Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/389
Sana26.02.2022
Hajmi5,53 Mb.
#466878
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   389
Bog'liq
Q8DNctbLglU8uFzK6jgQBUcpOO0Y8oIEtJwGVlbR

Kreditlash usullari
deganda, kreditlash tamoyillariga mos ravishda 
kreditni berish va qaytarish uslublari tushuniladi. 
Sobiq ittifoq bank amaliyotida kreditlashning 3 usuli: qoldiq 
bo‗yicha, aylanma bo‗yicha va aylanish-qoldiq usullari bo‗yicha kre-
ditlash tartibi qo‗llanilgan. Qoldiq usuli bo‗yicha kreditlashning 
mohiyati shunda ediki, kreditning harakati kreditlanayotgan moddiy 
qiymatliklarning, ya‘ni tovar-mahsulotlar, 
tugallanmagan ishlab 
chiqarish, kelgusi davr xarajatlari, tayyor mahsulot va yuklab jo‗natilgan 
tovarlarning qoldiq qiymati bilan bog‗lanar edi. Zaxiralarning 
me‘yordan oshishi kreditga talabni oshirish, kamayishi esa kredit 
ma‘lum qismining qaytarilishi lozimligini ko‗rsatardi. Shu bilan birga, 
kreditlash usullarida kredit qoplash xarakterga ega edi, chunki zaxira va 
xarajatlarning me‘yordan ortiq qismi o‗z mablag‗lari bilan emas, balki 
kredit hisobidan qoplanar edi. 
Aylanish usuli bo‗yicha kreditlashning xususiyati shunda ediki, 
kredit harakati material qiymatliklarning aylanishi, ya‘ni kelib tushishi 
va ishlatishi bilan belgilanar edi. Kreditlashning bunday usuli yangi 
kredit berish va ilgari berilgan kreditni qaytarish faqatgina vaqt bo‗yicha 
mos kelishi mumkin edi. Bu yerda kredit to‗lov xarakteriga ega edi, 
chunki ssuda bevosita ishlab chiqarish xarajatlari, xizmatlarni to‗lab be-
rish uchun yo‗naltirilgan. Qarz mablag‗lari doimiy ravishda xo‗jalik 
oborotida ishtirok etib, to‗liq oborotdan so‗ng kreditni qaytarish rejaga aso-
san amalga oshirilgan. Kreditlashning ushbu usuli yordamida xo‗jalik 
organlari to‗lov oborotining uzluksizligini ta‘minlashga erishilgan. 
Qoldiq bo‗yicha kreditlash usuli o‗zining amaliy mohiyatini 
xo‗jalik yuritishning bozor munosabatlari davrida yo‗qotdi, chunki XX 
asrning 80-yillardagi bank islohotining birinchi bosqichida ko‗pgina 
samarasiz obyektlarni kreditlashdan sog‗lom obyektlarni yagona, 
umumlashtirilgan sxemada kreditlashga o‗tildi.
Hozirgi kunda O‗zbekiston Respublikasida tijorat banklari yangi 
tijorat tuzilmalari, ya‘ni mulkchilikning boshqa turiga asoslangan 
subyektlarga kredit berishda tijorat banklarining xorij amaliyotiga tayanib 
kreditlashning yangi usullaridan foydalanmoqdalar. 
Xorijiy bank amaliyotida kreditlashning ikki usuli ma‘lum. 
Birinchi usulning ahamiyati har bir ssuda individual tartibda ko‗rib 
chiqilishidadir. Ssuda ma‘lum maqsaddagi mablag‗ga bo‗lgan ehtiyojini 
qondirishga beriladi. Ushbu usul aniq muddatga ssuda ajratishda qo‗llaniladi. 


248
Ikkinchi usulda ssuda bank tomonidan qarz oluvchiga oldindan 
belgilab qo‗yilgan kredit limiti bo‗yicha beriladi, bunda qarz oluvchi 
unga qo‗yilgan to‗lov hujjatini o‗z vaqtida to‗lash majburiyatini oladi. 
Kreditlashning ushbu shakli kredit liniyasi deb ataladi. Ochilgan 
kredit li n i ya si kredit hisobiga barcha hisob-kitob pul hujjatlarini bank 
va mijoz o‗ptasidagi shartnomaga asosan to‗lash uchun 1 yilga ochiladi, 
ammo kredit liniyasi undan qisqa muddatga ham ochilishi mumkin. 
Kredit liniyasi muddati davomida mijoz bank bilan qo‗shimcha kelishuv 
tuzib, istagan vaqtida ssuda olishi mumkin. Lekin bank qarz oluvchining 
moliyaviy holatini zaiflashganini aniqlasa, mijozga belgilangan limit 
chegarasida ssuda berishdan bosh tortishi mumkin. Kredit liniyasi, 
odatda, moliyaviy barqaror va e‘tiborli mijozlarga ochiladi. Mijoz 
iltimosiga binoan kreditlash limiti qayta ko‗rib chiqilishi mumkin. 
Davom ettiriladigan va ettirilmaydigan kredit liniyalari o‗zaro 
farqlanadi. Davom ettirilmaydigan kredit liniyasi ochilib ssuda berilgan 
va qaytarilgandan keyin mijoz va bank o‗rtasidagi aloqalar tugatiladi. 
Davomlashtiriladigan kredit liniyasida k red it belgilangan limit asosida 
avtomatik ravishda beriladi va qaytariladi. Agar bank tomonidan mijozga 
kredit li n i ya si ma‘lum tovarlarga bir shartnoma bo‗yicha bir yil ichida 
pul to‗lash uchun ochilgan bo‗lsa, k r e d i t li ni ya si maqsadli bo‗ladi. 
Kreditlash usuli kredit berishda va qaytarishda ishlatiladigan ssuda 
hisob 
varag‗ining 
shaklini 
tanlab 
beradi. 
Banklar 
kreditlash 
operatsiyalarini amalga oshirish uchun mijozga ssuda hisobvarag‗ini 
ochadilar. 
Aylanma-qoldiq usul bo‗yicha to‗lovlarni va kreditga layoqatli 
korxonalarni kreditlash yagona aktiv-passiv, ya‘ni 

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish