444
korxonalariga – aylanma mablag‗larini to‗ldirish uchun muntazam
to‗lovlarni amalga oshirish maqsadida ochiladi. Kredit tamoyillaridan
kelib chiqib revolver krediti ham mijozlarga qaytarishlik, to‗lovlilik,
ta‘minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanishlik tamoyillari
asosida beriladi. Revolver kreditlarini berish uchun qayta tiklanadigan
kredit liniyasi bir yilgacha bo‗lgan muddatga ochiladi. Revolver
kreditlarini muddati o‗tgan (90 kundan ortiq) kreditorlik qarzdorligiga
ega bo‗lgan korxonalarga berilishiga yo‗l qo‗yilmaydi.
Revolver kreditlari ta‘minoti sifatida korxonaning oborotida yoki
muomalada bo‗lgan tovarlari va boshqa ta‘minot turlari, ba‘zi hollarda
bir kredit bo‗yicha bir necha ta‘minot turlari qabul qilinishi mumkin.
Qarz oluvchi tomonidan muomaladagi tovarlari bilan bog‗liq risklar
kredit liniyasi hamda unga hisoblangan foizlarning umumiy summasidan
kam bo‗lmagan miqdorda o‗z hisobidan sug‗urtalashi, shuningdek,
ushbu kredit bo‗yicha majburiyatlar to‗liq bajarilgunga qadar sug‗urta
muddati uzaytirilishi lozim.
Revolver kreditlari bank va mijoz o‗rtasida tuzilgan shartnoma
asosida ilgari olingan kreditlar va hisoblangan foizlar bo‗yicha muddati
o‗tgan qarzdorlik mavjud bo‗lmagan hollarda beriladi va kredit bo‗yicha
foiz stavkasi miqdori, shuningdek, kredit shartnoma shartlari buzilgan
hollarda qo‗llaniladigan choralar kredit shartnomasida aks ettiriladi.
Zarar ko‗rib ishlayotgan, nolikvid balansga ega bo‗lgan qarz
oluvchilarga revolver kreditlar ajratilmaydi, ilgari berilgan kreditlar esa
shartnomada ko‗zda tutilgan tartibda muddatidan oldin undirib olinadi.
Revolver kreditini olish uchun qarz oluvchi kredit buyurtmasi bilan
birga bankka:
pul oqimlari majburiy tartibda ko‗rsatiladigan biznes-reja;
so‗nggi hisobot davri uchun tegishli davlat soliq xizmati organi
tomonidan balans qabul qilinganligi qayd etilgan buxgalterlik balansi,
debitorlik va kreditorlik qarzlari haqidagi ma‘lumotnoma, shuningdek,
90 kundan oshgan qarzdorliklar bo‗yicha taqqoslash dalolatnomalari;
revolver kreditlari qaytarilishining bir yoki necha ta‘minoti turlarini
taqdim etilganligi haqidagi hujjatlarni taqdim qiladi.
Kredit shartnomasi tuzilgunga qadar bank o‗z kredit siyosatining
talablariga muvofiq mijozning kredit hujjatlari yig‗ma jildini, qarz
oluvchining kreditga layoqatligi, likvidliligi, kredit tarixi, uning
rahbarining nufuzi va boshqa ma‘lumotlarni tahlil qiladi. Kreditning
ta‘minoti bo‗yicha olingan muomaladagi tovarlar yoki boshqa ta‘minot
turlari bo‗yicha garov shartnomasi tuziladi. Kredit qaytarilmasligi
437
turlicha bo‗lishi, bunda kredit operatsiyalari bo‗yicha foizlar,
debetdagiga qaraganda pastroq yoki, aksincha, bo‗lishi mumkin.
Operatsiyalar bo‗yicha foizlardan tashqari, kontokorrent bo‗yicha bank
xizmatlari uchun komissiya ham hisoblanadi. Bank uchun eng muhim
bo‗lgan shartlar bajarilmaganda sanktsiya qo‗lash, kontokorrent krediti
bo‗yicha qat‘iy rejim o‗rnatish yoki kreditlash usuli o‗zgartirish
mumkin.
Kontokorrent hisob varag‗idan kreditlashni tashkil qilishning asosi -
kreditning rejadagi miqdoridir. Unda kreditlashning obyekti aylanma
mablag‗larga bo‗lgan ehtiyojlar va ularning manbalari o‗rtasidagi farq
sifatida belgilanadi. Kreditga bo‗lgan ehtiyoj quydagilardan tashkil
topadi: aylanma aktivlar qoldig‗i; ortilgan yuklar; muddati kelmagan
to‗lovlar; debitorlik qarzlari v.b. Bu farq hisob-kitobi yiliga yoki
kvartallarga bo‗lib, mijozning aylanma mablag‗lar balansi asosida
aniqlanadi.
Kelgusi yilda aylanma mablag‗lar manbalarining ularning
joylashuvidan ortib ketishi rejalashtirilgan bo‗lsa, bunda bank bo‗sh
mablag‗larning qoldig‗ini muddatli depozitga qo‗yishni tavsiya qiladi,
qarz mablag‗lariga ko‗zda tutilmagan tarzda ehtiyojlar paydo bo‗lsa, uni
overdraft shaklida kreditlash mumkin.
Kreditning qaytarilishini ta‘minlashni nazorat qilish bank
tomonidan turli xil usullarda, avvalo, balansdagi aylanma mablag‗larni
rejalashtirilgani va amaldagilarini solishtirish yo‗li bilan amalga
oshiriladi. Nazoratning ikkinchi usuli har kvartalda kontokorrent krediti
bo‗yicha qarzni rejalashtirilgan kredit miqdori bilan taqqoslash
hisoblanadi.
Agarda
chorak
davomida
o‗rtacha
qarzdorlik
rejalashtirilgan kredit summasining 20 foizidan oshib ketsa, unda
kreditning rejalashtirilgan miqdorining oxiriga chegaralari belgilab
olinadi. Kontokorrent kreditida kredit uchun to‗lovlar kredit resurslari
uchun o‗rtacha to‗lov, bank xarajatlarini (qoplash uchun qo‗shimcha
to‗lov), riskini va daromad hosil bo‗lishini qoplash uchun qo‗shimcha
to‗lov,
shuningdek,
ssuda
aylanishining
tezligi
kamayganda,
sekinlashganda jarima to‗lovlar va boshqalardan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: