255909
U. JO ‘RAYEY, R. FARMONOY,
SH. ERGASHEV
JAHON TARIXI
Yangi tarixning birinchi davri
(XVI — XIX asrning 60-yillari)
Umumiy o ‘rta ta ’lim maktablarining V III sinfl
uchun darslik
0 ‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirligi tasdiqlagan
Qayta ishlangan va to ‘ldirilgan uchinchi nashri
СкоЧроп nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Toshkent — 2014
U O ‘K: 94(100)
КВК
63.3(0)уа721
J91
Mas’ul muharrir:
Е. Xoliqov — tarix fanlari doktori, professor.
Taqrizchilar:
A. Hazratqulov — tarix fanlari doktori;
S. Mirzaxo ‘jayev — tarix fanlari nomzodi;
N. Mustafoyeva — tarix fanlari nomzodi;
M. Xolboyeva — RTMmetodisti.
B e lg ila r m a zm u n i
Matnning boshlanishi
Yodda tuting
Eslang
Qo‘shimcha m a’lumotlar
Atamalar mazmunini bilib oling
Savol va topshiriqlar
« Respublika maqsadli kitob jam g‘armasi mablagMari
hisobidan ijara uchun chop etildi».
ISBN 978-9943-05-620-6
© Cho‘lpon nomidagi N M IU , 2010
© Cho‘lpon nomidagi N M IU , 2014
KIRISH
«YANGI TARIX»NING BOSHLANISHI
«Yangi tarix» tushunchasi haqida. 0 ‘zbekiston
Prezidenti Islom Karimov o ‘zining «Yuksak m a’navi-
yat — yengilmas kuch» kitobida « 0 ‘z tarixini bilmaydigan,
kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q», — deb
ta ’kidlashi bilan birga har bir inson jahon tarixini, uraum-
bashariy taraqqiyot yo‘lini chuqur idrok etishi zarurligini ham
uqtirganlar. Zero, busiz tarixiy taraqqiyot tajribalaridan zarur
saboqlar olib bodmaydi.
Siz VII sinf «Jahon tarixi» darsligi orqali xorijiy dav-
latlarning V—XV asrlarga oid tarixini o ‘rgandingiz va bu
davrning « 0 ‘rta asrlar» deb atalishini ham bilib oldingiz.
Qodingizdagi VIII sinf «Jahon tarixi» darsligi sizni xorijiy
davlatlarning XVJ—XIX asrning 60-yillari tarixi bilan tanish-
tiradi. Olimlar insoniyat tarixining XVI asrdan boshlanadigan
davriga «Yangi tarix» deb nom berganlar. Buning sababi
shuki, bu davrda kishilarning tabiiy tengligi g‘oyasini, shaxs-
ning erkinligi va sha’ni kabi
demokratik tushunchalarni
o ‘zida aks ettirgan yangicha dunyoqarash shakllandi, dunyoni
yangicha tushunish asosida shaxsning tashabbuskorligi,
tadbirkorligi uchun keng imkoniyatlar ochildi. Buning nati-
jasida iqtisodiy hayot gurkirab o ‘sdi, ishlab chiqarishning
yangi shakllari paydo bo ‘ldi, mehnat qurollari takomillashdi,
sexlar о ‘m ini manufakturalar egallay boshladi. Yevropalik-
larning hayotida ko ‘plab yangiliklar, ishchanlik, intiluv-
chanlik kabi yangi belgilar paydo bo ‘ldi, ularning bir qismi
sharqdan kirib keldi.
Bundan tashqari, yangi davr rivojlangan shahar madaniyati,
antik davr tarixiga bodgan katta qiziqish, uni ideallashtirish,
badiiy san’atining tez hayotiylashuvi kabilar bilan ham xarak-
terlanadi. Aslida, ko‘pchilik hollarda fojiali oqibatlarga olib
kelgan urushlar, qo‘zg‘olonlar va inqiloblar emas, kishilarning
yaratuvchanlik faoliyati, doimiy izlanish va intilish m a’naviyat
з
va madaniyatda, ijtimoiy hayotda va iqtisodiy o‘sishda katta
ijobiy o ‘zgarishlarga olib keldi.
XVI asrdan boshlangan bu o‘zgarishlar natijasida dastlab
G ‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada shakllangan yangi
jamiyatni kapitalistik jamiyat deb atay boshladilar.
Kapitalistik jam iyat — xususiy mulkning asosini sanoat
korxonalari tashkil etadigan, shuningdek, rivojlangan bozor
iqtisodiyoti va yuqori sanoat ishlab chiqarishiga asoslangan
jamiyatdir.
Bu jamiyatning nomi «kapital» so‘zidan olingan. Kapital —
o‘z egasiga daromad keltiravchi xususiy mulk (fabrika, zavod,
kon, bank va boshqalar) va mablag‘, o‘zini-o‘zi ko‘paytiravchi
sarmoyadir. Bu sarmoyaning asosida erkin tadbirkorlik fao-
liyati yotadi. Kapitalistik jamiyat siz VII sinfda bilib olgan
feodal jam iyatdan qaysi xususiyatlari bilan farq qiladi?
Kapitalistik jamiyat xususiy mulk va yollanma mehnatdan
foydalanuvchilarga keng imkoniyat yaratib berdi. Agar feodal
jamiyatda kishi kishiga qonun bilan majburlab qaram qilib
qo‘yilgan bo‘lsa, kapitalistik jamiyatda barcha fuqarolar qonun
jihatidan rasman erkin bo‘lganlar. Ayni paytda, u insonning
qobiliyati, salohiyati, g‘ayrati va shijoatiga katta yo‘l ochgan
jamiyat hamdir.
Shu sababli kapitalistik jamiyat davrida insoniyat tarixida
misli ko‘rilmagan kashfiyot va ixtirolar amalga oshirildi. Xusu-
san, kishilar motor, mashina, paroxod, parovoz, temiryo‘1,
dizel, martin pechi va boshqalarni kashf etdilar. Aviatsiya,
telegraf, telefon, televideniye va radioni o ‘ylab topdilar. Yer
yuzini elektr chiroqlari bilan yoritish boshlandi. Yangi-yangi
energiya manbalari yaratildi. (Bular haqida 9-sinfda to ‘la
m a’lumot olasiz.)
Do'stlaringiz bilan baham: |