Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi



Download 0,91 Mb.
bet63/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

Xalqaro valyuta fondi (XVF) – BMTning ixtisoslashggan muassasasi. 1944-yilda mamlakatlar o’rtaslda valyuta­moliyaviy munosabatlarnl tartibga solish va kredit yordami ko’rsatish uchun tashkil qilingan. Fond boshqaruvi Vashingtonda joylashgan. Koreys xalqi ham Janubiy, ham Shimoliy Koreyada mamlakatning birlashishi tarafdori bo’lib chiqmoqda. Biroq KXDR rahbariyati german varianti bo’yicha birlashishga qarshi chiqdi. Hozirgi paytda ikki mamlakatning erkin muloqoti yo’lidagi to’siqlarni olib tashlash, ikkala davlatni bog’lab turuvchi umumiy organlarni tashkil etish, 38-parallel bo’lib yuborgan oilalarni birlashtirishga yordam berish muhim ahamiyatga ega. J anubiy Koreya rahbarlari bu masalada boshqacha fikrga ega. Ular birlashishga qarshi emas, biroq uning oqibatlaridan cho’chishadi. Yarimorolni birlashtirish Janubiy Koreya hududidan Amerika qo’shinlarini olib chiqib ketishni anglatadi, bu qo’shinlar ahvoli beqaror bo’lgan mavjud tizimni saqlab qolishga kafolatdir. Shu munosabat bilan Janubiy Koreya hokimiyati milliy xavfsizlik bo’yicha qonun qabul qildi, unga ko’ra Shimoliy Koreyani har qanday ijobiy baholash yoki uni qo’llab-quvatlab chiqish siyosiy jinoyat sanaladi va qonun bo’yicha jazolanadi. Kim Ir Sen dafn etigan kuni talabalar chiqishlarini bostirishga 25 ming politsiyachi tashlandi, ular Shimoliy Koreya yo’lboshchisiga har qan­day moyillikning oldini olishga intildi. 1994-yil iyulda Panminchjonda Janubiy va Shimoliy Koreya vakillari uchrashdi. Bu mazkur tarzdagi dastlab­ki uchrashuv bo’lsa ham, taraflar Koreyaning ikkala qis­mini yaqinlashtirish ustida ishlashni davom ettirish va oxir-oqibatda uni birlashtirish bo’yicha umumiy istaklar bilan cheklanishdi. Janubiy Koreyada so’nggi yillarda tezkor o’zgarishlar ro’y bermoqda. 1997-yilning dekabrida bo’lib o’tgan Prezidentlik saylovlarida Kim De Chjun (1925-yilda tug’ilgan) g’alaba qozondi. Uning g’alabasi kutilmagan hol bo’ldi, chunki u o’zgacha fikrli kishi hisoblanib, uzoq vaqt hokimiyat ta’qibiga uchragandi. U mamlakat­ni birlashtirishning oshkor tarafdori bo’lib keldi. Prezident tashabbusi bilan 2000-yilning iyunida Panminchjonda uning Shimoliy Koreya yo’lboshchisi Kim Chen Ir bilan uchrashuvi bo’ldi, unda ikkala yo’lboshchi bu davlatlarning yarashuvi va oxir-oqibatda bir davlatga birlashishi haqida kelishib olishdi. 2000 yil­ning oktyabridagi Koreya yarimorolida barqarorlik va hamkorlikni o’rnatishga yo’l ochgan bu qadam uchun Kim De Chjunga 2000-yil tinchlik sohasidagi Nobel mukofoti berildi. 1992-yilda Koreya Res­publikasi hukumati O’zbe­kiston mustaqilligini tan olishini e’lon qildi. 1993­ yilda favqulodda va muxtor elchilar darajasida vakillik almashinuvi o’tkazildi. Keyingi yillarda ikki davlat o’rtasida tinchlik va o’zaro foydali sheriklik asosida amaliy aloqalar rivojlandi. 1995-yilning fevralida O’zbekiston Prezidenti I. Karimovning Koreya Respublikasiga tashrifi amalga oshdi. Prezidentimiz ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun Koreyaning oliy ordeni - katta Mugunxva ordeni bilan mukofotlandi. Ular orasida ikkala mamlakat o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash haqida bayonot va qishloq xo’jaligi, telekommunikatsiyalar, radioeshit­tirishlar, ta’lim va sayyohlik sohasida hukumatlar o’rtasi­da o’zaro tushunish haqida memorandum muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Janubiy Koreya kompaniyalari O’zbekistonga 80 million dollar investitsiya kiritdi. O’zbekistonda Samsung, Lak-Goldstar va DEU kabi kompaniyalar faol ish yuritmoqda. 1996-yilda DEU hamkorligida Asakada avtomobilsozlik zavodi qurildi va o’z mahsulotlarini ishlab chiqara boshladi
. 30-§. INDONEZIYA: DIKTATURANING MAG’LUBIYATI
Yaponiyaning ikkinchi jahon urushidagi mag’lubiyati hamda Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bom­balari tashlanishi yapon qo’shinlarining Indoneziyada kapitulyatsiya (taslim) qilinishiga olib keldi. Bu sharoit­da Milliy partiya raisi Sukarno mamlakat mustaqilligini e’lon qildi. U mustaqillikning besh tamoyili: millatpar­varlik, baynalmilallik, demokratiya, ijtimoiy adolat, xudoga e’tiqodni olg’a surdi. 1945-yil 4-sentyabrda Sukamo boshchiligida birinchi hukumat tuzildi, mam­lakatning barcha tumanlariga hukumatning dastlabki vakillari jo’natildi va yangi hokimiyat joylarda xalq tomonidan tan olindi. Biroq yangi davlat tashkil etilgan dastlabki kunlardan jiddiy sinovlarga uchradi. 1947-yil iyulda gollandlarning Indoneziyaga qarshi bosqinchiligi boshlandi. Bosqinchilar mamlakatning asosiy strategik joylarini egalladi. Faqat BMTning aralashuvigina - golland hukmronligi tiklanishining oldini oldi. Bosqinchilik hokimiyatni mustamlaka davlatlar bilan fitna uyushtirish orqali egalla­moqchi bo’lgan ichki reak­siyaning faollashuviga olib keldi. Gollandlar bostirib kirgandan so’ng hokimiyat tepasiga kelgan Mashumi partiyasi konservativ kuchlar saqlanib qolishiga ishonib xalqqa qarshi siyosat yuritdi. Indoneziya tarixida ilk bor bo’lib o’tgan parlamentga demokratik saylovlar o’tkir siyosiy kurashlarda o’sdi. Milliy partiya g’alaba qozondi. Sukarno boshchiligidagi yangi hukumat mamlakat suverenitetini mustahkamladi. Mam­lakatning Gollandiyaga beradigan "qarzi" bekor qilindi, Shimoliy Suradagi neft konlari natsionalizatsiya qilindi. Hukumatning dasturiga xalqni oziq-ovqat va kiyim-bosh bilan ta’minlash, shuningdek, mamlakat xavfsizligini ta’minlash kirdi. Dastur "adolatli va gullab-yashnagan jamiyat" qurishni e’lon qildi. Mamlakatdagi reaksion kuchlar sharoitni beqaror­lashtirish uchun har qanday narsadan foydalandi.
Sukarnoga suiqasd uyushtirildi. Sumatra va Sulavesida qurolli isyon ko’tarildi. Bunga javoban hukumat barcha golland korxona va plantatsiyalarini natsionalizatsiya qildi, golland vakolatxonalarini yopdi va ishlab chiqarish bilan mashg’ul bo’lmagan gollandlarni mamlakatdan chiqarib yubordi. Tabiiy boyliklarni ishlab chiqishga konsessiyalari (ruxsatnomalar) bekor qjlindi, ingliz kauchuk plantatsiyalari natsionalizatsiya etildi. Bu islo­hotlar mamlakatning barcha boyliklarini Indoneziya xalqining qo’liga berdi. Indoneziya rahbariyati inamlakat suverenitetini mus­tahkamlashda ulkan yutuqlarga erishdi. Prezident Sukarnoning obro’-e’tibori xalqaro maydonda ham, mamlakatda ham yuqori bo’ldi. 1965-yil 30-sentyabrda kommunistparast zobitlar guruhi davlat to’ntarishini amalga oshirdi, ular bu bilan o’z siyosiy raqiblarini yo’qotish va mamlakatda Suxartoning shaxsiy diktatu­rasini o’rnatmoqchi bo’lishadi. Biroq ularning urinishlari amalga oshmadi. Sukarno o’limidan bir oz avval hokimiyatdan chetlatildi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish