Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/389
Sana26.02.2022
Hajmi5,53 Mb.
#466878
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   389
Bog'liq
Q8DNctbLglU8uFzK6jgQBUcpOO0Y8oIEtJwGVlbR

Kontokorrent hisob varag„i
ochilganda mijozning boshqa hisob 
varaqlari yopiladi.
 
Kontokorrent
 
hisob varag‗ining debet qoldig‗i bo‗yicha mijoz 
bankka shartnomada kelishilgan stavkada foizlar to‗laydi, kredit qoldig‗i 
bo‗yicha bank mijozga shartnomaga muvofiq foiz to‗laydi.
 
Kontokorrent hisob varag‗ining amal qilish muddati 12 oydan 
oshmasligi lozim. Muddat tugashi bilan mijoz kredit saldosini 
ta‘minlashi kerak. Aks holda, muddat tugagach uni to‗la so‗ndirgunga 
qadar kredit berish to‗xtatiladi. 
Overdraft kontokorrent kreditning maxsus shakli hisoblanadi. 
Uning alohida xususiyati shundaki, bank mijozga uning hisob raqamida 
qisqa davr ichida debet saldoga ega bo‗lishga ruxsat beradi. 
Odatda, overdraftdan juda ishonchli mijozlarga foydalanishga 
ruxsat etiladi. Overdraftda overdraft hisob varaqqa kelib tushayotgan 
barcha summalar qarzdorlikni so‗ndirish uchun yo‗naltiriladi, natijada 
kreditning hajmi kelib tushayotgan mablag‗lar hajmiga qarab o‗zgarishi 
mumkin. Overdraftda qarzdor har oyning oxiriga overdraft qoldig‗i 
bo‗yicha kredit saldosini ta‘minlanishi kerak. Agar mijozning shu 
bankda depozit hisob varag‗i bo‗lsa, undagi mablag‗lar doirasida doimiy 
debet saldoga ega bo‗lishiga ruxsat beriladi. Aksincha bo‗lsa, mablag‗lar 
berish kredit to‗la so‗ndirilgunga qadar to‗xtatiladi.
Tovar moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar, ko‗rsatilgan xizmatlar 
(asosiy faoliyatga tegishli bo‗lgan)ni to‗lash uchun alohida ssuda hisob 
varaqdan qimmatli qog‗ozlar garovi ostida qisqa muddatli kredit 


272
cheklarning tez-tez qaytib kelishiga inspektorlar katta e‘tibor beradi. 
Bunday dalillar asosida mijozning haqiqiy moliyaviy ahvoli va uning 
pul mablag‗larini boshqarish qobiliyati haqida xulosa qilinadi. 
Kredit mexanizmining muhim elementlaridan biri bo‗lgan - kreditga 
layoqatlilikdir. Korxonalarning kreditga layoqatliligini hisobga olgan 
holda kredit berish, kreditni o‗z vaqtida qaytarishning muhim shartidir. 
Davlat mulkchiligiga asoslangan jamiyatda kreditga layoqatlilik 
ko‗rsatkichi kredit mexanizmda muhim o‗rinni egallay olmaydi. Banklar 
faoliyatiga davlat yakka hukmronligi ularning mustaqil subyekt sifatida 
faoliyat ko‗rsatishiga to‗sqinlik qiladi va kredit resurslari markazlashgan 
tarzda, reja asosida tasdiqlanadi hamda taqsimlanadi. Eng xususiyatli 
tomoni shundaki, banklar beradigan kreditlari bo‗yicha foiz stavkalarini 
mustaqil belgilay olmaganlar. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida esa kreditga layoqatlilik ko‗rsatkichi 
kredit berishda e‘tibor qilinadigan asosiy ko‗rsatkichlardan hisoblanali. 
Chunki tijorat banki o‗z faoliyati natijasi uchun to‗liq javobgar 
hisoblanadi. Kredit uchun foizni tijorat banklari o‗z faoliyatidan kelib 
chiqib o‗zlari belgilaydi hamda u banklarning asosiy daromad manbayi 
bo‗lib qoladi. 
Korxonaning kreditga layoqatliligini o‗rganish tijorat bankiga kredit 
berish mumkinligini aniqlashga, uning miqdorini, foiz stavkasining 
darajasini belgilashga imkon beradi. Bundan tashqari, kreditga 
layoqatliligini aniqlash kreditni o‗z vaqtida qaytarish ehtimolini, eng 
asosiysi bank riskini kamaytirishga imkon beradi. 
Kreditga layoqatlilikni baholash korxonaning o‗zi uchun ham katta 
ahamiyat kasb etadi. Bu ko‗rsatkichlarning tahliliga asoslanib, ular mol 
yetkazib beruvchilar, xaridorlar va boshqa banklar bilan o‗zaro 
munosabatlarni o‗rnatishlari mumkin. 
Ijobiy kreditga layoqatlilik ko‗rsatkichga ega bo‗lgan korxonalar 
hech qanday to‗siqlarsiz kredit olishlari va uning hisobidan tovar 
moddiy boyliklarni sotib olishi, salmoqli mablag‗larni ishlab chiqarishni 
rivojlantirishga, oldindan olingan kreditlar bo‗yicha turli to‗lovlarni 
amalga oshirishi mumkin. Salbiy kreditga layoqatlilik ko‗rsatkichiga ega 
bo‗lgan korxonalar bankdan kredit ololmasada, o‗z moliyaviy ahvolini 
yaxshilash, ishlab chiqarish, sotuv hajmini, o‗z mablag‗lari miqdorini, 
rentabellilik ko‗rsatkichlarini oshirish bo‗yicha choralar ishlab chiqish 
lozimligi to‗g‗risidagi axborotga ega bo‗lishi shart. 
Kreditga layoqatlilikni tahlil qilishda ma‘lumotlarning har xil 
manbalaridan foydalaniladi: 
257

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish