Jahongir mamatov: iak memuar umid yoki kirish o’rnida



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/58
Sana22.07.2022
Hajmi1,08 Mb.
#838387
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   58
Bog'liq
iak-lotin pdf

YO’LDOSHEV VOQEASI


Toshkentda gap tarqaldi: “Karimov Oliy kengash raisini tepa-tepa xonasidan quvibdi. Uning 
baqirib qochganini atrofdagilar tomosha qilishibdi”. 
Bo’lmagan gap deb o’yladim. Og’izga kelganini gapiraverisharkan-da! Lekin ishonmaganni 
ishontirish uchun-mi voqealar takror bo’lar ekan. 
Devondagi ishimning birinchi kuni Karimov bilan gaplashib bo’lganimizdan keyin, Zelemxon 
Haydarov beshinchi qavatga olib tushib, ishlaydigan xonani ko’rsatdi. Allaqachon xonani 
tayyorlab, eshigiga ismimni ham yozib qo’yishgan ekan. 
-Bu qavatda faqat maslahatchilar va yordamchilar joylashgan,-dedi Zelemxon aka va ish 
boshlashim mumkin ekanligini aytib, chiqib ketdi. 
Oliy majlis binosiga ketdim. Ko’p o’tmay Kraynov qidirayotganini aytishdi. “Katta 
so’rayaptilar”, dedi u. 
Prezident devoniga kelsam, qabulxonada Bosh vazir o’rinbosari Ismoil Jo’rabekov, 
Surxondaryoning rahbari Hakim Berdiev va yana bir ikki-kishi kutib turishgan ekan. Mavlon 
Umrzoqov esa, tez-tez pastga, beshinchi qavatga borib kelayotgan edi. 
Shu payt birdan eshik ochilib taqaru-tuqur tovushlar eshitildi. Ichkaridan avval Oliy majlis raisi 
Shavkat Yo’ldoshev yugurib chiqdi. Orqasidan prezident. Karimov yugurgancha bir sakrab uni 
tepmoqchi bo’lar va u tezroq qochayotgani uchun Karimovning oyog’i havoda muallaq aylanib 
qolardi. Koridorning oxiriga yetib borganda Yo’ldoshevni yaxshilab tepdi, shekilli, u beshinchi 
qavatga olib tushadigan zinapoyali eshikka urilib ketdi. Shundan keyin orqaga qaytib, barmog’ini 
mening qornimga niqtagancha׃ 
-Ha, geroy!,-dediyu ichkariga kirib ketdi. 
Nima bo’layotganini tushuna olmay qoldim. Qarasam, atrofimda hech kim yo’q. Hamma 
qayoqqadir g’oyib bo’lgan. Keyin Kraynov shkafga o’xshatib qurilgan devorning pastqamgina 
eshigidan chiqib keldi. Uning xonasi shu erda ekan. Orqasidan qolganlar ham chiqishdi. Bunday 
paytda Karimovning ko’ziga ko’rinmaslik shart ekan. Men esa bilmay qoidani buzib qo’yibman. 
Shu bois ham Karimov “Ha, geroy!” deb o’tgan. 
Qaysi bir ma’noda ko’nglim cho’kib ketdi. Lekin Yo’ldoshevning orqasiga tepgani uchun emas. 
Farg’ona voqealarida qo’li qonga botgan bu odam har daqiqada bir tomonga o’zgaradigan, juda 
qo’pol, printsipsiz bir kishi edi. U deputatlarga past nazar bilan qarar va ularni kamsitishga 
urinardi. 
Shu bois unga rahmim kelmadi. Ammo unga bo’lgan munosabat boshqalarga ham, jumladan 
menga ham bo’lsa-chi, degan bir fikr qalbimni tirnadi. 

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish