Jahongir mamatov: iak memuar umid yoki kirish o’rnida



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/58
Sana22.07.2022
Hajmi1,08 Mb.
#838387
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
iak-lotin pdf

32.KARIMOVNING KOMANDASI
Karimov demokratiya uchqunlarini o’ldirib, diktatura o’rnatgan dastlabki yillarda uning 
komandasida kimlar bor edi? 
-Shavkat Yo’ldoshev, Oliy Kengash raisi 
-Ismoil Jo’rabekov-Bosh vazir o’rinbosari 
-Temur Alimov- Prezident maslahatchisi 


-Bo’ritosh Mustafoyev, Bosh prokuror 
-G’ulom Aliyev-KGB(MXX) raisi 
-Zokir Almatov-Ichki ishlar vaziri 
-Bobur Malikov, Oliy Sud raisi, Adliya vaziri 
-Anatoliy Efimov-O’zkompartiya MK ikkinchi kotibi 
-Ubaydulla Abdurazzoqov-Tashqi Ishlar vaziri 
-Rustam Shog’ulomov- Davlat Matbuot qo’mitasining raisi 
-Erkin Hayitboev- O’zTeleradio qo’mitasining raisi 
-Adham Fozilbekov- Toshkent shahar hokimi 
-Sayfullo Saydaliev -Toshkent viloyat hokimi 
-Po’lat Abdurahmonov-Samarqand viloyat hokimi 
-Mavlon Umurzoqov, Prezident maslahatchisi 
-Shoxobiddin Ziyomov- Prezident maslahatchisi 
-Aziz Nosirov, Komsomol yoshlar rahbari. 
-Jahongir Hamidov, O’zkompartiya ideologiya kotibi. 
-Baxtiyor Nazarov- Prezident maslahatchisi 
-Damir Yodgorov-Buxoro viloyat hokimi 
-Shavkat O’razaev-Konstitutsiyaviy qo’mita raisi 
-Jamol Kamol- Yozuvchilar soyuzining raisi 
-Alisher Toshkentboev-Jizzax viloyat hokimi 
-Burgut Rapig’aliev-Namangan viloyat hokimi 
-Marks Jumaniyozov-Xorazm viloyat hokimi 
-Baxtiyor Hamidov- Bosh vazir o’rinbosari 


-Erkin Samandarov-Bosh vazir o’rinbosari 
-Shavkat Mirziyoev- Oliy Kengash Sanoq komissiyasining raisi 
-Erkin Xalilov-Oliy Kengash Huquq-tartibot qo’mitasining raisi 
-Urayim Abdug’aniev-Bojxona rahbari va boshqalar. 
33. XULOSA O’RNIDA
Siyosat ham san’at deyishadi. Aslida san’at ham siyosatdir. Siyosat san’at ekanligi sezilib 
qolganda, emirila boshlaydi. San’at ham siyosatligi bilindimi ”oyog’i sinadi”. San’atning go’zal 
bir bo’lagi – raqs, o’yin. Siyosatning harom bir bo’lagi – o’yin. Biri teatr, tomosha sahnasida, 
kichik davralarda hukm sursa, ikkinchisi juda o’lkan sahnada – mamlakat, dunyo sahnasida “jilva” 
qiladi. 
Bugun bizning yurtimiz sahnasida – ham siyosat, ham san’at sahnasida iftixorga aylangan hayosiz 
o’yinlar ko’payib ketdi. 
O’zbekistonning yangi Konstitutsiyasi qabul qilingan sessiya arafasida mamlakatda terror 
boshlangan, diktatura quloch yozgandi. Muxolifat qatag’onga olingan, quvg’in, surgunlar 
boshlangandi. Sessiya ham ana shu ruh, ana shu kayfiyatda o’tdi. Bosh qonun deyarli 
muhokamasiz qabul qilindi. Shu kuni kechqurun prezident poytaxtning “Navro’z” koshonasida 
millatvakillariga, saroy a’yonlariga ziyofat berdi. 
Ziyofat oqshomi prezidentning ko’zlaridagi tahlika yo’qolmagandi. U shu kuni qandaydir noxush 
xabar olgani sezilib turardi. Sessiyaga kirishda deputatlarni lazerli maxsus uskunalar yordamida 
“bojxona”dan o’tkazishdi. Ayol deputatlardan birining sumkasidan temir kuldon chiqib qoldi. 
Yarim soat so’roq qilishdi. Biz kuldik: “Agar kuldon bilan kimningdir joniga qasd qiladigan 
bo’lsa, demak yapon maktabida o’qigan”. 
Ziyofat zalida mehmonlardan qo’riqchilar ko’proq edi. Sigaret chekmoq uchun joyimdan 
qo’zg’algandim, yigirmaga yaqin yigit men tomonga o’tdi. Yonimga Milliy Xavfsizlik xizmati 
qo’mitasining raisi G’ulom Aliev keldi. 
-G’ulom aka, “qo’ylar ham cho’chqa holiga” tushibdi-ku? – dedim ziyofat oldidan maxsus 
aravachalar ustida cho’chqaga o’xshab yotqizilgan, boshi va oyog’i kesilmasdan pishirilgan 
qo’ylarga sha’ma qilib. 
-Bugun shod-hurramlik, shunaqa gaplarning o’rnimas, – dedi G’ulom Aliev. Sezdimki, suhbatimiz 
yozib olinmoqda. Chunki G’ulom aka bilan yon qo’shnimiz. Yakkama-yakka qolganda tuzumdan, 
prezidentdan noroziligini gap orasiga qistirardi. Bu ham balki “lambada”dir? Har holda, o’yinni 
samimiy o’ynardi. 
Birdan Olmaxon Hayitovaning jarangdor ovozlari yangradi. O’rtaga Xorazm viloyati hokimi 
Marks Jumaniyozov chiqdi. U va Vazirlar Mahkamasi raisining muovini Erkin Samandarov 


O’zbekiston mustaqilligining bir yilligi tantanasida birga raqsga tushib, prezidentdan 
tashakkurnoma olishgandi. Marks Jumaniyozov qarsaklar og’ushida goh qosh uchirib, goh o’tirib-
turib o’ynardi. 
Odamlarning ko’zi prezidentda edi. U zaharli jilmayib turardi. Bu jilmayishni tashakkurnoma deb 
anglashdi, shekilli, birin ketin-viloyat hokimlari raqsga tusha boshladilar. Samarqand viloyat 
hokimi Po’lat Abdurahmonov raqsga usta emas ekan. Deputat Oygul Mamatovaning jozibador 
o’yini bu qusrni yopib yubordi. Buxoro viloyat hokimi Damir Yodgorovning “badani”da bor ekan, 
ancha vaqt davra aylandi. Hatto, bir qo’li bilan qoshini yuqori ko’tarib, prezidentga qarab “hunar” 
ham ko’rsatdi. 
Xullas, hokim raqqoslar musobaqasi prezidentning xijil ko’nglini yozdi. 
Navbat millatning guli va aqli bo’lmish ijodkorlarga keldi. To’g’rirog’i, prezident so’zni avval 
Said Ahmadga, so’ng Odil Yoqubovga berdi. 
Said Ahmad mikrofonni ikki qo’llab ushlagancha davraga bir nazar soldilarda yuraklarini ochdilar. 
-Men ham mustaqillik uchun kurashganlardan biriman, – dedi u kishi. – Sovetlar imperiyasida 
mustaqillik haqida gapirish u yoqda tursin, hatto fikrlash ham qo’rqinchli edi. Lekin biz 
yuragimizdagi bu dardni asarlarimizga singdirdik. “Kelinlar qo’zg’oloni”ni yozarkanman, dilimda 
shu maqsad edi. Markaz zulmidan ozod bo’lish g’oyasi asarimning boshidan oxirigacha 
chekinmaydi. Bu asarda o’n besh mustamlaka jumhuriyatning dardi, tashvishlarrini berishga 
intildim. Bosh qahramonlarimning har biri bir jumhuriyatning obrazidir… 
Davrada o’tirganlardan biri “O’zbekiston kim ekan?” deb shivirladi. “Sottixon bo’lsa kerak” 
degandim, yonimizdagilar kulib yuborishdi. Said Ahmad esa hali so’zlarida davom etmoqda 
edilar. 
-Muhtaram prezidentimiz Islom aka Karimov mustaqilligimizni e’lon qilgan pahlovon 
xalqimizning Alpomish o’g’li, umidlarimizning yorqin sho”lasidirlar. Mana, yana u kishining 
dadil va jasoratli odimlari bilan yurtimizning yangi Bosh qonuni qabul qilindi… 
Said Axmad bisotidan terib – terib hamdu sano yog’dirgani prezidentni shod qildi. Ammo Odil 
Yoqubov yanada jozibali, yanada obrazli nutq irod etdi: 
-O’zbekiston yarador, majruh bir ot, to’g’rirog’i toychoq edi. Rus mustamlakasi paytida ezilgan 
bu toychoqning ko’zlari yosh, dardi og’ir edi. Islom Abdug’aniyevich uning yoshlarini avaylab, 
yollarini tarab, silliqlab, yarasiga malham bosib parvarishladilar. Bu toychoq tezda kuch to’plab, 
parvozga shaylangan ot holiga keldi. Bugun Islom aka sohibi davlat sifatida uni egarladilar. Dul-
dul yuksak parvozlarga shaylandi. U o’z chavandoziga, chavandozi esa unga yarashib turibdi… 
Balki vaqt o’tib adiblarimizni “O’shanda obrazli qilib, Karimov xalqning elkasiga minib oldi” 
deganlar topiladi va hech kim e’tiroz qilmaydi. Chunki “lambada” har qanday kishining sog’lom 
fikrlarini toptab, or-nomus ko’chasidan uzoqlashtiradi. 


-Bugun Islom akaning mardligini ko’rolmayotganlar bor, – deya davom etdi O. Yoqubov. – Ular 
adashgan, kimdandir, nimadandir norozi kishilardir. Shu sabab, Siz Islom aka, undaylarga e’tibor 
ham bermang. Xalq ularga allaqachon baho berib bo’lgan. Shunday deymizu, ammo ular asabni 
egovlab, katta ishlar va maqsadlar yo’lida to’siq bo’lishgani ayanchlidir… 
So’ng Ortiq Otajonov prezidentga “bir kapgir” maqtov yog’dirib, qo’shiq boshladi. 
Davraga raislik qilayotgan Namangan viloyati hokimi, prezident iborasi bilan aytganda “oqsoqol” 
Burgutali Rapiqaliev ishorasi bilan o’rtaga yana hokimlar chiqdilar. Raqs tugagach, Karimov “ikki 
ulug’ adib” sharafiga qadah ko’tarishni buyurdi. 
Stol ustidagi shishalar allaqachon bo’shab qolgani uchun ba’zi a’yonlar bo’sh qadahlarni ko’tarib, 
buyruqni bajardilar. 
Vaqt kelib, ular ham o’zlarini oqlashlari uchun imkon bo’ladi. Ya’ni: “Biz o’shanda fikrlarga 
qo’shilmaganimiz uchun bo’sh qadahni ko’targandik”, deya. Ularni hozir ham ayblamoqchi 
emasmiz. Ular “lambada” asirlari. Asir esa buyurilganni bajarishga mahkum. Asirlar sud 
qilinmaydilar. 
Qo’shiq aytib turgan G’ulomjon Yoqubovga prezident nimanidir ishora qildi. U kuy ohangini 
o’zgartirib, Karimovga Mustaqillik kuni yoqib qolgan nasihat – qo’shig’ini boshladi. Shu payt 
uning yonida hofiz Sherali Jo’raev paydo bo’ldi. 
Sherali Jo’raev haqida shu kunlari turli mish-mishlar tarqalgandi. “Karimov uni televizordan, 
radiodan olib tashlabdi”. “U hajga borganda prezidentni Xudosiz debdi”. Bu gaplarda jon bor edi. 
Rostdan ham Karimov bir majlisda TV “katta”siga Sherali Jo’raevni ko’rsatmaslikni buyurgandi. 
Hofiz hamkorining qo’lidan torni olib: ”Men O’zbekiston gimnini yozganman, shuni ijro 
etaman”, dedi. Prezident boshini quyi solib, yonidagi maslahatchisi Mavlon Umrzoqovga nimadir 
dedi. Uning rangi oqadi. Har holda javob qildi. Nazarimda, u “Sherali Jo’raev ro’yxatda yo’q edi”, 
deb qutuldi. 
Qo’shiq tugagach, ”ob-havo” buzilaganini sezgan a’yonlar qarsak chalmadilar. Hofiz engil kuy 
chalib, o’tirganlarni raqsga “da’vat” etdi. Hamma jim. 
Ko’p o’tmay bu “noxushlik”ni prezident unutdi va o’zi raqsga tushdi. Juvon deputatlar, hokimlar 
uni qurshab oldilar… 
“Navro’z” koshonasidan qaytarkanmiz, ko’ngil xira, chunki Karimov “o’rmonga o’t qo’ygandi”. 
Yong’in yashin tezligida viloyatlarga, tumanlarga tarqalayotgandi. O’rmon ichida ming-
minglab gunohsizlar azob o’tida qovrilayotgandilar. 
Ko’ngilni ana shu yong’in yoqmoqda edi… 
1992-2005 yillar.


Toshkent-Baku-Istanbul-Vashington.
Muallifdan:
Ushbu memuar yozilish jarayonida, undan keyin ham yillar davomida saytlarimda 
turdi. Boshqa saytlarda ham qayta-qayta e’lon qilindi. Oshkoralik nuqtai nazaridan jamoatcilik 
tasdig’idan o’tdi. Shundan so’nggina kitob holida chop etildi. 

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish