Jahongir mamatov: iak memuar umid yoki kirish o’rnida


KUCH ADOLATDAMI, ADOLAT KUCHDAMI?



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/58
Sana22.07.2022
Hajmi1,08 Mb.
#838387
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58
Bog'liq
iak-lotin pdf

21. KUCH ADOLATDAMI, ADOLAT KUCHDAMI?
1991 yil… 
Bir kuni Vazirlar mahkamasining birinchi qavatidagi kichik zalda tashabbuskor deputatlar 
tomonidan ilgari surilgan “Maoshlarni indeksatsiya qilish”, ya’ni maoshlarning inflyatsiyaga 
qarab avtomatik tarzda oshib borishini qonunlashtirib qo’yish haqidagi loyiha muhokamasiga unga 
qarshi bo’lgani uchun Karimovning o’zi keldi va qanday savol bo’lsa javob berishini aytdi. Ammo 
savollarga o’tirganlarni bepisand qilgan tarzda, asabiy ohangda javob bera boshladi. Bu uning 
“Sizlarning iqtisoddan nima xabarlaringiz bor!” deganday deputatlarni kamsitish tutumi edi. 
Karimov bu masalaga qarshi bo’lgani keyinchalik bilindi. U narxlar oshishidan ham o’ziga foyda 
yo’lini topdi. Narxlar oshishi haqidagi qaror bosh vazirga imzolatilsa, ortidan maoshlarni oshirish 


Farmoniga o’zi qo’l qo’yadigan bo’ldi. Vaholanki, biz buni dunyodagi juda ko’p mamlakatlarda 
bo’lgani kabi qonuniy yo’lga qo’ymoqchi edik. 
Oldinroq bir savoli uchun kamsitilgan Toyiba To’laganovaning talabini himoya qilib, Karimov 
bilan biroz tortishgan edim va uning bu gapidan keyin yana so’z so’ramay tura olmadim. 
-Masalani soddalashtiradigan bo’lsak, hovlingizning to’rida qurilish qilmoqdasiz, mehmonxona. 
Uyda g’isht, yog’ va non tamom bo’lgan. Tushlikda “Ochqoldim” deb dod soldingiz. Xotiningiz 
qo’lida pul yo’qligini aytdi. Chunki siz sandiqdagi pul faqat qurilishga deb ajratib qo’ygan edingiz. 
Nima qilasiz, ochlikka chidaysiz-mi? Axir bugun mamlakat bo’ylab kerakli, zarur qurilishlar, 
masalan ishlab chiqarish korxonalari emas, asosan ma’muruy binolar qurilmoqda. Shunday ekan 
siz keltirgan sabab loyihani qoldirishga asos bo’lolmaydi,-dedim . 
Karimov qizarib ketdi va jahlini yashirishga har qancha urinmasin baribir baland ovozda gapira 
boshladi: 
-Siz samarqandlik bo’la turib shunday deyishingizga hayronman. Temurlang dunyodagi eng katta 
diktator bo’lgan. Ammo bugun u qurgan binolar tufayli Samarqand dunyoga mashhur, uning o’zi 
ham. Uning kalladan minora qurganini emas, balki Samarqandda loydan qurgan minoralariga 
oshiq hamma. Biz qornimizni emas, kelajakni o’ylashimiz kerak… 
Qaytib joyimga o’tirmasdan Karimovning gapini eshitib turganim uning asabiga tegdi va “Yana 
nima demoqchisiz?” degandek gapini to’xtatib menga qaradi. 
-Birinchidan,- dedim,- siz ham samarqandlik va o’sha minoralarning yonida kattta bo’lgansiz. 
Ularni boshqalar qurishgan. Samarqandda Amir Temur qurdirgan bitta maqbaradan boshqa deyarli 
ko’zga tashlanadigan bino qolmagan. Lekin Samarqandni dunyoga mashhur qilgan narsa 
Temuriylar davrida madaniyat va san’atning rivojlanganidir. Biz bugun madaniyat va san’atni 
faqat ma’muriy binolar qurish, deb bilayotgan bo’lsak, katta xato qilgan bo’lamiz. 
Ikkinchidan esa, Temurlang deb uni kamsitish uchun aytishgan. 
Karimov cho’ntagini kovlab, kichik daftarchani oldi. U turli ihtiboslarni pala-partish yozib yurar 
ekan, shu damda keraklisini topa olmadi: 
-Hozir topolmadim, lekin yozib qo’ygandim, Temurlang… kechirasiz Amir Temurning o’zi 
“Bizga baho berish uchun biz qurdirgan hashamatli binolarga nazar soling” degan,-dediyu bir zum 
boshini egib o’ylanib qoldi. 
U qachon o’zbekchada tortishuvga kirsa, mantiqli javob topolmasdan yutqazishini bilardi. 
Shu topda uning bu gapiga ham javobim tayyorligini bilgani uchun ham boshini ko’tarmay, aslida 
gapimda jon borligini ta’kidlab, mavzuni boshqa tomonga burib yubordi. 
Ammo mana shu qisqa savol-javobning o’zi uning ko’nglida nima yotganini yaqqol ko’rsatib 
bergandi. 


Shu bois oradan bir yil ham u o’tmay o’zini “Amir Temurning davomchisi” degan siyosatni 
boshlatdi. Bu eng avvalo uning nutqlarida va gazetalardagi maxsus yozdirilgan maqolalarda 
ko’rina boshladi. 
Matbuotda Islom Karimovni Amir Temurga tenglashtirib yozish musobaqaga aylandi. 
Tarixga, millatga, o’z-o’ziga haqorat kundan kunga «gullab ketdi». 
1994 yilda quvg’inda, Bakuda Amir Temurning tuzuklarini takror o’qidim. Undagi 12 qoida bilan 
Islom Karimov faoliyatini solishtirishga urindim. Tuzuklarda keltirilgan sifatlarning qaysi biri 
Islom Karimovda bor degan savolga javob qidirdim. 

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish