438
doimiy munosabatda bo‗lgan bank va boshqa xo‗jaliklar oldidagi
majburiyatlarini o‗z vaqtida bajaruvchi moliyaviy jihatdan barqaror
bo‗lgan xo‗jaliklarga berilishi mumkin Overdraft kreditini berishda
bank mijoz uchun alohida overdraft hisob varag‗ini ochadi Bu hisob
varag‗i kredit shartnomasi asosida ochiladi. Bugungi kunda overdraft
krediti davr talabidan kelib chiqib dunyo davlatlarida keng
qo‗llanilmoqda. Kreditning bu turi, ayniqsa, kichik biznes, xususiy
tadbirkorlik subyektlari uchun muhim bo‗lgan kreditlardan hisoblanadi.
Bu kredit turida bank mijozning hisob yoki joriy varag‗ida to‗lovlarni
amalga oshirishga pul mablag‗lari yetarli bo‗lmagan holda ushbu
to‗lovlarni to‗lash uchun ajratadi.
Overdraft krediti belgilangan limit miqdorida tovar-moddiy
qiymatliklari uchun hisob-kitob hujjatlarini bajarilgan ishlar va
ko‗rsatilgan xizmatlar haqini va boshqalarni to‗lashga yo‗naltiriladi
Banklarning kredit siyosati bir xil bo‗lmaganligi bois, ular tomonidan
overdraft kreditlarini berishning ham turli shartlari mavjud. Overdraft
kreditning ijobiy tomoni shundaki, bu kredit bankning ijobiy kredit
tarixiga va mazkur bankda hisob varag‗iga ega bo‗lgan mijozlarga
beriladi hamda mijozning pul mablag‗lari bo‗lmagan holda ham ushbu
kredit hisobidan to‗lovlarni amalga oshirish, soliqlarni, o‗z bankidan
olgan kreditlar bo‗yicha foizlarni to‗lashi (ba‘zi banklarda bunga ruxsat
berilmaydi) mumkin. Faqat bu kredit mijozning boshqa banklardan
olgan kreditlarini to‗lashga yo‗naltirilishiga yo‗l qo‗yilmaydi.
Overdraft krediti bankning o‗z mijoziga, bank kreditlari va ular
bo‗yicha foizlarni to‗lashda qarzi bo‗lmagan, muddati kechiktirilgan
qarzlari mavjud bo‗lmagan, kartoteka va sud jarayonlarida krediti
bo‗lmagan, ishlab chiqarish va realizatsiya jarayonlari mavsum bilan
bog‗liq bo‗lmagan, hisob varag‗iga doimiy pul mablag‗lari tushib
turadigan kreditga layoqatli bo‗lgan mijozlarga beriladi.
Qisqa muddatli kreditlash bilan overdraftning quyidagi asosiy
farqlariga e‘tibor berish lozim. Birinchidan, kredit hisob varag‗idagi
mablag‗ yetishmovchiligini qoplash uchun mijoz bilan kredit
shartnomasida limit, miqdor, foiz stavkasi, muddati kelishilgan holda,
ta‘minotsiz beriladi hamda hisob-kassa xizmatini ko‗rsatishga oid
shartnoma bo‗yicha muvofiqlashtirilib boriladi. Ikkinchidan, kreditning
maqsadliligi ko‗zda tutilmaydi, chunki bu kredit loyihalarni
moliyalashtirish, aylanma mablag‗larni to‗ldirish uchun emas, balki
mablag‗lar
kelib tushishi
va sarflanishi
o‗rtasidagi mablag‗
yetishmovchiligi bo‗yicha qisqa muddatli farqni qoplash uchun beriladi.
443
summasi) garovga qo‗yilayotgan qimmatli qog‗ozlarning Markaziy bank
belgilagan tuzatish koeffitsiyentiga to‗g‗irlangan bozor narxidan
oshmasligi lozim. Bunda kreditlar bo‗yicha foizlar faqat kreditdan
foydalanilgan davr uchun hisoblanadi.
Lombard kreditini muddatidan oldin to‗liq yoki qisman to‗lov
topshiriqnomasi asosida qaytarishi mumkin.
Agarda bank lombard kreditini qaytarishga doir o‗z majburiyatlarini
lozim darajada bajarmasa, qonun hujjatlariga muvofiq garovga olingan
davlat qimmatli qog‗ozlarini sotishdan tushgan tushum hisobiga
qondiriladi.
Agarda qimmatli qog‗ozlarni sotishdan olingan summa Markaziy
bankning lombard krediti bo‗yicha talablari hajmidan oshsa, ushbu
summa qoldig‗i Markaziy bank talablari qondirilganidan so‗ng, davlat
qimmatli qog‗ozlari sotilgan kundan keyingi ish kunida qarzdor
bankning vakillik hisob varag‗iga o‗tkazilishi lozim.
Agarda davlat qimmatli qog‗ozlarini sotishdan olingan summa
Markaziy bankning lombard krediti bo‗yicha barcha talablarini
qondirishga yetarli bo‗lmasa, ko‗rsatilgan qarzni qoplash debet
memorial orderiga asosan qarzdor bankning vakillik hisob varag‗idan
undirib olinadi. Markaziy bankka lombard kreditiga doir qarzlarni
qaytarish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
Bunda birinchi navbatda, Markaziy bankning garovga olingan
davlat qimmatli qog‗ozlarini sotish bilan bog‗liq xarajatlari qoplanadi,
so‗ngra hisoblangan foizlar summalari, asosiy qarz summasi va eng
oxirida tegishli jarima summasi undirib olinadi.
Markaziy bank qarzdor bankdan uning garovga qo‗yilgan davlat
qimmatli qog‗ozlarini kelishilgan narxda sotib olish huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: