434
2-
§
. Kontokorrent hisob varaqdan kreditlash
Chet el iqtisodiy adabiyotlarida kontokorrent krediti kreditning
klassik turi sifatida tavsiflanadi.
Kontokorrent krediti
- bu kredit tashkiloti tomonidan milliy yoki
chet el valyutasida beriladigan kredit bo‗lib, o‗rnatilgan kredit liniyasi
doirasida, shartnomada kelishilgan maksimal summadan ortmagan
miqdorda, mijoz tomonidan zarur hujjatlar taqdim qilinganda ajratiladi.
Tushumlarni saldolash va mijoz hisob varag‗idan to‗lovlarni amalga
oshirish kredit to‗lovlarining hisob-kitoblari bilan birgalikda bankning
yagona hisob varag‗ida shartnomada ko‗rsatilgan vaqt oraliqlarida
amalga oshiriladi. Shuni ta‘kidlash lozimki, bank kontokorrent kreditini
faqat barqaror, majburiyatlarini o‗z vaqtida bajara oladigan, bank bilan
uzoq muddat davomida kredit munosabatlarida bo‗lgan va ular bo‗yicha
masuliyatsizlikka yo‗l qo‗ymagan mijozlarga berishi mumkin.
Bank mijozi juda ko‗p mol yetkazib beruvchi yoki mol sotib
oluvchi sifatidagi hamkorlar bilan tijorat munosabatida bo‗ladi. Bu
mijozda har vaqt turli miqdorda qarz majburiyatlari yoki talabnomalari
hosil bo‗lishiga olib keladi. Bank mijozining to‗lov oborotini
tezlashtirish uchun uning joriy talabnomalari va majburiyatlari bo‗yicha
hisob-kitoblarni amalga oshirishni o‗z zimmasiga oladi. Buning uchun
mijozning hisob-kitob varag‗i yopilib, unga aktiv-passiv kontokorrent
hisob varag‗i ochiladi (
ital.
contocorrent). Bu hisobvarag‗ining kreditida
har kungi barcha tushumlar va debetida mablag‗larning sarflanishi
(to‗lanishi) hisobga olinadi. Lekin bunda mijozning majburiyatlari
vaqtinchalik uning mablag‗laridan yuqori bo‗lsa va salbiy qoldiqni
qoplash uchun hisob varag‗ida mablag‗ bo‗lmasa, mijoz bank bilan
kontokorrent kreditining berilishi to‗g‗risida shartnoma tuzadi.
Bank amaliyotida bu kreditdan foydalanishning bir necha variantlari
mavjud. Mijoz shartnomada kelishilgan summadagi kreditning
hammasidan bir vaqtda foydalanishi yoki ehtiyoj yuzaga kelganda
foydalanishi mumkin.
Kontokorent bo‗yicha mijoz debet va kredit qoldiqlarga ega bo‗lishi
mumkin. Hisob varag‗idagi debet qoldiq mijozning joriy to‗lovlarni
to‗lashga pul mablag‗lari mavjud emasligidan dalolat beradi hamda unga
bu jarayonlarni amalga oshirish uchun bank tomonidan kredit berilishi
mumkin. Kredit qoldiq esa mijozning mablag‗i barcha majburiyatlarini
to‗lashga yetarli ekanidan va uning bo‗sh mablag‗lari bank ixtiyorida
ekanligini ko‗rsatadi. Bu hisob varag‗i bo‗yicha debet qoldiqda
447
ma‘lum daromadga ega bo‗lishi lozim. Iste‘mol krediti ko‗proq ijtimoiy
ahamiyatga ega bo‗lganligi uchun aholining o‗z faoliyati natijasida
olgan daromadlari, pensiya va boshqa daromadlarga ega bo‗lgan
jismoniy shaxslar bu kreditdan foydalanishlari mumkin.
Iste‘mol krediti olish uchun mijoz iste‘mol krediti beruvchi
tashkilotga kredit buyurtmasini va o‗z daromadlari to‗g‗risidagi
ma‘lumotlar ko‗rsatilgan boshqa hujjatlarni taqdim etadi.
Kredit buyurtmasida iste‘molchining familiyasi, ismi, otasining
ismi, pasport ma‘lumotlari hamda yashash joyi, iste‘mol kreditining
obyekti, muddati, iste‘molchining faoliyat turi va daromadlari, kredit
ta‘minoti va boshqa ma‘lumotlar ko‗rsatiladi.
Iste‘mol krediti beruvchi tashkilot kredit buyurtmasini olganidan
so‗ng iste‘molchining daromadlari yetarliligini va kredit tarixini
o‗rganadi, kredit buyurtmasida bayon etilgan ma‘lumotlarning bir-
biriga mos kelishini, xatolar va noto‗g‗ri ma‘lumotlar mavjud emasligi,
iste‘mol krediti va u bo‗yicha foizlarni qaytarish imkoniyatlarini tahlil
qiladi hamda kredit berish yoki kredit berishni rad qilish bo‗yicha qaror
qabul qiladi.
Kredit berish bo‗yicha ijobiy qaror qabul qilinganda, mijoz va
iste‘mol kreditini beruvchi tashkilot o‗rtasida kredit shartnomasi
imzolanadi. Shartnomada iste‘molchi va iste‘mol krediti beruvchi
tashkilot, iste‘mol kreditining obyekti to‗g‗risida ma‘lumot, iste‘mol
kreditining umumiy summasi, foiz stavkasi, kredit ta‘minoti, iste‘mol
krediti berish hamda uning summasini qaytarish tartibi va muddatlari,
iste‘mol krediti beruvchi tashkilot talab qilgan taqdirda, sotib olingan
tovarning (ishning, xizmatning) qiymatini oldindan to‗lash uchun
bo‗nak miqdori, taraflarning huquq va majburiyatlari, shartnoma
bo‗yicha
majburiyatlar
bajarilmaganda
yoki
lozim
darajada
bajarilmaganda taraflarning javobgarligi, shartnomaning amal qilish
muddati, uni o‗zgartirish va bekor qilish tartibi va boshqa shartlar
nazarda tutilishi mumkin. Shartnoma yozma shaklda tuziladi.
Iste‘molchi tomonidan shartnoma bo‗yicha majburiyatlarning bajarilishi
bank yoki sug‗urta tashkilotining kafolati, uchinchi shaxslarning
kafilligi, mol-mulk va qimmatli qog‗ozlar garovi, shu jumladan, garov
depoziti, banklarning omonat sertifikatlari va qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan boshqa usullar bilan ta‘minlanishi mumkin.
Qarz oluvchi
olinayotgan iste‘mol krediti ta‘minoti sifatida quyidagi ta‘minot
turlarini taqdim etishi mumkin:
446
nazarda tutilgan hollarda qarz oluvchining asosiy va ikkilamchi depozit
hisob varaqlaridagi mablag‗lar hisobidan aktseptsiz tartibda undirib
olishga haqlidir.
Berilgan kreditlardan boshqa maqsadlarda foydalanish holatlari
aniqlangan taqdirda bank revolver kreditning maqsadga muvofiq holda
foydalanilmagan qismini qarz oluvchining hisob varaqlaridan kredit
shartnomasida nazarda tutilgan hollarda aktseptsiz tartibda muddatidan
oldin undirib olishga haqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |