Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi


-yil martda Tayvan prezidentligiga bo’lib o’tgan saylovlar Gomindanning to’liq mag’lubiyati bilan tugadi, u oxirgi 50 yil



Download 0,91 Mb.
bet59/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

2000-yil martda Tayvan prezidentligiga bo’lib o’tgan saylovlar Gomindanning to’liq mag’lubiyati bilan tugadi, u oxirgi 50 yil ichida bu lavozimga monopoliyasini yo’qotdi. Hokimiyatga kelgan yangi prezident Chen Shuy Byan 1986-yilda tashkil etilgan demokratik taraqqiyparvar partiyasi yo’lboshchisi edi. U orolning to’liq suverenitetga erishajagini bildirgan. Tayvan - Xitoy janubi-sharqldagi hudud bo’lib, Tayvan oroli, Penkuledao arxipelagi va boshqa orollardan iborat. Qit’adan 142 km.lik bo’g’oz bilan ajratilgan. Asosly shahri­ Taybey. Ma’muriyat rahbari-prezident. XXR va Tayvan mamlakatni birlashtlrishning o’z dasturlarinl ilgari surdi, biroq jiddiy kelishmovchiliklar bu jarayonni tugatish imkoni­nl bermadi..
28-§. VYETNAM: OZODLlKNING OG’IR YO’LI
1941-yilda Vyetnamga yapon qo’shinlari bostirib kirdi va mamlakatni bosib oldi. Vishi hukumatini o’zida namo­yon etuvchi fransuz mustamlaka ma’muriyati qarshilik ko’rsatmadi va bosqinchilar bilan hamkorlikka tayyorli­gini bildirdi. Shu bois Vyetnam xalqining milliy-ozodlik kurashi bir paytning o’zida ham fransuz mustarnlakachi­lari, ham yapon militaristlariga yo’naltirilgan milliy ­vatanparvarlik urushi xususiyatini kasb etdi. Bu kurash­da Xo Shi Min (1890-1969) vetnarnliklarning milliy xarizmatik yo’lboshchisi sifatida mashhur bo’ldi.
Xajrizmatik yo’lboshchi - izdoshlari ko’z o’ngida favqulodda sifatlar - donishmandllk, qahramonlik va "avliyolik"ka (yunoncha "xarizma" - "ilohiy qobiliyat") asoslangan obro’-e’tiborli inson.
Yaponiyaning Ikkinchi jahon urushida tor-mor eti­lishi 1945-yilgi avgust qo’zg’oloniga olib keldi. Xo Shi Min Vyetnamning mustaqillik bayonotnomasi va Vyetnam Demokratik Respublikasini e’lon qildi. Biroq fransuz mustamlakachilari mamlakat janubida bir qator diniy va milliy guruhlar vakillaridan o’z homiyligidagi hukumatni tuzdi. 1946-yilriing yozida Janubiy Vyetnamda "muxtor respublika" , shuningdek, tog’li xalqlar muxtoriyati e’lon qilindi. 1946-yil 19-dekabrda fransuz mustamlaka hokimiyati VDRga qarshi urush boshladi. Xo Shi Min da’vati bilan umumxalq ozodlik urushi boshlandi. Fransuz mustam­lakachilari Saygonda o’z hukumatini tuzadi va mamlakat hukmdori etib Bao Day e’lon qilindi. 1949-yilning mayi­da bu hukumat "Vyetnam davlati"ni barpo etishini e’lon qildi. 1954-yilning mayida VDR qurolli kuchlari Den Ben Fu rayonida fransuz qurolli kuchlarini tor-mor etdi. Bosh vazir lavozimiga ko’tarilgan P.Mendes Frans (1907-1982) urushni tinchlik sulhi bilan tugallashga va’da berdi. Biroq AQSHning aralashuvi vaziyatni yana murak­kablashtirdi. 1950-yilning boshlarida AQSH Bao Daya hukumatini tan oldi va bu tuzumga Amerika harbiy va iqtisodiy yordamini berish haqidagi bitimni imzoladi. Shu tariqa mamlakat 20 yil urush gir­dobiga tortildi. Deyarli bir paytning o’zida Sovet Ittifoqi, XXR va Sharqiy Yevropa mamlakatlari Xo Shi Min hukumatini tan oldi. Fransiyaning Vyetnamdagi mag’lubiyati uning hukm­ron doiralarini Xo Shi Min bilan muzokaralarga borish­ga majbur etdi. 1954-yilning 26-aprelida Jenevada SSSR, AQSH, XXR, Buyuk Britaniya, Fransiya tashqi ishlar vazirlarining kengashi ochildi. 1954-yil 21-iyulda Jeneva bitimlari imzolandi. Vyetnam hududi 17- parallel­da vaqtinchalik demarkatsiya chizig’i bo’yicha bo’lindi, lekin unga siyosiy chegara sifatida qaralmadi. Shimol tomonda VDR qurolli kuchlari, janubda - fransuz itti­foqi va baoday rejimi joylashdi. Bitimlar Vyetnamga qo’shin olib kirish, qurol-yarog’ va harbiy, materiallarni keltirish, harbiy bazalar qurishni man etardi. Vyetnamning birlashishi 1956-yilning iyulida umumiy erkin saylovlar o’tkazilgandan so’ng amalga oshirilishi kerak edi. Harbiy mojaro siyosiy qarama-qarshilikka aylandi. Xo Shi Min (1890-1969) - 1945-yil avgustdan 1946-yilning martigacha VDR Vaqtll hukumati raisi, 1946 yildan VDR Prezidenti: ayni paytda bosh vazir.1951 yildan Vyetnam mehnatkashlar partiyasi raisi.
AQSH Jeneva konferensiyasi qarorlaridan qoniqmadi. 1954-yil sentyabrda uning rah­barligi ostida SEATO ­
Yevropadagi NATOga o’xshash bo’lgan osiyocha tash­kilot tuzildi. Shartnoma garchi bu mamlakatlar qurolli kuchlarini integratsiya qilolmasa va yirik Osiyo davlatlarini jalb etolmasa ham, AQSH uni Osiyoda "jamoaviy" xavfsizlik haqidagi shartnoma deb tasavvur etdi. 1955-yilda fransuz hukumati qo’shinlarni janubdan olib chiqa boshladi. Mamlakatda turli millatchi guruhlar o’rtasida hokimiyat uchun kurash boshlandi. Bu hokimiyatsizlik davrida AQSH iqtisodiy va harbiy yor­dam berish tufayli mamlakat janubida faollasha boshla­di. Ular Vyetnam siyosiy arboblari orasida fransuzlar bilan hamkorlik qilmagan Ngo Din Demni saylashdi. 1955-yilning oktyabrida u Jeneva bitimi bo’yicha fransuz mulklariga tegishli hududlarda Vyetnam Respublikasi tuzilishini e’lon qildi. Shuningdek, u qayta tashkil qilin­gan hukumat o’zini Jeneva bitimlariga bog’liq deb hisoblamasligi va 1956-yilgi saylovlarini o’tkazmasligini bildirdi. Amerika hukumati uni qo’llab-quvvatladi. Demga cheklanmagan hokimiyat bergan favqulodda qarorlar qabul qilindi. U qishloqlardagi saylov organla­rini tugatdi va ularni o’z mansabdorlari bilan almashtir­di. 1960-yilda bu siyosat janubda muxolifatning tashkil topishiga olib keldi. Shu yiliyoq Milliy ozodlik fronti tuzildi, uning dasturiga Demning xalqqa qarshi tuzumi­ni ag’darish, mamlakatni birlashtirish, iqtisodiy o’zga­rishlar va amerikaliklarni quvib chiqarish kirdi. Bu, mus­tamlakachilikka qarshi xalq inqilobining boshlanishi edi. Uning harbiy tashkiloti Vet Kong deb ataldi. Vatanparvarlar mamlakat janubida kurash boshladi. Shimoliy Vyetnam uni qo’llab-quvvatladi. Ular bo’ysun­maslik siyosatini olib borishdi, joylarda o’z hokimiyat organlarini tashkil etishdi. Demga qarshi buddaviy ruhoniyat norozilik bildirib, iste’fosini talab qildi (Dem katolik edi). Qo’shinda ham norozilik chiqishlari bosh­landi. Dem bunga qatag’onlarni kuchaytirish bilan javob berdi. Prezidentlar D.Eyzenxauer va J.Kennedi Demdan garchi islohotlar o’tkazisfini talab qilishgan bo’lsa-da, uni qo’llab-quvvatlashda davom etishdi. Shu munosabat bilan Amerika harbiy ishtiroki tezlashib ketdi. 1961- yil­ning boshida Janubiy Vyetnamda 600 nafar amerikalik qo’shin bo’lgan, 1965-yilda ular soni 16 mingga yetdi. Vyetnamdagi siyosiy vaziyat beqarorlashdi. 1963-yil 1-noyabrda harbiy to’ntarish natijasida Dem ag’darildi. Yangi "yo’lboshchi" lavozimiga Nguen Van Tie saylan­di, u Janubiy Vyetnamni 1966-yildan 1975-yilgacha boshqardi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish