Moliyaviy iste‟mol krediti o„ziga xos xususiyatlarga ega
bo‗lib,
bank va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan pul shaklida beriladi.
Bunda:
* shartnoma iste‘molchi tomonidan tovarni (xizmatni) sotib olishga
doir shartnoma kuchga kirguniga qadar yoki kuchga kirganidan keyin
tuzilishi mumkin;
* iste‘molchi moliyaviy iste‘mol krediti olish to‗g‗risida iste‘mol
tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi korxonani yoki realizatsiya
qiluvchi tashkilotni oldindan yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Moliyaviy iste‘mol krediti berish O‗zbekiston Respublikasida
ishlab chiqarilgan iste‘mol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi
korxona yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotning bankdagi hisob
varag‗iga bank yoxud boshqa kredit tashkiloti tomonidan pul
mablag‗lari o‗tkazish yo‗li bilan amalga oshiriladi.
Moliyaviy iste‘mol krediti naqd pulda berilmaydi.
433
Tiklanadigan kredit liniyasini odatdagi kredit liniyasidan farqi
shundaki, bunda ssuda berishning qat‘iy majburiyati bo‗ladi. Mijoz
ma‘lum muddatda qarz olish huquqi uchun komission haq to‗laydi. Shu
bilan birga tiklanadigan kredit shartnomasida, odatda, ‖Mijoz holatining
yomonlashuvi to‗g‗risida‖ sharti ham bo‗ladi. Bu shartda, agar
qarzdorning moliyaviy holati qoniqarsiz bo‗lib qolsa, bank-kreditor qarz
berishni to‗xtatadi.
Tiklanadigan kredit liniyasi ishlab chiqarish va sotish hajmini
kengaytirish uchun aylanma mablag‗lari yetmayotgan mijozlarga taqdim
etiladi. Odatda, bunday kredit muddati 1 yildan oshmaydi. Kreditning
bir qismini qaytargan qarzdor belgilangan limit chegarasida va
shartnoma kuchga ega bo‗lgan muddatda yangi ssuda olishi mumkin.
Misol uchun, tiklanadigan kreditni ulgurji savdo qiluvchi mijoz olishi
mumkin, bunda uning operatsiyalari kengayib boradi va shuning uchun
u qo‗shimcha moliyalashtirishga muhtoj bo‗ladi.
Agar firmada ishlab chiqarishning mavsumiy tsikli yoki omborda
tovar zaxiralarini shakllantirish zarurligi bilan bog‗liq bo‗lgan, vaqti-
vaqtida aylanma mablag‗larga ehtiyoj vujudga kelsa, bank mavsumiy
kredit liniyasini taqdim etadi. Bunday kredit bahorda urug‗, o‗g‗it,
qishloq xo‗jaligi mashinalari, transport sotib olish uchun muhtoj bo‗lgan
fermerlarga berilishi mumkin. Yana bunday kredit oluvchi mavsumiy
kiyim va poyafzal ishlab chiqaradigan tadbirkor ham hisoblanadi.
Kredit liniyasi ochilishi spetsifik operatsiyalarga bog‗liq bo‗ladi,
bular orasida rezerv (kafolatli) krediti (‖stendbay‖ krediti deb atashadi)
bor. Bu kreditni zarur bo‗lganda shartnomada kelishilgan muddat
davomida olish mumkin. Undan boshqa kredit operatsiyalarini qo‗llab-
quvvatlash uchun hamda balanslashmagan tashqi hisob-kitoblarni
qoplash uchun foydalaniladi.
XVFga a‘zo mamlakatlarga, odatda, 1-3 yilgacha rezerv yoki
kengaytirilgan kredit beriladi.
Ko‗pincha ‖stendbay‖ krediti rezerv (kafolatli) akkreditiv orqali
amalga oshiriladi. Bunday akkreditiv kafolatli kredit olayotgan
kompaniya iltimosiga binoan, bank kreditor foydasiga ta‘minlanganlik
sifatida ochiladi. Akkreditiv mijozga xizmat ko‗rsatadigan bankda
ochiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |