-Ixtiyoriy, ammo…
-Ixtiyoriy bo’lsa, bizga uzr,-deya chiqib ketdik.
O’sha kuni Baxtiyor Nazarov xonamning yonidan o’tgan kishi bo’lib,
bosh suqdi-da;
-Sizni deb kaltak edik!-dedi.
Boshqa payt bo’lganda bu adabiyotshunos olimning obrazli gapi deb qo’ygan bo’lardim. Ammo
o’sha damda u rostdan ham kaltak eganiga shubham yo’q edi.
KRAYNOV VOQEASI
“Kraynov” degan nomni eshitganlarning labiga uchuk chiqar edi yo tizzasi qaltirardi desam lof
bo’lmas. Karimovdan boshqa hamma uning yonida qulbachchaga o’xshab, qo’l qovushtiirb
turardi. Uning oldi-qochdi gaplarini eshitib o’tirardilar, qarshi gap aytolmasdilar. Vazirlaru
hokimlar Kraynovning ko’nglini topishga urinardilar, xursand qilib turishga intilardilar. Har kuni
sim qoqib,
uning hol-ahvolidan, oilaviy tashvishlaridan so’z ochib, diliga iliqlik kiritib turardilar.
Kraynov ishga hammadan oldin kelardi va hammadan keyin ketardi. Ba’zan mamlakat uxlayotgan
yarim tunda ham u ishxonasida o’tirardi. Karimovning yotog’idan “uxladilar”deb xabar kelgach,
u uyiga yo’l olardi.
Karimovning huzuriga kim kirishi, kim kirmasligini u hal qilardi. Maxsus kitobi bor. Unda
Karimov kimlarni, qaysi lavozimdagi kishilarni qabul qilishi kerakligi asosida ro’yxat tuzgan. Uni
Karimovning kayfiyati yaxshi paytlari o’zgartirib, tasdiqlatib turardi. Bu ro’yxatga kirmagan kishi
kim bulishidan qat’iy nazar Karimov bilan uchrasha olmasdi.
Kraynovga yoqqan kishi esa kim bo’lishidan qat’iy nazar ro’yxatga kirishi mumkin edi. U
Karimovning fe’l-atvorini mukammal o’rganib olgan. Gapini ikki qilib yurganlarni Karimovning
jahli chiqib turganda ro’baro’ qilardi. O’sha odamning boshiga qora bulut yog’ilardi.
Karimov ba’zan unga “falonchini so’kib qo’y” deb buyurardi. U xuddi Karimovning o’ziga
o’xshatib chunonam baqirardiki, tovushi butun qabulxonada eshitilib turardi.
Karimov biror
odamga xush boqsa, Kraynov unga shunaqa shirin so’zlar topib muomala qilardiki, haligi odam
uchun dunyoda yolg’iz Kraynovgina sodiq do’st bo’lib ko’rinardi.
Odamlarga laqab qo’yishda shu qadar ustaki, qabr ustiga tosh o’rnatgan ustadek nozik harakat
qilardi. Ya’ni u otgan o’q nishonga aynan tegardi. Masalan Jo’rabekovga “Botsman”, Alimovga
“Beriya”, boshqa maslahatchilarga “Artist”, “Devor”, “Tryapka” deb laqab qo’ygan.
Shavkat
YO’LDOSHEVni esa “Ho’kiz” der edi.
Bir kuni Karimov men yozgan nutqni ko’rar ekan, uni chaqirdi.
-Qani Johongirga (U Jahongir emas, Johongir der edi-JM) Eltsin va Akaev voqeasini aytib ber,-
dedi.
Kraynov prezidentning ichkaridagi xonasiga yugurib kirib temir qoshiq olib keldi-da Karimovga
berdi. Keyin egilgancha boshini Karimov tomonga cho’zdi. Karimov qoshiq bilan uning boshiga
urub ruschalab ashula aytib turdi.
Keyin Karimov qoshiqni stolning ustiga tashladi-da miriqib kuldi va:
-Eltsin ichib olib Akaevni ana shunday ashula aytishga zo’rlabdi,-dedi.
Kraynov mamnun qiyofada chiqib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: