2002-yil sentyabrda O’zbekiston va Eron o’rtasida iqtisodiy, madaniy va siyosiy sohalarda hamkorlikni kengaytirishi hamda mintaqada barqarorlikni oshirishi lozim bo’lgan muhim bitim tuzildi.
37-§. SAUDIYA ARABISTONI
Hududining 90 foizini qumlik. 1925-yilda Ibn Saud nomi bilan mashhur bo’lgan, beduinlarning aslzoda saudiylar qabilasidan kelib chiqqan, vahhobiylik g’oyalari tarafdori amir Abdul Aziz ibn Abdul Rahmon musulmonlarning muqaddas shaharlari - Makka va Madinani o’z ichiga olgan Hijoz davlatini egalladi va arab xalqlarining ruhoniy yo’lboshchisiga aylandi. Islom o’zining vahhobiylik "chin islom" me’yorlariga qaytish va jo’n ravishda hammani tenglashtirishga da’vati bilan mamlakatda yagona ommaviy mafkuraga aylandi, arablarning yagona davlatda yagona millatga birlashishi esa asosiy siyosiy shior sifatida maydonga keldi. Ibn Saud ruhoniy yo’lboshchi - vahhobiylar bilan hamkorlikda beduinlarni tashkil etishning yangi shaklini yaratdi, ularni o’troq hayot tarziga o’tkazdi va ixvonlarga (birodarlik) birlashtirdi. Ixvonlar o’zaro urush va xundan (qonga qon olish) voz kechib, Ibn Saudga sadoqatlari haqida jamoaviy qasam ichishadi, uning hokimiyatini qon-qardoshlik va qabilaviy majburiyatlardan yuqori qo’yishadi. Ixvonlarda "kofIrlar", ya’ni xristianlar, yahudiylar, shuningdek vahhobiylarning diniy va axloqiy tamoyillarini rad etgan musulmonlarga nisbatan murosasizlik ruhi singdirilgan edi. Ular Ibn Saudning Arabistonni birlashtirish va islohotlarni o’tkazish kurashida zarbdor kuch bo’lib qoldi. 20-yillarda ularning qo’llab-quvvatlashi tufayli Ibn Saud Arabiston yarimorolida mutlaq monarxiya shaklidagi yagona davlat - Saudiya Arabistonini barpo etdi. Mamlakatda yagona soliq joriy etildi, karvon yo’llarida o’g’irlik va qaroqchilik tugatildi. Shariat qonunlariga ko’ra sud amalga oshirildi. Mamlakatning iqtisodiy ko’tarilishi 1933-yildan boshlandi, bu paytda "Standart Oyl kompani of Kaliforniya" nomli Amerika kompaniyasi Fors qo’ltig’i sohilidagi katta hududda neft izlash va qidirib topishga konsessiya (ruxsat) oldi. 1935-yilda kompaniya bu joydan neft topdi. O’sha yili "Neft qazib chiqarish bo’yicha arab-amerika kompaniyasi" (ARAMKO) tashkil etildi, 1939-yildan dunyodagi eng boy va serdaromad neft konlarini sanoat asosida ishlab chiqish boshlandi. Saudiya Arabistoni jahonning globallashtirish jarayoniga qo’shildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |