Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi



Download 0,91 Mb.
bet75/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

1979-yil 1-aprcldan boshlab mamlakat Eron Islom Inqllobl Respublikasi nomini oldi. Shu yili yangi konstitutsiya qabul qilindi. 1980­yilda prezidentlikka va Islom kengashi majlisiga ilk saylovlar bo’lib o’tdi. Konstitutsiyaga muvofiq, mam­lakatning oliy siyosiy va ruhoniy rahbari hokimiyatning barcha organlari faoliyatini nazorat etuvchi va Eronning umrbod hamda yakkayu yagona hukmdori bo’lgan Oya­tullo Humayniy edi. 1980-yilning sentyabrida Eron va Iroq o’rtasida urush boshlandi. U 8 yil davom etdi va Eronga qariyb 350 mil­liard dollarga tushdi. 700 ming eronlik halok bo’ldi. Milliy kamsonli aholi bilan munosabatlar keskinlashdi: kurdlar, turkmanlar, belujlar o’zi uchun milliy muxtoriyat talab etdi. Ichki muxolifatni bostirish uchun, Humayniy "islom madaniy inqilobi"ni boshlash haqida dekret qabul qildi. Muassasalarda islom bosh kiyimini kiyish, ayollarning chodra o’rashi majburiy qilib qo’yildi. Mamlakatdagi barcha oliy o’quv yurtlarining islomlashtirilgani e’lon qilindi. Biroq tez orada shia rahbariyati orasida nizolar bosh­landi, bu hol butun ruhoniyatning parchalanishi va Humayniyga qarshi chiqishga olib keldi. Mamlakatning birinchi prezidenti Banisadr tezda Oyatullo yaqinlarining ekstremizmiga qarshi chiqdi va go’yoki "muxolifatdagi prezident" bo’lib qoldi. Tez orada u mamlakatni tark etishga majbur bo’ldi. Shia rahbariyati muxolifatga qarshi mislsiz qatag’onlarni amalga oshirdi. 1982-yilning yozidan boshlab osib o’ldirish orqali qatl etishlar boshlandi. (1982-yilda - 15 ming, 1983-yilda - 25 ming, 1984­yilda - 30 ming kishi). Hatto, homilador ayollar va kichik yoshdagi bolalar ham islom inqilobi kurashchila­rining qurbonlariga aylandi. Shia yo’lboshchilari 1978-­1979-yillar inqilobining yetakchi kuchi bo’lgan va Humayniyning Eronga qaytishini ta’minlagan Tude par­tiyasini qariyb yo’q qilib tashladi.
Humayniy Ruhollo Musaviy (1898-1989)-1964-yilda Erondan hukumatga qarshi faoliyati uchun chiqarib yuboril­gan. 1974-yllning fevralida qaytlb kelib, shoh tuzuminl ag’darlb tashlagan va Islom respublikasini e’lon qilishga olib kelgan inqilobni boshqargan. 1979-yildan 1989-yil­gacha - Eron Islom Respublikasl rahbari va Oyatullo (shialarning oliy ruhoniy unvoni).
Biroq, xalqaro munosabatlardagi chorasiz vaziyat va mamlakat iqtisodiyotida o’pirilishlarning boshlanishi ich­ki va tashqi siyosatda o’zgarishlarga olib borishga majbur etdi. 1987-yilning iyunida Humayniy Islom respublikachilar partiyasini (IRP) tarqatib yubordi, bu partiya ruhoniyatning tayanchi edi. 1989-yili Humayniy vafotidan so’ng Eron prezidenti etib Hoshimiy-Rafsanjoniy saylandi. U liberal qarashlarga ega kishi sifatida iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy hayotni erkinlashtirish yo’lini olib bordi. Eron katta qiyinchiliklarga uchradi. Aholining tezkor o’sishi oziq-ovqat ekinlarini ishlab chiqarishdan o’zib ketdi. Mehnatga layoqatli aholining 15 foizi ishsiz edi. 1986-yildan keyingi neft narxlarining pasayishi ham sezildi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish