Demirel Sulaymon(1924-yilda tug’ilgan) ~ davlat va jamoat arbobi. 1965-1971 yillarda va 1991- 1993-yillarda Turkiya hukumatining bosh vaziri. 1964-1980-yillarda Adolat partiyasi bosh kotibi,1987-yildan boshlab -1983 yilda tashkil topgan To’g’ri yo’l partiyasi bosh kotibi. 1993-yildan- prezident. Turkiyaning vesternlashtirish (g’arblashtirish) ya’ni Yevropa modeli asosida jamiyat qurish siyosati barbod bo’ldi. Uning texnik-iqtisodiy qoloqligi bu yo’ldagi asosiy g’ov bo’ldi. Turkiya va G’arb davlatlari orasida iqtisodiy munosabatlar rivojlanishidagi bosh to’siq - bu, davlat nazorati ostidagi markazlashgan iqtisod hukmronligi edi. Jami korxonalarning atigi 30 foizi foyda keltiradi, qolganlari davlat dotatsiyasi hisobiga kun ko’radi. Mamlakat tashqi savdosining 50 foizi G’arbiy Yevropa va 7 foizi AQSH bilan olib boriladi. Turkiya xorijga 13 milliard dollarlik tovar chiqarib, 21 milliard dollarlik tovar olib keladi. Mamlakat tashqi qarzining o’sib ketishi buning natijasidir. 1995-yilda Turkiyaning tashqi qarzi 50 milliard dollarni tashkil etgan. Sovet Ittifoqining parchalanib ketishi Turkiyaning g’arb dunyosi va mazkur mamlakatlar o’rtasidagi yangi rolini belgilab berdi. Bu hol G’arbda sotilmayotgan Turkiya tovarlari uchun bozorni yuzaga keltirdi. Turkiya birinchilardan bo’lib O’zbekiston va boshqa O’rta Osiyo respublikalari mustaqilligini tan olgan va diplomatik munosabatlarni o’rnatgan davlat. Yaponiya va AQSHning bir qator firmalari Turkiyada sovutgich va televizorlar ishlab chiqaruvchi zavodlar qura boshladilar. Ular bu tovarlarni O’rta Osiyo bozorlarida sotishga mo’ljallagan edi. Xorijiy firmalar turklar iqtisodiga sarmoyalarni investitsiya qila boshlashdi. Turkiyada iqtisodiy islohotlar ish bermadi. Mamlakatda ko’zda tutilmagan inflyatsiya boshlandi. Siyosiy inqiroz prezident S.Demirelning iste’foga chiqishiga olib keldi. 2000-yilda Ahmet Nejet Sezer (1941-yilda tug’ilgan) prezident bo’ldi. Iqtisodiy inqirozning bosh sababchisi harbiy xarajatlarning kattaligi edi. 1999-yilda parlament saylovlarida Bullent Edjevit boshchiligidagi uchpartiyali koalitsiya g’alaba qozondi. Mamlakatni iqtisodiy inqiroz qamrab oldi. Inflyatsiya 39% ni tashkil etdi. 2002-yil yozida Edjevit iste’foga chiqdi. Uning o’rnini Tayip Erdogan - islom yo’nalishidagi Taraqqiyot va adolat partiyasi (TAP)ning yangi yetakchisi egalladi. Turkiya kurd separatistlari kuchayishidan xavfsirab, Iroqqa qarshi urushda ishtirok etishdan bosh tortdi. Erdogan Turkiyaning YeHga kirish va Kipr masalasining hal etishga intilishi haqida ma’lum qildi.