Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi



Download 0,91 Mb.
bet80/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

Sionizm (Quddus shahridagi Sion tog’i nomidan olingan) – 1897-yilda yuzaga kelgan va dunyodagi barcha yahudiylarni Falastinga ko’chirishni hamda u yerda yahudiy davlatini barpo qilishni e’lon qilgan harakat.
Isroil yaxshi o’rgatilgan va qurol-yarog’ga ega qo’shini bo’lgan rivojlangan davlatga aylandi. Yahudiy muhojirlari bilan birgalikda Falastinga kapital va texnologiyalar oqimi kirib keldi. U Falastin iqtisodiyoti­ni zamonaviy bozor rnunosabatlari yo’liga soldi. 1947-1948-yillar urushidagi g’alabadan so’ng Isroil aksiyalari jahon siyosiy maydonida keskin oshib ketdi. Jahon yahudiy tashkilotlaridan, ayniqsa AQSHdan katta rnoliyaviy yordamlar keldi. Isroil iqtisodiyotining rivoj­lanishida 1 milliard dollarni tashkil etgan german reparatsiyalari (tovonlari) katta ahamiyatga ega bo’ldi. AQSH sanoatning asosiy tarmog’i - brilliant ishlab chiqarishga yordam berdi. AQSH Janubiy Afrlkadan Isroilga mayda olmos parchalari yetkazib berdi va Isroil brilliantlar sotiladigan asosiy bozorga aylandi. Isroil iqtisodida qurol ishlab chiqarish katta o’rin egallaydi. Qurol-yarog’ sotish mamlakat jami eksporti­ning 40 foizini egallaydi. Isroilni o’rab turgan barcha arab davlatlari juda qoloq, iqtisodiy kambag’al edi. Ularing hammasi Usmonli turk imperiyasining bo’lak­lari bo’lib Birinchi jahon urushidan so’ng Fransiya va Angliya mandatlari bilan idora qilinadigan hududlarga aylandi. Turk hukmronligiga qarshi kurashib va Turkiyani yakson qilishda Antanta mamlakatlariga yordam bergan holda ular suverenitetga erishishni mo’ljallagan edi. Ular Yaqin Sharq va Arabiston yarimorolida hukmron­lik uchun yuz yillardan buyon kurashib kelayotgan musulmon sulolalar o’rtasida taxt uchun kurashni avj oldirdi. Iordaniya va Iroqda mustamlakachilar taxtga hoshimiylar sulolasi vakilini ko’tardi. Iroqda turli davr­larda Feysal I (1921-1933), G’oziy (1933-1939) va Feysal II (1939-1958) hukmdorlik qilishdi. Feysal II 1958-yil inqilobidan so’ng taxtdan ag’darildi. Iordaniyani Abdulloh (1921-1946), shoh Abdulloh (1946-1951), Talal (1951-1952) va 1952-yildan shoh Husayn boshqardi. Hoshimiylar va saudiylar yirik davlatlar, birinchi galda Angliya yordamiga suyanib, sulolalararo kurash­larga berilgan, Falastin arab xalqi to’g’risida deyarli qayg’urmas edilar. Bu kurash faqat Livanni chetlab o’tsada, yigirmaga yaqin diniy jamoaga bo’lingan holda o’z muammolari mavjud edi: 1943-yilda Livanda joriy etilgan konfessional tizim bo’yicha davlat rahbari (prezi­dent) nasroniy-maronitlar bo’lishi, parlament raisi musulmon shia, bosh vazir esa musulmon sunniy maz­habidan saylanishi lozim. Yaqin Sharq neft tufayli muhim strategik ahamiyatga ega bo’ldi. Bu
yerda butun jahondagi neft zaxirasining 50 foizi to’plan­gan. Mazkur zaxira deyarli yerning yuza qismida joy­lashgan Saudiya Arabistonida bitta skvajina bir kunda 675 tonna neft yetkazib bera oladi. Neft olinadigan rayonlardan O’rtayer dengizi qirg’oqlariga neft quvurlari yotqizilgan bo’lib, ular kechayu kunduz O’rtayer dengizi portlaridagi tankerlarga neft tortib beradi. Jahonda neft qazib olish bo’yicha bi­rinchi o’rinda Saudiya Arabistoni, so’ng Quvayt, Ummon, BAA va lroq turadi. AQSH G’arbiy Yevropadagi suyuq yonilg’i bozori­ning 30 foizini nazorat qiladi va bu g’arb mamlakatlari energetika balansining 51 foizini tashkil qiladi. Ayni sharoit AQSHga kuchli siyosiy va iqtisodiy ta’sir o’tkazish imkonini beradi. Arab-isroil mojarosi AQSH manfaatlari doirasida dunyo muammosiga aylandi, Isroil esa g’arb mamlakatlarining ushbu mintaqadagi asosiy tayanchi bo’lib qoldi. Isroil 1956-yilda Misr­dagi agressiyada faol qat­nashdi va jahondagi kuchli qo’shinlardan biriga ega ekanligini isbotladi. Uning tank diviziyasi uch kunda yo’ldagi Misrning barcha baza, aerodromlarini yakson qilib, Suvaysh kanaligacha yetib bordi. Sovet Ittifoqining aralashuvi tufayli bosib olingan hududlardan chekinish­ga majbur bo’ldi. Misr mag’lubiyatga uchrasa-da, Sovet Ittifoqidek kuchli ittifoqdoshga ega bo’ldi. Sovet Ittifoqi esa jahon siyosatida muhim platsdarmni egalladi va Yaqin Sharqdagi biror masala uningsiz hal etilmaydigan holga keldi. 1958-yilda imzolangan sovet-misr shartno­masi asosida Misrga qishloq xo’jaligini tiklashda texnik yordam ko’rsatildi, asbob-uskuna sotib olish uchun kredit berildi va bir qator muhim tarmoqlarni rivojlan­tirish rejalarini amalga oshirish uchun hamkorlik qilish mo’ljallangan edi. Sovet Ittifoqi Misrga zamonaviy armiya tuzish va uni eng zamonaviy qurol-yarog’ bilan ta’minlashga yordam berdi. Sovet Ittifoqida amalda yangi xil samolyotlar uchun arablarning yozgi tarkibi tuzilgan edi. Ingliz-fransuz-isroil agressiyasi jahon siyosatida og’ir oqibatlarni keltirib chiqardi. Yaqin Sharqda g’arb mamlakatlari va AQSHga nisbatan dushmanlik kayfiyati paydo bo’ldi. Angliya va Fransiya natijada Suvaysh kanalidagi alohida huquqlaridan ayrildi. Suriya Masuladan o’z hududi orqali O’rtayer dengizi qirg’oqla­riga boradigan neft quvurini portlatib yubordi va g’arbda neft tangligi yuzaga keldi. Misrda Angliya va Fransiyaning barcha mulki natsionalizatsiya qilindi. Sovet Ittifoqi arab xalqlari kurashini ma’naviy jihat­dan qo’llab-quvvatlab, Isroil bilan diplomatik aloqalari­ni uzdi. Suvaysh kanali zonasidagi agressiya arablar kurashini kuchaytirib yubordi. 1958-yil 14-iyulda Bag’dodda har­biy to’ntarish yuz berdi. Natijada monarxiya ag’darilib, Respublika deb e’lon qilindi. Angliyaning sobiq ittifoq­doshi Nuri Said o’ldirildi. Iroq Bag’dod paktidan chiqdi va o’z hududidagi barcha chet el bazalarini tugatib, Sovet Ittifoqi bilan do’stona munosabatlarni rivojlantira bosh­ladi. Qo’shni Suriya mamlakatida muhim voqea sodir bo’ldi. 1963-yilning martida bu yerda hukumat tepasiga Arab sotsialistik uyg’onish partiyasi (ASUP) keldi. Uning rahbarlari asosan harbiylardan iborat edi. Mazkur partiya barcha arab xalqlarini kurashda birdamlikka chaqiruvchi dasturiy huijat qabul qildi. Arab mamlakatlarida iqtisod, maorif, fan va umuman barcha hayot jabhalarida tub o’zgarishlarsiz maqsadga erishib bo’lmasligini tushunishdi. Iordaniya va G’azo mintaqasida 500 ming falastinliklar ular uchun maxsus ochilgan maktablarga qatnay boshladi. Yoshlar SSSR va Sharqiy Yevropa mamlakatlari oliy o’quv yurtlariga o’qishga jo’natildi. SSSRdagi harbiy bilim yurtida bo’lg’usi arab tankchilari, artilleriyachilari va uchuvchi­lari ta’lim ola boshladi. 1964-yilda Livan hududida Falastin Ozodlik tashkiloti (FOT) tashkil qilindi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish