Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi


Xrushev Nikita Sergejyevich



Download 0,91 Mb.
bet52/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

Xrushev Nikita Sergejyevich (1894-1971) - KPSS MK rahbari, SSSR Ministrlar Sovetining raisi (1958-1964). stalin shaxsiga sig’inish oqibatlarini fosh etish va unga chek qo’yish jarayoniga boshchilik qildi. U davlat boshqaruvining ma’muriy-buyruqbozlik tizimini demokratik tizimga o’zgartlrishga hatakat qilgan.
60-yillar boshida Xrushev va uning siyosatidan norozilik kayfiyati uyg’ondi. Urushdan keyin birinchi marta narx-navo o’sa boshladi. 1962-yilning kuzida mamlakatda non tanqisligi yuzaga keldi. Savdoga eng zarur tovarlar kelmay qo’ydi. Siyosiy va iqtisodiy ahvol chuqurlashuvi sababli 1964-yil 16-oktyabrda MK plenumi Xrushevni egallab turgan barcha lavozimlaridan bo’shatish to’g’risida qaror qabul qildi. KPSS MK rah­barligiga SSSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi L.I.Brejnev, Ministrlar Soveti raisi lavozimiga esa A.N.Kosigin say­landi. "Xrushev davri" tugab "Brejnev davri" boshlandi va bu 18 yil davom etdi. 1977-yilgi konstitutsiyada PARTIYA "sovet jami­yatining rahbar va yetakchi kuchi" sifatida tasdiqlandi. Cheksiz hokimiyatga ega bo’lgan KPSS MK Bosh kotibi lavozimi belgilandi. Brejnev birinchi bo’lib ushbu lavo­zimni egalladi. Brejnev rahbarligi davrida mamlakat iqtisodi bir joyda depsinib qoldi va iqtisodiy rivojlanishning to’xtab qolish jarayoni kuchaydi. 60-yil­lar oxirida g’arbiy Sibirda topilgan neft-gaz koni tufayligina mamlakat 70-yillar boshida neft va gaz ishlab chiqarish bo’yicha jahondagi oldingi o’rinlardan biriga chiqib oldi. Bu narsa iqtisodning to’la-to’kis barbod bo’lish davrini uzaytirish imkonini berdi. SSSR bu borada nafaqat yirik ishlab chiqaruvchi bo’ldi, shu­ningdek, neft va gazni eksport ham qila boshladi. Buning evaziga SSSR oziq-ovqat mahsulotlari va iste’­mol mollarini sotib olar edi, lekin bu hol ishlab chiqa­rishni barbod qildi. 70-yillar oxirida ishlab chiqarish sur’ati sezilarli darajada tushib ketdi va 1980-yilda atigi 2 foizni tashkil etdi. Tugallanmagan qurilish obyektlari ko’payib ketdi. 4,5 million kishilik qo’shin xarajatlari ortib bordi. Yadro quroli takomillashtirildi, yangi samolyotlar, raketa, suv osti kemalari, ulkan okean har­biy kemalari qurilishi borasida ulkan loyihalar amalga oshirildi. Harbiy sanoat ishlab chiqarishining o’sishi mamlakatdagi umumiy iqtisodiy ahvolga ta’sir etmay qolmadi. Ulkan zavodlar, yuz minglab mutaxassislar, yuzlab laboratoriya va ilmiy-tadqiqot institutlari harbiy ishlab chiqarish sohasiga ixtisoslashdi. Aynan shu soha bilan bog’liq bo’lgan butun bir shaharlar (Arzamas-16, aholisi 200 ming kishi) paydo bo’ldi. Sanoat ishlab chiqarishida koinotga asosiy e’tibor qaratildi. Yigirma yil davomida orbitaga mingdan ortiq sun’iy Yer yo’ldoshi uchirildi. Agrar sektorda qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish kamaya bordi. Faqat paxtachilik bundan mus­tasno edi, xolos. Yangi qo’riq yerlar o’zini oqlamadi, 60-­yillar oxirida don yetishtirish keskin tushib ketdi. SSSR 1970-yildan boshlab har yil AQSHdan 20 mil­lion tonna don sotib olishga majbur bo’ldi. Chorvachilik sohasida ham samaradorlik pasaydi. 70-yillar oxirida mamlakatdagi ayrim rayonlarda oziq-ovqat tovarlari tan­qisligi sezila bordi. Qishloqlarda 30-yillardagi kolxoz-­sovxoz tizimi negizlari saqlanib qolgan edi. Buning usti­ga joylarda partiya apparatining kuchayishi partiya tashkiloti vakolatining kengayishi qishloqdagi ishlab chiqaruvchilar huquqini battar chekladi. "Brejnev davri" da tashqi siyosat buyuk davlatchilik ekspansionistik an’analari kuchaydi. Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida sovetlar ta’siri kuchaydi. AQSHga nisbatan harbiy-siyosiy jihatdan qarshi turish borasida SSSR o’z kuchini ko’rsata boshladi. U Vyetnamni amerikaliklar intervensiyasiga qarshi kurash­da qo’llab-quvvatladi. Vyetnamga harbiy maslahatchilar va qurol-yarog’ jo’natildi. 1974-yilda AQSH qo’shinlari Vyetnamdan chiqib ketishga majbur bo’ldi. SSSR Osiyodagi o’z harbiy va siyosiy ishtirokini kuchaytira bordi. Jumladan, Iroq hamda Suriyani Isroil agressiyasi­ga qarshi kurashda harbiy jihatdan qo’llab-quvvatlab turdi va bu bilan Yaqin Sharqdagi o’z ta’sirini kuchaytir­di. Afrika qit’asida SSSR Angola, Mozambik va Efiopiyaning milliy-ozodlik kurashini qo’llab-quvvatladi. Real tashqi siyosat Lotin Amerikasi mamlakatlarida ham olib borildi. Birin-ketin Chili, Salvador, Panama, Nikaragua, Gvatemalada amerikaliklar rejimi parchalana bordi. Ularning ko’pchiligiga SSSRning hech qanday aloqasi bo’lmasa-da, ayrim mamlakatlarni (Chili, Nikaragua) qo’llab-quvvatlab turdi. Yevropada qo’shinlarning g’arbiy guruhi kuchaydi, Varshava Shartnomasi Tashkiloti apparati takomil­lashtirildi. 70-yillar oxirida Germaniya, Chexoslovakiya, Vengriya va Polshaga "yer-yer" tipidagi o’rtacha radius­da harakatlanuvchi 400 ta raketa joylashtirildi. Bu rake­talar yadro kallakli (SS-20) bo’lib, NATO qo’shinlari joylashgan mintaqalar va G’arbiy Yevropaning yirik sanoat markazlariga qaratilgan edi. Ayni paytda AQSH bilan munosabatlarni yaxshilash bo’yicha choralar ko’rildi. L.Brejnevning AQSH prezi­dentlari R.Nikson (SSSR va AQSHda), J.Ford (Vladivostokda); J.Karter (Venada) bilan uchrashuvlari bo’lib o’tdi. Ularda yadro qurolini tarqatmaslik, yadro quroli (OSV-l, OSV-2) sinovini to’xtatish, ularni cheklash to’g’risidagi shartnomalar imzolandi. Bular bari xalqaro ahvolni yumshatib, ikki yirik davlat o’rtasidagi qarama-qarshi kurashni kamaytirishga xizmat qildi. Biroq 1979-yilda SSSRning Afg’onistonga bostirib kirishi yangi qarama-qarshilikni keltirib chiqar­di. SSSRning bu harakatini AQSH mavjud kuchlar mutanosibligining buzilishi va Osiyo rnintaqasida yangi platsdarrnni egallash deb baholadi. 1989-yilda xalqaro jamoatchilik tazyiqi ostida va mag’lubiyatga uchraganligi bois sovet qo’shinlari Afg’onistondan chiqib ketishga majbur bo’ldi. SSSR harbiy-texnik industriya jihatidan kuchli, ammo fuqaro iqtiisodi borasi­da qoloq edi. SSSRda mehnat ishlab chiqarishi o’rtacha rivojlan­gan davlatlarga qaraganda ham eng past darajada qolaverdi. Oziq-ovqat yetishrnasligi doimiy kasallikka aylandi va SSSR uni xorijdan juda katta miqdorda sotib olar edi. 1970-yilda 700 million dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari sotib olingan bo’lsa, 1980-yilda bu xarajat 7 milliard dollarni tashkil etdi. Buning ustiga 1982-yilda hosildorlik deyarli bo’lmadi. Reja bo’yicha kutilgan 236 million tonna don o’rniga 170 million tonna hosil yig’ib olindi. Yuzaga kel­gan tanqislik AQSHdan 20 million tonna don sotib olish hisobiga to’ldirildi. Shunday holatda ham ayrim rayon­larda oziq-ovqat yetishmovchiligi sezilarli edi. Shunday faktlardan biri Baykal-Amur magistrali (BAM) qurilishi edi. U Tinch okeanga chiqadigan ikkinchi magistral temir yo’l bo’lib, uzunligi 4,300 kilometrdan iborat bo’lgan. Qurilishning mamlakat iqti­sodi uchun jiddiy ahamiyatga ega emasligi va unga sarflangan mablag’ni oqlamasligi ma’lum bo’ldi. Sovet davlatining soxta milliy siyosatiga ko’ra millatlarning o’z kelajagini o’zi belgilash va milliy respublikalar madaniyati hamda ishlab chiqarishini rivojlantirish prinsiplariga sodiq ekanligi ma’lum qilinsa-da, amalda tabiiy boylik­lar markaz idoralari va undagi amaldorlar tomonidan talon-toroj hamda suiiste’mol qilindi. 1977-yilgi Konstitutsiya milliy respublikalar huquqini rasmiy chekladi va Markazga keng vakolatlar olib berdi. Yangi Konstitutsiya sotsialistik federatsiya deb yuri­tiluvchi yangi tushuncha mohiyatini qonuniylashtirdi, uning boshqa mazmundagi federatsiyadan farqli tomon­lari ta’kidlandi. Uning mohiyati 70-moddada ochib berilgan bo’lib, SSSR "sovet xalqining yaxlit davlati" ekanligi ko’rsatib berildi. Respublikalarning SSSRdagi erkin chiqish huquqi saqlanib qoldi, ammo jinoyat kodeksida bunday huquqdan foydalanishga chaqirish davlatga nisbatan jinoyat sifatida baholanar edi. Ayni paytda respublikalarning siyosiy va iqtisodiy hayoti siyosiy tizim hamda jazolash organlari tomonidan qattiq nazorat qilib borildi. Konstitutsiya ittifoqdosh respublikalarga o’z asosiy qonunlariga ega bo’lishga ruxsat berdi, ammo u SSSR Konstitutsiyasiga mos bo’lishi shart bo’lgan. Milliy respublikalar amalda mamlakatning viloyat darajasidagi ma’muriy-hududiy qismiga aylanib qoldi. 1964-yili N.Xrushev lavo­zimidan olib tashlangach, sovet xalqi mamlakat hayotida yirik o’zgarishlar yuz berishini, siyosiy hayotni liberallashtirish va siyosiy tizimni demokratlashtirishni kutgan edi. Biroq KGB (Davlat Xavfsizligi Komiteti) vakolati ken­gaytirildi. Bu hol mamlakatda ijtimoiy-siyosiy hayotni demokratlashtirish, inson huquqlariga rioya qilish, KGB vakolatini cheklash, ijod erkinligi berish, qurolli kuch­larni cheklash kabi talablar tarafdorlarining harakatini yuzaga keltirdi. Bunday g’oyalar ifodachilari "dissident­lar" deb atala boshladi. Ularning safida buyuk olimlar (akad. Andrey Saxarov), mashhur yozuvchilar (Aleksandr Soljenitsin), tarixchi, artist, bastakor, rassom, sportchi va hokazo sohadagi ilg’or fikrlovchi kishilar bor edi. Milliy respublikalarda bu harakat davlatning milliy siyosatini tanqid qilish va respublikalarga suverenitet berishni talab qilish bilan namoyon bo’ldi. Dissidentlar (lotincha) – muvofiq bo’lmagan, boshqacha fikrlovchi. Davlat ichki va tashqi siyosatida davlat siyosatini yoqlamaydiganmamlakatda hukmron g’oyaga qo’shilmaydigan fuqarolar.
Dissidentlarning chiqishiga javob sifatida ularning ko’pchiligi hibsga olindi hamda qamoqxona va lagerlarga jo’natildi, boshqa birlari esa mamlakatdan chiqarib yuborildi. Dissidentlarga turli haqoratomuz yorliqlar osila boshladi, ular ishdan bo’shatildi, asarlarini chop etish taqiqlab qo’yildi. Shundan so’ng mamlakatda "Samizdat" - adabiyotlarni yashirin nashr etish kuchaydi. Dissidentlar jahon jamoatchiligi tomonidan qo’llab­-quvvatlandi. Ularning asarlari xorijiy nashrlarda chop qilina boshladi. G’arb ommaviy axborot vositalarida SSSR "xalqlar turmasi" nomini oldi. AQSH prezidenti R.Reygan esa sovet davlatini "yovuzlik imperiyasi" deya ta’riflagan edi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish