25-§. SSSR: TOTALlTARIZMDAN DEMOKRATIYAGA Ma’muriyatchilik va majbur qilishga asoslangan davlat tuzumi favqulodda sharoitlarda samarali bo’lib chiqdi. Mamlakatda qat’iy intizom o’rnatildi. Transport uzluksiz ishladi. Qo’shinlar oziq-ovqat bilan doimiy ta’minlandi. Xomashyo zavodlarga grafik bo’yicha yetkazib berildi. SSSR 27 million, Germaniya 10 million kishisini yo’qotdi. G’olib va mag’lub yo’qotishlarining bunday nomuvofiqligi qo’mondonlikning xatolari, shuningdek sovet rahbariyatining millionlab kishilar hayotiga nopisandlik bilan qarashi, talafotlarga qaramay g’alabaga intilish bilan izohlanadi.
Okkupatsiya qilingan hududlardagi kishilarning ko’pchiligi Germaniyaga majburiy ishlarga olib kelindi, Aniqlangan ma’lumotlarga ko’ra, SSSR Ikkinchi jahon urushi paytida 40 million kishisini yo’qotdi. Ularning ko’pchiligi 18 dan 55 yoshgacha bo’lgan kishilar, ya’ni aholining eng asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlari edi. Mamlakatdagi demografIk inqiroz urushdan keyingi butun davr mobaynida chuqur sezildi. Fashistlar vaqtincha bosib olingan viloyatlarni varvarlarcha talashdi. Ular sovet qo’shinlari zarbasi ostida chekinayotib, "yondirilgan zamin" taktikasini qo’llashdi. Bosqinchilar 1710 shahar va qasaba, 70 dan ziyod qishloqni to’liq vayron etdi va yoqib yubordi. 32 ming yirik va o’rta sanoat korxonalari, 65 ming km. temir yo’l vayron etildi. Qishloq xo’jaligiga ulkan zarar yetkazildi. Urush yillari SSSR o’z milliy boyligining 70 foizini yo’qotdi. Rossiyaning g’arbiy rayonlari, Ukraina, Belorussiya va Kavkazda urush yillarida yer yaroqsiz holga keldi. Ishchi kuchi yetishmas, texnika, o’g’itlar yo’q edi. 1947 yilda Rossiyaning qariyb barcha Yevropa qismida hosil bo’lmadi. Qishloq aholisi shaharlarga ish qidirib ketdi. Stalinning shaxsiy hokimiyati barqarorligicha qoldi. Tashqi siyosatda stalincha tuzum sovet qo’shinlari tomonidan ozod etilgan Sharqiy Yevropa mamlakatlarida to’liq nazorat o’rnatishga intildi. 1952-1953-yillarda Stalin tuzum yangi qatagonlar kompamyasini boshladl. Moskvada 1953-yilning yanvarida Stalinga qarshi suiqasdda ayblangan bir guruh shifokorlar qamoqqa olindi. Bularning hammasi 30-yillar senariysi bo’yicha amalga oshirildi. Biroq Stalin 1953 yil 5 martda vafot etdi. Stalin yaratgan tizim bir kishining avtoritetiga asoslangani uchun birmuncha vaqt partiyada "jamoaviy rahbariyat" yuzaga keldi. Biroq tez orada partiyada hokimiyat uchun shafqatsiz kurash boshlanib ketdi. Stalinning eng yaqin safdoshlaridan biri Lavrentiy Beriya (1899-1953) uning dastlabki qurboni. U 1953-yilning iyunida qamoqqa olindi, dekabrda otib tashlandi. Georgiy Malenkov (1902-1988) Ministrlar Sovetining raisi bo’lib ikki yi1 ishladi. Hokimiyat sekin-asta 1953 yilda KPSS MK 1-kotibligiga tayinlangan N.S.Xrushevgao’ta boshladl. 1955-yilda u Malenkovni ishdan chetlatdi, uning o’rnini Nikolay Bulganin (1895-1975) egalladi. Uch yil o’tgach N.Bulganin o’z navbatida bu lavozimdan olindi va Ministrlar Sovetining raisi etib N Xrushevning o’zi tayinlandi. Shu bilan partiyadagi jamoaviy rahbarlik davri tugab, 1964-yilning kuzigacha davom etgan Xrushev davri boshlandi. 1956-yilda partiyaning XX syezdida Xrushev Stalin shaxsiga sig’inishni fosh etish bo’yicha maxfiy ma’ruza qildi. Unda Stalinni ommaviy qatag’onlarda va qonunchilikdan chekinishda aybladi. Stalincha rahbariyat tarafdorlari Molotov, Kogonovich, Malenkov, Voroshilovlar "antipartiyaviy" guruh deb e’lon qilindi. Xrushev davrida mamlakatning madaniy hayotida ayrim erkinliklarga yo’l qo’yildi, u "iliqlik" deb ataldi. Biroq erkinlik (liberalizatsiya) muayyan chek-chegaraga ega bo’lib, ijodkor undan tashqariga chiqsa qattiq jazolanardi. RPastemakning "Doktor Jivago" romanining taqdiri ham shunday bo’ldi. Uning muallifi bu roman uchun 1958-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo’ldi. Bu hol partiya targ’ibotida keskin norozilik uyg’otdi. B.Pastemakni chiqishtirmaslik umrining oxirigacha davom etdi. 1962 yilda avangardchi -rassomlar o’z asarlari ko’rgazmasini Moskvadagi Izmaylovsk bog’ida o’tkazishga ruxsat olishdi, biroq ko’rgazma endi ochilishi bilan buldozerlar olib kelinib, butun ekspozitsiya vayron qilindi. Shu yilning o’zidayoq N.Xrushevning ijodiy ziyolilar bilan keskin to’qnashuvi yuz berdi, o’shanda ijod erkinligini talab qilib chiqqan bir guruh shoirlar qoralandi, uzoq vaqt qatag’onga duchor etildi (E.Yevtushenko, R.Rojdestvenskiy, A.Voznesenskiy ). Fikr va ijod erkinligi partiya aqidalariga zid kelmaydigan doiradagina ruxsat etildi. Bu davrda iqtisodiyot sohasida ham ayrim yutuqlarga erishildi. Iqtisodiy tizimni markaziy boshqaruvdan voz kechilgan holda yuritishga urinishlar bo’ldi. Mamlakat xalq xo’jaligi soveti mamlakatni bir qancha iqtisodiy rayonlarga bo’ldi. Vazirliklar amalda tugatildi, markaziy reja komissiyasining roli yo’q darajaga kelib qoldi. Bu hol iqtisodiy o’sishning boshlanishiga turtki bo’ldi. Po’lat, neft, elektroenergiya ishlab chiqarish oshdi. SSSR qit’alararo ballistik raketa sinovini o’tkazdi. 1957-yilda orbitaga birinchi sun’iy Yer yo’ldoshi chiqarildi. 1961-yilda esa fazogir Y.A.Gagarin dunyoda birinchi bo’lib koinotga uchdi. Ammo sovet rahbariyati xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishga ilgarigidek ikkinchi darajali masala deb qaradi. Iste’mol tovarlari yetishmas, sifati past, ular iste’molchilarning ehtiyoji va talabini qondirmas edi. Mazkur yo’nalish bo’yicha SSSR iqtisodi rivojlangan mamlakatlar ichida oxirgi o’rinlardan birida qolaverdi. Kishilarning shaharga ko’chib kelishini chegaralagan holda ular qishloqda majburan ushlab turildi. 50-yillar o’rtalarida butun aholining 35 foizi qishloqlarda istiqomat qilar edi. Vaholanki, rivojlangan davlatlarda bu paytda fermerlar umumiy aholining 3-5 foizini tashkil qilgan. Mashina-traktor stansiyalari tugatildi. Jamoa xo’jaliklari esa kengaytirildi. Qozog’iston shimolidagi qo’riq yerlarni o’zlashtirish hisobiga ekin maydonlari yuz minglab gektarga kengaydi, mamlakat bug’doy yetishtirishni ko’paytirdi. Biroq bir necha yildan so’ng yangi yerlar eroziyaga uchradi, qoloq agrotexnika bu borada ishlab chiqarishning pasayishiga sabab bo’ldi. SSSR donni AQSHdan sotib olishga majbur bo’ldi. Xrushev "tinch-totuv yashash" siyosatini olib borishini bildirdi. SSSR bu davrda xalqaro ahvolni yumshatishga qaratilgan chora-tadbirlar ko’ra boshladi. BMT SSSRning tashabbusiga ko’ra 1960-yilda mustamlakalardan voz kechish to’g’risida rezolyutsiya qabul qildi va shundan so’ng mustamlakachilik tizimi yemirila boshladi. Sovet davlati Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi xalqlarining milliy-ozodlik kurashini qo’llab-quvvatladi. Hindiston, Indoneziya, Birma, Afg’oniston bilan aloqalari o’rnatildi. Yugoslaviya bilan munosabatlar yo’lga qo’yildi. Xrushev ko’pgina xorijiy mamlakatlarga safar qildi. Xususan, 1958-yilgi Amerikaga qilgan safari SSSRning jahon miqyosidagi obro’sini bir qadar ko’tardi.