ARAMKO - arab-amerika neft kompaniyasi (ingl. Arabian-American Oil Company) - 1933-yilda AQSHning eng yirik neft kompaniyalari tomonidan Saudiya Arabistoni neft konlarini o’zlashtirish uchun tashkil etilgan. 1973-yildan Saudiya Arabistoni hukumati uning aksiyalarini asta-sekin sotib ola boshladi va 1980-yildan ARAMKOning yagona egasi bo’ldi.
50-yillarda mamlakat neft mahsulotlari ishlab chiqarishning dunyo markazlaridan biriga aylandi. Amerika neft kompaniyalari daromadlaridan olingan ajratmalar hisobiga hukumat 1945 yilda - 5 million, 1948 yilda - 50 million, 1952 yilda - 212 million dollar foyda oldi. Biroq daromadlarning ko’p qismi eng avvalo qirol oilasi ehtiyojlariga sarflandi. Bu hol Ibn Saudning 1953-1962-yillarda hukmronlik qilgan merosxo’ri qirol Saud davrida ham o’zgarmadi. Monarxiya chet el qarzlariga botdi, chunki ko’pincha xarajatlar neft sotishdan kelgan daromadlardan ortib ketardi. Davlat mansabdorlari oylab maosh ololmas; poraxo’rlik gullab-yashnagan edi. Mamlakatda quldorlik saqlanib qolgandi.
Ibn Saud (1880-1953) - Saudiya Arabistonining 1932-1953-yillardagi qiroli. Arabistonni birlashtirlshni "sof Islom" g’oyalariga qaytish shior ostida olib bordi. Yagona Saudiya Arabistoni asoschlsi, monarxiya boshqarish shakll va shariat qonunlari ustuvoriigini o’rnatdl.
Milliy-ozodlik frontini tashkil etilib, quyidagi talablar dasturini ilgari surishdi: mamlakatni ARAMKO hukmronligidan ozod etish, milliy sanoatni rivojlantirish, qullikni tugatish, savodsizlik bilan kurashish, monarxiya doirasida demokratik va konstitutsiyaviy boshqarishni o’rnatish.Biroq 1962-yilning sentyabrida qo’shni Shimoliy Yamanda bo’lib o’tgan monarxiyaga qarshi inqilob qirol Saudga ham eng jiddiy ogohlantirish bo’ldi. U yerda ag’darilgan monarxiya yerlari va saroylari musodara etilib, barcha fuqarolarning tengligi e’lon qilindi. 1962 yilning 26-sentyabrida Yaman Arab Respublikasi tashkil etildi. Prezident Abdulla as-Salalom imzolagan bayonotida Arabiston yarimorolida barcha qirol va amirlar hokimiyati ag’darilishi zarurligi va bu yerda yagona Arabiston Respublikasi tashkil etilishi haqida gapirildi. Misr va Suriya Yaman inqilobini qo’llab-quvvatladi. Bu yurtga zamonaviy qo’shinni shakllantirish va yangi iqtisodiyotni barpo etish uchun 6 ming sovet mutaxassislari yetib keldi. Saudiylar inqilobning kengayishi va uning g’oyalarining tarqalishiga yo’l qo’ymaslikka qaror qilishdi. Ular Shimoliy Yaman hududida qo’zg’olon uyushtirishdi. Bu yerda boshlanib ketgan fuqarolar urushi 1970-yilning apreligacha davom etdi. Inqilob ro’y berishidan qo’rquv hissi qirol Saudni mamlakatda modemizatsiyalash va liberalizatsiyalashni boshlashga majbur etdi. 1962-yilning oktyabrida u liberaldemokratik qarashlari bilan "ajralib turuvchi akasi Feysalni mamlakatning keng vakolatIi bosh vaziri etib tayinladi, Feysal islohotlarni AQSH yordamida amalga oshirishga kirishdi. Feysalning o’n yilga mo’ljallangan modernizatsiyalash dasturi mamlakatda ayni paytda monarxiyani mustahkamlash bilan birgalikda kuchli iqtisodiy bazani yaratishga yo’naltirilgan edi. Saud islohotlarni amalga oshirish yo’lida asosiy to’siq edi. 1964-yilning I-noyabrida Saud ruhoniy musulmon yo’lboshchilari bosimi ostida taxtdan voz keehdi va Feysal Saudiya Arabistonining yangi qiroli deb e’lon qilindi. Feysal milliy neft sanoatini barpo etishga intila bordi. ARAMKO bilan bir qatorda "Petramin" davlat neft kompaniyasini tashkil etdi. U Amerika kompaniyalari boshqaruvchilaridan bosh boshqarmani Dahranga (Saudiya Arabistoni) ko’chirishga, 1982-yilda 51 foiz neft konsessiyalari ishtirokini davlat ixtiyoriga berish va 1999-yilda kompaniyani davlat mulkchiligiga to’liq o’tkazishga rozilik olishga erishdi. Milliy kapitalni rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun eng qulay sharoitlar yaratildi. 70-yillar o’rtalarida Saudiya Arabistonida 10 ga yaqin milliy banklar mavjud bo’lib, ular orasida eng yirigi jahon "Musulmon rivojlanish banki" edi. Qur’on ribo, ya’ni kreditlar bo’yicha foiz olishni mehnatsiz daromad sifatida man etadi. Feysal Qur’onning bu muhim qoidasiga ham yo’l topdi. Banklar qarz foizlarini to’lamaydigan va olmaydigan, faqat vositachilik (komission) haqini oladigan bo’ldi. Bu yangiliklar tufayli "Petramin" ko’p tarmoqli konsernga aylandi. Mamlakatda qishloq xo’jaligi, qayta ishlash sanoati, uy-joy va sanoat qurilishiga yordam ko’rsatish davlat jamg’armalari tashkit etildi. Albatta, bu islohotlardan qirol oilasi eng ko’p foyda ko’rdi, uning a’zolari tadbirkorlik bilan faol shug’ullandi, qariyb barcha banklar, vazirliklar va iqtisodiyot tarmoqlarida rahbarlik o’rinlarini egallashdi. Feysal oddiy odamlar ahvolini yaxshilash haqida ham qayg’urdi. U mehnat qilish huquqini kafolatlagan va mamlakatda yangi ijtimoiy siyosatni boshlab bergan farmonlar chiqardi. Ilg’or mehnat qonunchiligi kiritildi, ishchilar uchun arzon uy-joylar qurildi va yuqori ish haqi kafolatlandi. Feysal bepul tibbiy xizmat ko’rsatish va fuqarolarni dori-darmon bilan ta’minlagan holda ularni xorijda davolash dasturini amalga oshirdi. Mamlakatda bepul o’rta ta’lim joriy etildi. Qirol Feysal faoliyatining gultoji deb 1973-yildagi kompensatsiya evaziga ARAMKOning natsionalizatsiya qilinishini ko’rsatish mumkin, biroq barcha rahbarlik lavozimlari, imtiyoz va foydalar amerikaliklar o’zlarida qolgan edi. Qirol Feysal amalga oshirgan modernizatsiya mamlakatni mustahkamladi. Biroq bunday ishlar uning o’z umrini kafolatlay olmadi. 1975-yil 25-martda u o’z saroyida jiyani tomonidan o’ldirildi. Biroq globallashuv bilan chambarchas bog’liq bo’lgan modernizatsiya jarayoni to’xtab qolmadi. Feysaldan keyin hokimiyatga kelgan qirol Hamd (1975-1982) va qirol Fahd (1982-yildan) bu ishlarni davom ettirishdi. Neft Saudiya Arabistoni sodiyotining asosi hisoblanadi. U 92 foiz davlat daromadlarini, 98 foiz eksport qiymatini va 90 foiz mamlakat yalpi milliy mahsulotini beradi. 1995-yilda Saudiya Arabistoni qariyb 50 milliard dollarlik neftni chetga chiqardi va 30 milliard dollarlik tovarlarni, asosan mashinalar, oziq-ovqat, to’qimachilik, uy-ro’zg’or mollari, kimyo mahsulotlari, kiyim-kechaklarni keltirdi. Mamlakat iqtisodiyoti neftdan oladigan barcha foydalarni o’zlashtira olmaydi. Shu bois, ularning bir qismi xorijiy bank va korxonalarga kiritilmoqda. Bu, Saudiya Arabistoni jahon iqtisodiyoti rivojlanishida muhim rol o’ynaydi, deganidir. Saudiya Arabistoni tashqi siyosati asosan AQSH bilan hamkorlikka asoslandi.1973-yildan boshlab Saudiya Arabistoni har yili o’z byudjetining 10 foizini 54 musulmon davlatlariga moliyaviy yordamga ajratadiki, mamlakat bu mablag’larga qo’shimcha yordam bilan birga dunyoda islom mavqeini mustahkamlash uchun diniy adabiyotlar eksportini tashkil qiladi. Arab-isroil mojarosida Saudiya Arabistoni ikkiyoqlama pozitsiyaga ega. U falastinliklarning Isroilga qarshi kurashida moddiy yordam ko’rsatadi, shuningdek, Yaqin Sharq mojarosi qatnashchilari - Misr, Suriya va Iordaniyaga ham yordam beradi, ayni paytda AQSH bilan arab-isroil mojarosini hal etishda hamkorlik qiladi, amerika diplomatlarini vositachi sifatida jalb etishga arab davlatlari roziligini olishga erishgan. Bu sa’y-harakatlarning natijasi 1978-yilning sentyabrida AQSH prezidenti J.Karter vositachiligida Isroil va Misr o’rtasida erishilgan hamda 1979-yilning 26-martida Vashingtonda imzolangan Kemp-Devid bitimida yaqqol ko’rindi. Kemp-Devid bitimi Yaqin Sharq mojarosida biror-bir ijobiy siljishlarga olib kelmadi, biroq u AQSHning arab-isroil munosabatlari rivojlanishida hal qiluvchi rol o’ynadi. Bundan tashqari, bitimdan keyin yuz bergan voqealar shuni ko’rsatdiki, mazkur bitim arab davlatlarini "mo’tadillar", ya’ni Isroil bilan bitimga borishga tayyorlar (Saudiya Arabistoni, Misr, Quvayt, Birlashgan Arab Amirliklari) va "murosasizlar"ga (Suriya, Iroq, Aljir, Liviya) parchalanishiga olib keldi. Bu parchalanish 1990-yilda Iroqqa qarshi "qo’ltiqdagi urush"da "mo’tadillar" AQSH tomonida faol ishtirok etganida namoyon bo’ldi. Misr Amerika qo’shinlariga yordamga 36 ming askar yubordi, Saudiya Arabistoni o’z hududiga amerika qo’shinlarini joylashtirdi, Iordaniya va Amirliklar sukut saqladi. 1996-yil boshida qirol Faxd valiahd shahzoda Abdullaga hokimiyatni topshirdi. Neftga jahon narxlari pasayishi tufayli uni sotishdan olinadigan daromadlar 40% ga tushib ketdi. Mamlakatda iqtisodiy tushkunlik boshlandi. 2001-yil 11-sentyabr voqealaridan so’ng Saudiya Arabistoni va AQSH o’rtasidagi munosabatlar yomonlashdi. 15 terrorchi Saudiya Arabistoni fuqarolari bo’lib chiqdi. Oliy diniy arboblar islom ekstremizmi va terrorizmni qo’llab-quvvatladilar. Mamlakat ikki guruhga - AQSH yo’nalishidagi tarafdorlar va Ularing raqiblariga bo’linib ketdi, ular o’rtasida keskin kurash davom etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |