602
tashqari) asosan, mijozlarining faoliyatida uchraydigan iqtisodiy (ya‘ni
bank uchun tashqi) risklarga bog‗liq bo‗ladi. Ixtisoslashtirilgan tijorat
banklari o‗z yo‗nalishidagi maxsus bank operatsiyalari bo‗yicha ham
risklarga uchraydilar.
Ichki risklar bankning turi va xususiyatiga, uning faoliyati,
xarakteriga hamda uning mijozlar tarkibiga bog‗liq bo‗ladi.
Bankning aktiv operatsiyalarining risklari foiz risklari darajasi bilan
bog‗liq bo‗ladi. Bu risklar banklarning o‗z faoliyati jarayonida yuzaga
keladi.
Foiz risklarning boshqarilishi aktiv va passivlarni boshqarilishidan
tashkil topadi. Foiz risklarni boshqarishning bir necha tamoyillari
mavjud. Bular quyidagilar:
1. Bankning foiz marjasi qancha yuqori bo‗lsa, foiz riski darajasi
shuncha past bo‗ladi.
2. Spred tamoyili. Bunda olingan aktivlar bo‗yicha tortilgan
o‗rtacha stavka va to‗langan majburiyatlar bo‗yicha tortilgan o‗rtacha
stavka o‗rtasidagi farq tahlil qilinadi. Tahlil uchun ma‘lumotlar, odatda,
bankning statistik hisobotidan olinadi.
3. Bankning o‗zgarmas va suzib yuruvchi foiz stavkalari bilan
balansdan tashqari aktiv va passivlarni tahlil qilishdan iborat.
Foiz risklarining darajasi quyidagilarga bog‗liq bo‗ladi:
- aktivlar tuzilishidagi o‗zgarish,
shu jumladan, kredit va
investitsiyalarning hajmi, aktivlarning qayd qilingan va suzib yuruvchi
foiz stavkalari, ularning bozordagi narxi dinamikasi.
- passivlar tuzilishidagi o‗zgarish, ya‘ni o‗z va qarz mablag‗larning
mutanosibligi, muddatli va jamg‗arma depozitlar, ularning muddati va
foizlarining mosligi.
- foiz stavkasi dinamikasi.
Foiz risklari darajasini boshqarish va nazorat qilish uchun bank
faoliyatining aniq bir holatiga bog‗liq holda muhim strategiyalar ishlab
chiqish lozim.
Tijorat banklari faoliyatida portfel risklariga ham e‘tibor berish
lozim.
Portfel risklari qimmatli qog‗ozlarning alohida turlari hamda
ssudalarning barcha kategoriyalari bo‗yicha zarar ko‗rish ehtimoli bilan
belgilanadi. Portfel risklari moliyaviy, likvid risklar, tizimli va tizimsiz
risklarlarga bo‗linadi.
Moliyaviy risklar quyidagicha aniqlanishi mumkin: banklar,
aktsioner jamiyatlar, qo‗shma banklar qancha ko‗p qarz mablag‗lariga
599
riskini prognoz qilish davlat qurilmasining tarkibi va sifat darajalarini
tahlil qilishga, shuningdek, amaliy ma‘lumotlar va nisbatlarni
o‗rganishga asoslangan miqdor ko‗rsatkichlariga tayanishi kerak.
Mamlakat riskini baholashda asosiy ko‗rsatkichlar sifatida quyidagi
ko‗rsatkichlarni tahlil qilish lozim:
iqtisodiyotning samaradorligi (bunda davlat bo‗yicha yalpi
milliy mahsulotning o‗rtacha yillik o‗sishi hisoblanadi);
siyosiy risk darajasi;
jahon banki ma‘lumotlariga asosan olingan kreditlar miqdori,
ular bo‗yicha qarzdorlik darajasi, kreditni qaytib to‗lash jarayonining
amalga oshirilish sifati, eksport hajmi, tashqi qarzlar, tashqi savdo
oboroti v.b.;
bank kreditlarini olish imkoniyati;
qisqa muddatli kreditlash imkoniyati;
uzoq muddatli kreditlash imkoniyati;
fors-mojor holatlarining yuzaga kelishi;
mamlakatning kreditga layoqatlilik darajasi;
tashqi qarzlar bo‗yicha to‗lanmagan majburiyatlar v.b.
Riskning asosiy turlari bir-biri bilan bog‗liq va amaliyotda ularni
ajratish ko‗pincha murakkabdir. O‗z navbatida, siyosiy va iqtisodiy
risklar ham ichki va tashqi bo‗lishi mumkin.
Alohida olingan bank faoliyatiga sezilarli ta‘sir qiluvchi risklar,
bank faoliyatidan kelib chiquvchi risklar – bu ichki risklardir.
Banklarning ichki risklariga bankning o‗z faoliyati, uning mijozlari
(uning qarzdorlari) yoki uning muayyan kontragentlari bilan bo‗lgan
faoliyatiga bog‗liq risklar kiradi. Bank rahbariyatining tashabbuskorligi,
faolligi, bank xodimlarining o‗z
ishiga layoqatligi, optimal marketing
strategiyasi siyosati va taktikasini tanlash kabi omillar ichki risk
darajasiga ta‘sir ko‗rsatadi.
Ichki risklar bank operatsiyalarining harakteri, bank mijozlarining
tarkibi va tijorat banklari faoliyatining turlari bo‗yicha guruhlarga
bo‗linadi.
Bank operatsiyalari harakteriga ko‗ra:
balans operatsiyalari riski ;
balansdan tashqari operatsiyalar riski ;
moliyaviy xizmatlarni amalga oshirish bilan bog‗liq risklarga
bo‗linadi.
O‗z navbatida, balans operatsiyalari risklari bankning aktiv
operatsiyalari riski, bankning passiv operatsiyalari riski va aktivlar va
600
passivlarni boshqarish sifati bilan bog‗liq riskka bo‗linadi. Bankning
aktiv operatsiyalar riskiga kredit, hisob-kitob, kassa, bozor, valyuta,
lizing, faktoring risklari, moliyalash va investitsiyalar bilan bog‗liq
risklar kiradi. Kredit riski mijoz tomonidan asosiy qarz summasini va
kredit bo‗yicha foizlarni to‗lay olmaslik ehtimoli bo‗lganda yuzaga
keladi. Hisob-kitob risklari bankning kelishilgan shartnoma bo‗yicha
mijozning talabiga asosan hisob-kitoblarni o‗z vaqtida o‗tkaza olmasligi
sharoitida yuzaga keladi. Kassa risklari bank kassasi orqali o‗tuvchi
naqd pullarning saqlanishi bilan bog‗liq xavfli holatlardan kelib chiqadi.
Bozor riski bozor foiz stavkalarining nobarqarorligi oqibatida moliyaviy
aktivlarning bozor qiymatining o‗zgarishi sababli bankning aktiv
operatsiyalaridan keluvchi daromadni o‗zgarishi ehtimoli tufayli yuzaga
keladi. Valyuta riski – valyuta almashtirish kursining o‗zgarishi
natijasida chet el valyutasida olib boriladigan operatsiyalar bo‗yicha
yo‗qotishlar yoki yuqori foyda olish ehtimolini ifodalaydi. Lizing
operatsiyalar bo‗yicha risk ijarachining bankdan olgan mulkidan
samarali foydalana olmasligi natijasida shartnomada ko‗rsatilgan
to‗lovni o‗z vaqtida amalga oshira olmasligi natijasida yuzaga keladi.
Faktoring operatsiyalar bo‗yicha risk bankning uchinchi shaxsdan sotib
olgan qarzdorning majburiyatlari bo‗yicha to‗lovni o‗z vaqtida amalga
oshira olmaslik sharoitida yuzaga keladi. Investitsiya risklari bank sotib
olgan qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha oladigan daromadlarining tushib
ketishi yoki uni oshirish bilan bog‗liq risklardir.
Banklar passiv operatsiyalar yordamida o‗z aktiv operatsiyalarini
amalga oshirish uchun resurslarni jalb qiladi. Tijorat banklarining passiv
operatsiyalariga uning ustav kapitalini tashkil etish (oshirish) maqsadida
foydadan chegirmalar, boshqa yuridik shaxslardan mablag‗lar jalb
qilingan kreditlar, depozit operatsiyalari kiradi.
Passiv operatsiyalar risklari asosan aktiv operatsiyalarni resurslar
bilan ta‘minlashda kelib chiqadigan muammolar bilan bog‗liq.
Bankning passiv operatsiyalari bilan bog‗liq risklar bankning
omonatlar,
depozitlar,
boshqa
moliya-kredit
muassasalarning
muddatidan oldin talab qilib olinmaydigan aniq muddatli kreditlari
shaklida yetarlicha miqdorda resurs jalb eta olishi qobiliyatiga bog‗liq
bo‗ladi.
Balansdan tashqari operatsiyalar risklari, birinchi navbatda,
mijozlarning majburiyatlari yuzasidan berilgan kafolatlar bo‗yicha
to‗lash zarurati yuzaga kelishi ehtimoli bilan bog‗liq.
601
Aktivlar va passivlarni boshqarish sifati bilan bog‗liq risklarga
to‗lovga layoqatsizlik (yoki bankrotlik) riski,
muvozanatlanmagan
likvidlik riski, foiz riski, foyda ola olmaslik riski, suiiste‘molliklar riski
va boshqalar kiradi. Bankrotlik riski o‗z kapitali va resurslarini
yo‗qotishi oqibatida o‗z majburiyatlari bo‗yicha to‗lovga layoqatsiz
bo‗lishi va faoliyatini to‗xtatish bilan bog‗liq riskdir. Balanslashmagan
likvidlilik riski bankning resurs sifatida jalb qilingan mablag‗lari bilan
kreditga bergan mablag‗lari summasi, muddati, foiz stavkasining
darajasi bo‗yicha mos kelmasligi tufayli yuzaga keladi. Foiz riski
bankning kreditga bergan mablag‗lari bo‗yicha oladigan foiz stavkasiga
nisbatan jalb qilgan resurslari bo‗yicha yuqori foiz stavkalari to‗lashga
majbur bo‗lgan holda yuzaga keladi. Foyda ola olmaslik riski bank
resurslari yo‗qotishi, ulardan samarali foydalana olmaslikni ifodalaydi.
Suiiste‘mol riski bank boshqaruvi yoki rahbariyati, xodimlari tomonidan
bank faoliyati tamoyillariga oid moliyaviy qarorlar qabul qilinganda o‗z
manfaatini ko‗zlash natijasida vujudga keladi.
Moliyaviy xizmatlarni amalga oshirishi bilan bog‗liq risklar
operatsion, texnologik risklarni, innovatsiyalar risklari, xavfsizlik
risklari va boshqalarni o‗z ichiga oladi. Operatsion va texnologik
risklarga bank texnika-texnologiyasida uchrab turadigan (sboy)
axborotlarni yo‗qotishlar (kompyuter tizimida yo‗qotishlar, hujjatlarni
yo‗qotish, kompyuter tamagirligi, bank xodimlari faoliyatida xatolarga
yo‗l qo‗yishi v.b.) kiradi. Innovatsiya riski ma‘lum
bir sabablar tufayli
bankning innovatsiyaga yo‗llagan mablag‗lari mo‗ljallagan samarani
bermasa yoki yo‗qotilgan bo‗lsa yuzaga keladi. Bank xavfsizligi riski bu
bank binosi, unda mavjud axborot, kompyuter tarmoqlarining xavfsizligi
bilan baholanadi.
Bank risklari mijozlari tarkibiga ko‗ra mijozlarining sohaviy
tegishliligiga, mijozlar yuridik shaxslarning yaxlitlangan darajasiga va
mijozlarning u yoki bu mulkchilik shakliga tegishliligiga bog‗liq.
Risklar tijorat banklarining turlariga ko‗ra ham guruhlarga
bo‗linadi. Universal tijorat banklari mijozlariga ular qaysi tarmoqqa
tegishliligidan qat‘i nazar, juda keng xizmat turlarini ko‗rsatadi. Shuning
uchun ular deyarli barcha risklarga uchraydi. Biroq universal tijorat
banklarining faoliyati bozorning yuqori darajada diversifikatsiyalanishi
bilan
harakterlanadi,
ya‘ni ba‘zi sohalardan ko‗rilgan zarar
boshqalaridan olingan foyda bilan qoplanishi mumkin. Tarmoq tijorat
banklari biror soha, tarmoq bilan uzviy bog‗liq. Shuning uchun ular
uchraydigan risklar (erkin bank operatsiyalari bo‗yicha risklardan