,
bir yosh jurnalistga berdim va:
-Buni olib borib, temir qutiga solib, ko’mib qo’ying, kelajakda sizni tanitadigan manba bu,
qolaversa tarix va xalq oldida ulkan xizmat qilgan bo’lasiz,-dedim.
Bizning qo’limizga o’ta muhim hujjatalar o’tib qolgani bois Karimov juda bezovtalanib qoldi.
Parkent komissiyasi hujjatlarining har uchchala nusxasi ham menda edi va bir kuni ishga kelsam,
xonamda mazkur hujjatlar turgan kattakon seyf “yo’qolib” qolgandi. Hukumat binosi, mirshablar
tomonidan qo’riqlanadi. Qolaversa, qavatimizda Oliy Kengash raisining xonasi. Shunday holda
kelib-kelib Oshkoralik qo’mitasida kaminaga ajratilgan seyf yo’qolib qolsa-a? Lekin o’ylantirgan
joyi shuki, seyfni ochishlari mumkin bo’lgani holda nega butunlay ko’tarib ketishdi? Xayriyat-ki,
hujjatlarning bir nusxasini oldinroq birovga berib yuborgan ekanman. Aks taqdirda Parkent
voqeasi ham Farg’ona fojeasi kabi tarixning oppoqq sahifasiga aylanib qolar va uni istaganlari
kabi talqin etishardi.
Kelgusida Parkent komissiyasi hujjatlarini balki o’sha jurnalist nashr etar va Karimov tarixining
bu qonli sahifasidan xalq to’la xabardor bo’lar?!
Do'stlaringiz bilan baham: