Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi



Download 0,91 Mb.
bet61/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

Li Sin Man (1875-1965) – Janubi Koreyaning 1948-­1960 yillardagi prezidenti. Xalq qo’zg’oloni natijasida iste’­foga chiqishga majbur bo’ldi.
Ikki davlat o’rtasida tez-tez chegara to’qnashuvlari bo’lib turdi va 1950-yilning iyunida Shimoliy Koreya qo’shin­lari 38-parallelni kesib o’tib, Janubiy Koreyaga bostirib kirdi. Bu mojaroga AQSH, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Turkiya jalb etildi. Bular BMT bayrog’i ostida qatnashishdi. General Makartur qo’mondonligidagi qo’shin avvaliga Shimoliy Koreya qo’shini hujumini qaytardi, so’ngra ularni qariyb Manchjuriya chegaralarigacha chekinishga majbur etdi. 1950-yilning oxirlarida xitoylar Shimoliy Koreyani qo’llab-quvvatlash uchun qo’shin yubordi, amerikaliklar esa chekinishga majbur bo’ldi. Oxir-oqibatda 38-parallel bo’yicha chegara tiklandi. Yarashuv 1953-yil 27-iyulda XXR, KXDR va AQSH vakillari tomonidan imzolandi. Amerikaliklar urushda 142 ming kishidan ajradi, BMT qo’shinlari asosiy kontingenti 17 ming kishini yo’qotdi. Yarashuvga imzo chekilgandan so’ng Koreya yarim­orolini birlashtirish muammosini hal etish kerak bo’ldi. 1954-yilgi Jeneva konferensiyasi ijobiy natijalarni berma­di. Shimoliy Koreya iqtisodiy kuchsiz edi. Hududi jihati­dan u Janubiy Koreyadan katta bo’lsa ham, iqtisodiyoti og’ir holga kelgan, qariyb barcha elektr stansiyalari ish­dan chiqqan, shaharlari vayronagarchilikdan iborat edi. Baribir mamlakatni birlashtirish Shimoliy Koreya rah­bariyatining asosiy siyosiy shioriga aylandi. AQSH urush tugagandan so’ng Janubiy Koreyadan ketishga harakat qilmadi. Ular bu yerda harbiy infratuzilma, yo’llar va harbiy shaharchalar, portlar va yerosti yo’llari, harbiy qurol-aslaha omborlari bo’lgan qariyb 40 ming kishilik harbiy qismlarni saqlab turish­di. Bunday sharoitda mamlakatning birlashishi uchun kurash Amerika qo’shinlarini Koreya yarimorolidan quvib chiqarish kurashiga aylandi. Shimoliy Koreya rah­bariyati birlashtirish bo’yicha yangidan-yangi takliflarni yil sayin olg’a surib bordi. 1975-yilda BMT Bosh Assambleyasining 30-sessiyasi Janubiy Koreyada BMT bayrog’i ostida kiritilgan barcha xorijiy qo’shinlarni chiqarish, mamlakatni birlashtirish, iqtisodni ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlarni ko’zda tutuvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Biroq AQSH, uning ittifoqchilari va Janubiy Koreya hokimiyati bu rezolyutsiyani inkor etdi. Urush tugagandan so’ng Shimoliy Koreya mamlakat­da sotsializmni e’lon qildi. Sanoat korxonalari natsionalizatsiya qilindi (90 foizi). Urushdan keyingi iqtisodiy qurilishning bosh yo’li ustuvor tarzda og’ir sanoatni rivojlantirish va davlat rejalashtirilishi va nazorati qattiqqo’llik bilan amalga oshiriladigan "sotsia­listik" industrlashtirishni ko’zda tutdi. Qishloq xo’jaligida barcha joylarda kooperativ xo’jaliklar joriy etildi. 1956-yilda ular qariyb 90 foiz dehqon xo’jaliklarini birlashtirdi. 1958-yilning avgustiga kelib, barcha dehqonlar kooperativlar a’zosi bo’ldi. Siyosiy rahbarlikni bir partiya - Koreya Mehnat par­tiyasi (KMP) amalga oshirdi, tashqi va ichki siyosat esa "ulug’ dohiy" Kim Ir Sen qo’lida jamlandi. KXDR iqtisodiy qurilishda bir qator yutuqlarga erishdi. Qishloq xo’jaligida o’z-o’zini oziq-ovqat mahsu­lotlari bilan to’liq ta’minlashga imkon beruvchi darajaga erishildi. Sanoatda elektroenergetika, qora va rangli metallurgiya, ko’mir, tog’-kon sanoati rivojlandi. Mamlakatda ko’ptarmoqli mashinasozlik yaratildi. Bularning hammasi 1970-yil noyabrda bo’lib o’tgan Koreya Mehnat partiyasining V s’ezdida KXDR sot­sialistik industrial davlatga aylandi, deb qayd etishga asos berdi. 1972-yilda qabul qilingan Konstitutsiyada demokratik tamoyillar so’zlarda qaror toptirilgan bo’lsada, amalda bir partiya, bir shaxs diktaturasi qonunlashtirildi. 1980- yilning oktyabrida chaqirilgan KMP VI s’ezdi 80-yillarda "sotsializm to’liq g’alaba qozongan va xalqning moddiy va madaniy turmush tarzi keskin ko’tarilgan jamiyatga muvofiq keluvchi mustahkam moddiy-texnik bazani yaratish" vazifasini ilgari surdi. Shimoliy Koreyada totalitar tuzum va "dohiy" Kim Ir Sen shaxsiga sig’inish shakllandi va bu ayniqsa Shimoliy Koreya rahbariyati o’z g’alabasini e’lon qilgan­dan so’ng kuchaydi. G’alabaga erishishdagi asosiy xiz­mat buyuk "dohiy"niki qilib ko’rsatildi. KXDRning iqtisodiy o’sishi tez bo’lmasa ham bar­qaror va mustahkam edi. Yalpi milliy mahsulot o’sishi yiliga 3-5 foizni tashkil etdi. Biroq Sovet Ittifoqining barham topishi va yordamning to’xtatilishi uning iqti­sodiyotiga katta zarar keltirdi. To’liq bozor munosabat­lariga o’tgan XXRdan ham yordam kelmay qoldi. 80-yil­lar oxirlaridan KXDR iqtisodiyotida og’ir ahvol yuzaga keldi. 90-yillar boshlarida iqtisodiyotni haqiqiy inqiroz qamrab oldi. Ko’plab sanoat korxonalari buyurtmasiz qolib, ishni to’xtatdi. Ishsizlik boshlandi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish