ustiga urdi-da, haligi qizning yuziga tarsaki tortib yubordi. Keyin onasi-yu otasini bug’doyzordan
olib arpazorga soldi.
-Ha, endi bolalikda nima bo’lmaydi?- deya unga qarshilik qilgan bo’ldim.
Oradan
ikki yil kechib, Rossiyaning «Ostankino» oynaijahoni «Xalq saylagan rahbar» nomi
bilan Islom Karimov haqida “hujjatli” film namoyish qildi. Keyinchalik bilsam, bu filmni ruslar
O’zbekistonning o’sha kunlardagi juda katta miqdordagi puliga javoban sifatida suratga olishgan
va pulni reklama uchun, deb rasmiylashtirishgan ekan. O’zbekiston hukumati “Mamlakatimizni
jahonga tanitish uchun” deya televideniega katta miqdordagi pulni ko’chirgan ekan. Lekin film
faqat Karimov shaxsini ulug’lash haqida edi.
«Bolalikdan balandga sakrashni yaxshi ko’rardim» dedi «xalq suygan» rahbar va filmda bu gap
takror-takror ekranga chiqarildi. Shunda ko’z oldimdan Tamara opaning hikoyasi xuddi hujjatli
film kabi o’ta boshladi: qovun to’dasi ustidan sakrab o’tayotgan bola va yiqilib qontalash bo’lgan
dehqon bobo!
Oradan ko’p o’tmay yana Samarqandga borganimda Tamara opani gapga tutdim.
Ammo u
ochilmadi. Mendan shubha qilayapti, deb Karimovning odamlarga o’tkazayotgan zug’umlaridan
aytib berdim.
Keyin u:
-Sinfdoshlarimizga nimadir bo’layapti,-dedi,- Ba’zilari televizorga chiqib yolg’on gapirib, Islomni
maqtashayapti. Uning Oltin medal bilan maktabni bitirgani haqida to’qib-bichib gapirayaptilar.
Ba’zilari esa O’zbekistondan ko’chib ketayaptilar…
Yanagi borganimda Tamara opa ham ko’chib ketgan ekan. Kimdir “Rossiyaga ketdi” desa, yana
kimdir “Amerikaga ketdi” derdi.
Xullas, u prezidentning bolaligi haqida bilgan narsalarini qayerga bo’lsa ham boshqa sinfdoshlari
kabi o’zi bilan birga olib ketgandi.
Bir kuni saylovdagi ishonchli vakilim Hafiz aka Azizov to’yga aytdi. Alohida uyda Karimovning
akasi Ibod aka va oqsoqollar o’tirishgan ekan. Hafiz aka o’sha xonaga boshladi.
-Ibod Abdug’aniyevich yon qo’shnimiz bo’ladilar, – deya tanishtirdi Karimovning akasini bag’ri
daryo, birovga yomonlik istamaydigan inson Hafiz Azizov.
-Bizning bolalarning tog’asiga o’g’il bo’ladilar bu kishi,-dedi-da Hafiz aka tashqariga chiqdi. Biz
ancha suhbatlashdik. Ibod aka ochilmadi. Ukasi haqida so’z aytmadi. Faqat yaqinda to’y qilgani,
to’yga Samarqand viloyat hokimi Po’lat Abdurahmonov kelganini tojik tilida qistirib o’tdi. U uzr
istab chiqib ketgach, do’stlari gap boshlashdi. Balki meni tojik tilini tushunmaydi, deb uylashdimi,
yoki sessiyada Karimovga qarshi gapirganim uchun ataylab “surpa”ni ochishdimi,
harqalay
tushunolmadim.
-Ukasi to’yiga kelmadi. Shundan og’ringan bu, – dedi oqsoqollardan biri.
-Islomni bilmaydimiki, xafa bo’lsin, – dedi boshqa bir oqsoqol.
-Narigi akasi o’lganda soat to’rtgacha tobutni ko’tarishmadi. Bir vaqt keldi-yu, «komissiya bor»
deb orqasiga qaytib ketdi.O’shanda xafa bo’lmagan odam, endi ranjiydimi?
-Ishqilib oxiri baxayr bo’lsin. Qurg’ur otasini ham zor qaqshatgandi-da…
-He,otasida ham bor edi…
-Otang gadoy bo’lsa to’rva ushla, deyishgan. Uyda otamiz o’tirganda tomga chiqarmidik? U
otasini ham, onasi Sanobar xolani ham xo’rladi. Oxiri uydan quvib qutilishdi sho’rliklar…
Bu gaplarga ishonmasamda vujudimga sovuq bir titroq kirdi. Titroq savollarga aylandi׃
Nahotki, ona O’zbekistonning peshonasiga shunday bir o’g’il bitgan bo’lsa? O’zbekistonning
oxirati Abdug’ani ota va Sanobar ayalarning taqdiriga o’xshamasmikan?!
La’nat shaytonga, deb savollarni quvdim. Keyin bu gaplarni bot-bot surishtirdim.
Hatto
qamoqdagi ukasi Arslon ozodlikka chiqib Toshkentga kelganida Karimov qabul qilmagach, bu
gaplarni oshkor qilganini aytishganda ham «dedi-dedi» deb o’yladim. Ammo, haqiqat o’lmaydi.
Baribir o’zini ko’rsatadi. Karimovning eng yaqin qarindoshlari ham buni tasdiqlashdi. Ular ham
unga ishonmas edilar. Yurtga achinishardi. Lekin keyinchalik
prezidentning yaqini, deb ularga
etibor kuchayib ketdi. Ayniqsa Arslon mafiyani qo’lga oldi. Balki mafiya uni qo’lga olgandir?
Do'stlaringiz bilan baham: