Tashqi siyosat. Bu davrda Buyuk Britaniya tashqi siyosatini
ikki asosiy yo‘nalish belgilab bergan. Ularning birinchisi —
Yevropa qit’asida hech qaysi davlatning kuchayib ketishiga
yo‘l qo‘ymaslik bo‘lsa, ikkinchisi yangi-yangi mustamlakalar
egallash edi.
XVIII
asrda Buyuk Britaniyaning asosiy raqibi Fransiya
bo‘ldi. Ikki davlat o‘rtasida ispan taxti tufayli kelib chiqqan
urush (1701—1714) Buyuk Britaniya uchun foydali sulh tuzi-
lishi bilan yakunlandi. Unga ko‘ra, Gibraltar Buyuk Brita-
niyaga o‘tdi.
XVII—XVIII asrlarda Shimoliy Amerikada 13 ta mustam-
laka shtatlari tuzildi va ular qirol tayinlagan gubernatorlar
tomonidan boshqarildi.
1763-yilda Fransiya Kanadadan ham siqib chiqarildi. Ayni
paytda Hindistonning bir qismi ham Buyuk Britaniyaning
mustamlakasiga aylantirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |